15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 08:22
Adabiyot 👁 325

KITOB – MAʼNAVIYaT SARChAShMASI

KITOB – MAʼNAVIYaT SARChAShMASI

Kitob insonning eng yaqin doʻsti va eng yaxshi yoʻldoshidir. U donolik va bilim manbaidir. Kitob men uchun haqiqiy xazina kaliti va tafakkur sarchashmasi. Shu bois menda kitobga muhabbat va uni oʻqishga ishtiyoq kuchli. Menimcha, insonning maʼnaviyati va fikrlashi oʻqigan kitoblari orqali yuksaladi. Ilmni chuqur egallashning eng yaxshi yoʻli – kitob oʻqishdir. “Kitob – bilim manbai”, deydi dono xalqimiz. Bu gap isbot talab qilmas haqiqatdir, chunki inson har qanday hayotiy bilimni asosan kitobdan oladi.

Badiiy asar yoki jahon adabiyotini oʻqigan insonning dunyoqarashi va hayotga munosabati oʻzgaradi, boshqacha koʻz bilan qaray boshlaydi. Alisher Navoiy bobomiz deydilarki: “Kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir”. Darhaqiqat, barcha bilimlar, maʼnaviy boyliklar kitobda mujassam.

Men Zulfiya Moʻminovaning sheʼrlarini, ayniqsa, “Bolaga kitob bering” sheʼrini juda sevib oʻqiyman.

Bola oqqush, oq kaptar,
Dunyolardan bexabar,
Yovuzlik topmay xabar,
Bolaga kitob bering.
Bu sheʼr mening sevimli sheʼrlarim sirasiga kiradi. Har safar shu misralarni oʻqiganimda kitob insonni oʻzgartira olishi rost ekanligini tushunib yetaman.

Men bir insonni bilardim. U gʻirt dangasa, hayotga befarq, hech kimning gapini qulogʻiga olmaydigan kimsa edi. Kunlardan bir kun unga Tohir Malikning “Alvido, bolalik” asarini sovgʻa qilgan edim. Kitobni oʻqib chiqqanidan keyin u birdan oʻzgardi. Shundan soʻng, badiiy asarlar oʻqishga juda qiziqa boshladi va boʻsh vaqtini kitob oʻqish bilan oʻtkazadigan boʻldi.

Kitobni koʻp oʻqigan odam odobli, samimiy va toʻgʻrisoʻz boʻladi, qingʻir va yomon ishlarga qoʻl urmaydi. Hayotda toʻgʻri yoʻl tanlashni biladi. Shu sababli ota-onalarning oʻz farzandlariga kitob sovgʻa qilishlarini istar edim. Oʻzim ham yaqin doʻstlarimga koʻpincha kitob sovgʻa qilaman.

Soʻnggi yillarda yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Chunki millatning yorqin kelajagi yuksak maʼnaviyatli avlod tarbiyasi bilan bogʻliqdir. Shu maqsadda taʼlim muassasalarida kitobxon yoshlar bilan ishlash, turli kitobxonlik tadbirlarini tashkil etish yoʻlga qoʻyilgan.

Bizning maktabimizda ham “Yosh kitobxon” toʻgaragi faoliyat yuritmoqda. Toʻgarak aʼzolari koʻplab tashkiliy ishlarni amalga oshirmoqdalar. Jumladan, oʻquv yilining birinchi choragida oldindan belgilab berilgan kitoblar tahlili, ikkinchi chorakda esa badiiy asarlar boʻyicha zakovat oʻyini oʻtkazildi. Hozirda ham 6-sinf oʻquvchilariga “Sariq devni minib”, 7-sinf oʻquvchilariga “Shum bola”, 8-sinf oʻquvchilariga “Mehrobdan chayon”, 9-sinf oʻquvchilariga “Chinor”, “Oʻtgan kunlar”, 10-sinf oʻquvchilariga “Asrga tatigulik kun” asarlarini oʻqib chiqish topshiriq qilib berilgan. Maktabimizda darslardan keyin ham oʻquvchilarning, tengdoshlarimning qoʻllarida badiiy kitoblarni koʻrib, juda xursand boʻlaman.

Yoshlarni kitob oʻqishga qiziqtirish nafaqat oʻqituvchilar, balki ota-onalar ham oʻz farzandlarini boʻsh vaqtlarida kitob oʻqishga qiziqtirib borishlari kerak.

Zulfiya Moʻminova yozgan satrlardagi:
Qingʻir yoʻlga kirmasdan,
Peshonaga urmasdan,
Kimdir pichoq bermasdan,
Bolaga kitob bering – degan jumlalar ham hammamizni yana bir bor ogohlikka chaqirayotganday goʻyo.

Kitobni behudaga maʼnaviyat sarchashmasi, deyishmaydi. Kitobning hayotimizdagi oʻrni beqiyos. Shuning uchun barcha tengdoshlarimni, oʻzim kabi yoshlarni kitoblar bilan oshno boʻlishga chaqirib qolaman.

Diana Sarsenboyeva, Amudaryo tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026