AMUDARYo TUMANINING BOĞ MAHALLASIDA MAʼNAVIY MUHIT AHVOLI QANDAY?
Inson ilk tarbiyani öz oilasida oladi, bu heç kimga sir emas. Tarbiyaning asl mohiyati ota-onaning özaro munosabatiga va oiladagi maʼnaviy muhitga borib taqaladi. Qaçonki, ota-ona farzandlari köz oldida yolğon sözlamasa, bir-biriga qöpol muomalada bölmasa, özaro mehr-oqibatli bölsa, farzandlarda ham şunday ijobiy xislatlar şakllanadi. Şu boisdan ham ularga oilada, mahallada, taʼlim-tarbiya muassasalarida soğlom muhit yaratiş boş vazifadir.
Amudaryo tumanining “Boğ” mahallasida bu vazifa qay tarzda ado etilmoqda? amunews.uz veb-sayti tahririyati xodimlari bu boradagi işlar bilan tanişiş maqsadida şu yilning 10-yanvarida mazkur mahallada böldilar.
Tumanimizning 2-sektoriga qaraşli mahallaning umumiy maydoni 2854 gektarni taşkil etadi. Hududda 892 oilada 3658 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholi, ayniqsa yoşlarning turli diniy-ekstemistik va terrorçilik oqimlari taʼsiriga tuşib qolişining oldini oliş böyiça, yoşlar kamoli yölida amalga oşirilayotgan işlar böyiça mahallada bölib ötgan tadbirda batafsil söz yuritildi.
Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining “Soğlom muhit – soğlom hayot” nomli grant loyihasi doirasida ötkazilgan tadbirga mahalla fuqarolar yiğini masʼullari, faollari, nuroniy otaxonlar, onaxonlar, yoşlar iştirok etdilar.
Tadbirni mahalla fuqarolar yiğini raisi Mahmudjon Haytakov oçdi va yiğilganlarga tadbir maqsadini tuşuntirdi.
Kun tartibidagi mavzu yuzasidan amunews.uz veb-sayti muxbiri Oygul Rajabova maʼruza qildi. U öz sözida yoşlarning maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, mafkura maydonining turli xurujlaridan himoya qiliş, maʼnaviy-ruhiy va intellektual salohiyatini oşiriş uçun avvalo ularga soğlom hayot tarzi barqaror bölmoği, yoşlarning barkamol bölib voyaga yetişi uçun oila, mahalla, keng jamoatçilik, taʼlim muassasasi hamkorlikda harakat qilmoği lozimligini taʼkidladi.
Mahalla fuqarolar yiğini xotin-qizlar faoli Raʼno Abdullayeva bu borada amalga oşirilayotgan işlar xususida batafsil gapirdi. Taʼkidlanişiça, mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir körsatuvçi holatlarning sodir etilişining oldi oliş, yoşlarning yot ğoyalar taʼsiriga tuşib qolişiga yöl qöymaslik borasida tizimli işlar amalga oşirilgan. Natijada ötgan yilda yoşlarning turli diniy-ekstremistik va terrorçilik oqimlari taʼsiriga tuşib qoliş holatlari sodir etilmagan.
Tadbir kun tartibidagi mavzu yuzasidan hudud imomi, “Bir nuroniy ön yoşga masʼul” tamoyili asosida hududning turmuşda muammolarga duç kelgan 10 nafar yoşlarini otaliqqa olib, amaliy yordamlar körsatayotgan Qurol Eşçonov, yoşlar yetakçisi Azizbek Xudanovlar ham öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbirda yoşlar kamoli yölida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar ham belgilab olindi.
Sevara Ismoilova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶