DURUNKI MAHALLASIDAGI DXX ChEGARA QOʻShINLARIGA QARAShLI HARBIY QISMDA OChIQ EShIKLAR KUNI TAShKIL ETILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabr kungi tegishli Farmoyishiga asosan Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Qurolli Kuchlar tashkil topganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri tashkil etildi.
2024-yil 5-yanvar kuni Durunki mahallasida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda “Yangi Oʻzbekiston Armiyasi – mamlakat qudrati yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir” shiori ostida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch” mavzusida boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda tumandagi 18-, 22-, 36-, 40-, 59-, 82-, 87-sonli maktablarning 9-11-sinf oʻquvchilari hamda “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari ishtirok etishdi.
Tadbirda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari maʼsul xodimlari podpolkovnik Otabek Madaliyev, mayor Aziz Akramov, serjant Sherzod Atayev, Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Sherzod Murodov va umumtaʼlim maktablari ChQBT rahbarlari qatnashib, mamlakatimizdagi Qurolli Kuchlar salohiyati, harbiylar uchun yaratilgan imkoniyatlar va boshqalar xususida batafsil maʼlumotlar berdilar. Tadbirda oʻquvchi-yoshlar va “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga toʻliq javoblar olishdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶