28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:08
Jamiyat 👁 598

FAROVON MAHALLASIDAGI EHTIYoJMAND OILALAR DOIMIY EʼTIBORDA

FAROVON MAHALLASIDAGI EHTIYoJMAND OILALAR DOIMIY EʼTIBORDA

Ijtimoiy himoya odamlar nigohida nogironligi boʻlgan shaxslar, kam taʼminlangan oilalar, keksa yoshdagi odamlarning hayoti bilan bogʻliqdek koʻrinadi. Ammo mantiqan olib qaraydigan boʻlsak, hozirgi kunda ijtimoiy himoya taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy-maʼnaviy hayotning turli jabhalariga kirib bormoqda.

Mangʻit shahrining Farovon mahallasida ham nogironligi boʻlgan bolalarning inklyuziv taʼlimga jalb qilinishi, ularning sogʻligʻini mustahkamlash maqsadida nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalarini navbat kutmasdan vaucher asosida, 20 foiz ragʻbatlantirish sifatida taqdim etilayotgani kompleks ijtimoiy xizmat har bir ehtiyojmand oilaga kirib borganidan dalolatdir.

“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda uyma-uy kirib borib oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra, mahalla hududidagi 2534 nafar aholining turmush tarzi individual yondashuv asosida oʻrganildi va 88 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar, 63 nafar kam taʼminlangan oilalar, 1 nafar oʻzgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolgʻiz fuqaro kompleks ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olindi. Shuningdek, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtoj 7 nafar nogironligi boʻlgan shaxs vaucher asosida zarur moslamalari bilan taʼminlandi.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning kundalik hayot tarzini yaxshilash boʻyicha ham tegishli choralar koʻrildi. Unga koʻra, 6 nafar oʻzgalar parvarishiga muhtoj fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi assisentlar biriktirildi. 15 ta kambagʻallik reyestri roʻyxatidagi muhtoj oilalarga uch nafar koʻngilli homiy biriktirilib, bu oilalar ham har tomonlama qoʻllab-quvvatlandi.

Mahalla ahlining oʻzaro hamjihatligi tufayli turli bayram sanalari munosabati bilan kambagʻallik reyestriga kiritilgan, shuningdek, kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalar, nogironligi boʻlgan shaxslarni yoʻqlab borish, ularning koʻngillarini koʻtarish, bayramona kayfiyat ulashish maqsadida xayr-saxovat tadbirlarini oʻtkazish doimiy anʼanaga aylangan.

Har bir oilada bayram shukuhi hukm surishi uchun bayramlar arafasida sovgʻa-salomlar ulashish, ayniqsa, nogironligi boʻlgan bolajonlar qalbida hayotsevarlik tuygʻularini uygʻotish maqsadida ularning har biri bilan muloqotlar oʻtkazish, inklyuziv taʼlim bilan qamrab olish orqali alohida qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga eʼtibor qaratiladi.

Ayni kunlarda Farovon mahallasida 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni hamda Yangi yil bayramlariga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda. Xalqimiz sevib nishonlaydigan ushbu bayramlar arafasida kam taʼminlangan, ehtiyojmand hamda boquvchisini yoʻqotgan oilalar, nogironligi boʻlgan bolalar va katta yoshdagi shaxslar holidan xabar olish, bayram sovgʻalarini taqdim etish, ularga xushkayfiyat bagʻishlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026