OTAXON IJODKOR, FAXRIY JURNALIST SAʼDULLA BOBO
Şunday insonlar böladiki, özi sevgan, özi tanlagan kasbi, hunarini hayotining mazmuniga aylantirib yaşaydi. Şu kasbi orqali eliga, jamiyatga naf keltirib yaşaşga intiladi. Öz burçini sidqidildan ado etişi barobarida boşqalarga ham manfaat yetkazişga harakat qiladi. Bunday insonlarning hayoti va iş faoliyatini nafaqat öz zamondoşlariga, balki kelajak avlodga ham örnak qilib körsatsa arziydi.
Uzoq yillar matbuot sohasida samarali mehnat qilgan fidoyi inson, faxriy jurnalist, otaxon ijodkor, ustoz Saʼdulla Xöjaniyozov oramizdagi ana şunday odamlardan biridir. U ötgan davr mobaynidagi tuman matbuotida keçgan jurnalistlik faoliyati davomida xalqimizga işonçli, töğri va tezkor axborot yetkazib beriş bilan birga, bunyodkorlik, obodonçilik işlarini keng yoritdi. Jamiyatdagi turli illatlar, kamçiliklarga xolisona yondaşib, ularning kamayişiga hissa qöşib keldi.
Dörman ovulida 1942-yilda tavallud topgan Saʼdulla Xöjaniyozovning otasi Xöjaniyoz Sapaşev ham ziyoli inson, öqituvçi edi. U ovuldagi maktabda boşlanğiç sinflarga dars berar, şu bilan birga kitobxonlikka, matbuotga qiziqar, uyiga doim har xil kitoblar, gazeta-jurnallar olib kelib farzandlari bilan birga mutolaa qilardi. Şundanmi, Saʼdulla Xöjaniyozov ham bolaligidan ertaklar, hikoyalar va şu kabi badiiy kitoblar öqişga qiziqdi. Bora-bora qöliga qalam olib, kiçik şeʼrlar ijod qila boşlaganidan ota-onasi ham, ustozlari ham xursand bölişar, kelajakda katta ijodkor bölişiga umid boğlaşardi.
U maktabni tugatganidan söng, 1960-62-yillarda sobiq Maksim Gorkiy nomli sovxozda işçi, traktorçi bölib işladi. Keyinçalik yigitlik burçini ötaşi uçun 1962-yilning oktyabridan uni harbiy xizmatga çaqirişdi va 1965-yilning noyabrigaça armiya safida böldi. Şu davrlar mobaynida ham qalamini qölidan qöymasdan turli mavzularda ijod qilar, ularni davriy matbuotlarda çop qildirişga harakat qilar edi. U 1957-1966-yillar davomida tuman, respublika, armiya safidaligida esa harbiy gazetalarda jamoatçi muxbir sifatida xabar va maqolalar bilan qatnaşib turdi.
Qalami ötkir yoş ijodkor öşa davrdagi tuman gazetasi bölgan “Amudaryo haqiqati” tahririyatiga 1966-yilda işga keldi. Şu paytdagi gazeta muharriri Sobir Yusupov ança malakasi oşib qolgan Saʼdulla Xöjaniyozovni özi işga taklif qilgan edi. Sababi u har bir maqolasi va xabarini ijodiy yondaşişlar, tahlillar va öziga xos xulosalar bilan tayyorlaşga harakat qilar, allaqaçon minglab muxlislar eʼtiborini qozonişga ulgurgandi. Tahririyatda iş boşlagan kunidan ustozi Sobir Yusupovdan tajriba örganiş bilan birga özi ham tögaraklar taşkil qilib, maktablardagi ijodga qiziquvçi yoşlarning isteʼdodlarini yuzaga çiqarişga kömaklaşa boşladi.
U 1970-yilda yoş ijodkorlar uçun “Gulşan” tögaragini, keyinçalik tuman radiosida “Tölqin” tögaragini taşkil qilib, köplab isteʼdod egalarini kaşf etdi, ularning komil insonlar, kasbining fidoyi egalari bölib yetişişiga hissa qöşdi. Tögaraklarda faol qatnaşgan, ustozlardan tajriba örganib, bilimlarini oşirgan Norboy Töraboyev, Saparboy Davlatboyev, Mansur Ahmedov, Zebo Rajabova, Gulnora Yusupovalar el tanigan ijodkorlar bölib yetişib, masʼuliyatli lavozimlarda xizmat qilişdi, elu-yurtga, jamiyatga naf keltirişdi.
Saʼdulla Xöjaniyozov tuman gazetasida adabiy xodim, bölim mudiri, masʼul kotib, muharrir örinbosari va tuman radiosi muharriri vazifalarida xizmat qilib, soha rivojiga munosib hissa qöşdi. Fidoyi jurnalist öz faoliyati davomida publitsistik maqolalar, oçerk va şeʼrlar yoziş bilan birga feletonlar, ötkir tahliliy maqolalar ham yoritib, jamiyatdagi illatlarga qarşi kuraşişdan aslo çarçamadi.
Uşbu fidokorona mehnatlari uçun jurnalist Saʼdulla Xöjaniyozov 1965-yilda “Ğalabaning 20 yilligi” yubiley medali, 1989-yilda “Mehnat veterani”, 1994-yilda “Amudaryo haqiqati” gazetasining 60 yilligi munosabati bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining faxriy yorliği bilan taqdirlandi. Şuningdek, unga 2004-yilda “Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist” faxriy unvoni berildi.
Oilaviy hayotda esa umr yöldoşi Yangiljon opa Hamroyeva bilan 3 öğil, 3 qizni kasb-hunarli, öqimişli, el-yurtga naf keltiradigan insonlar qilib tarbiyalaşdi. Saʼdulla akaning öğillari Zafarjon, Şarofjon, Abdullajonlar tadbirkor, qizlaridan Hulkaroy ona tili va adabiyot fani öqituvçisi, Inobat, Irodalar esa kasbi, hunari bilan xalqqa xizmat qilib, jamiyat rivojiga hissa qöşib kelmoqda. Otaxonning nevaralari ham oliygohlarni tugatgan, ayrimlari tahsilni davom ettirişmoqda.
Ustoz 2007-yilda nafaqaga çiqdi. Lekin şunda ham tinib-tinçib ötirmasdan, tahririyat qoşida taşkil etilgan “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkilotiga turli yoşdagi ijodkorlarni çorlab, uçraşuvlar, adabiy keçalar ötkazişga, ularni ijod namunalarini töplam qilib çiqarişlariga undab, kömaklaşib kelmoqda. Yoş qalamkaşlarning şeʼr va hikoyalarini birma-bir körib öz xulosalarini aytadi, kamçiliklarini tuzatişga yordamlaşadi, tavsiyalar beradi.
Ayni paytda keksalik gaştini surayotgan faxriy jurnalist hamon matbuot bilan hamnafas. U tumanda çop etilayotgan “Taraqqiyot közgusi”, “Mening oilam” gazetalarini ham oilasi bilan birgalikda har bir sonini qoldirmasdan öqiydi. Tahririyat jamoasiga gazetadagi har bir maqola va xabarlar haqida öz munosabatini aytib, fikr bildirişdan aslo erinmaydi.
Otaxon ijodkor, faxriy jurnalist Saʼdulla bobo Xöjaniyozov özi ham hamon ijod maydonida. Yaqin yillar içida uning “Tört tomirda jöş urgan tuğyon”, “Ming bir fard” nomli fardlar töplamlari, “Hayot hadyalari” nomli lirik şeʼrlari, “Şunaqa dunyo bu”, “Körganlarim, eşitganlarim”, “Dardlarim, armonlarim” nomli turli mavzulardagi kitoblari yoruğlikka çiqdi. Uşbu kitoblar orqali köp sonli adabiyot ixlosmandlarini özining ijod namunalaridan bahramand qildi.
Kimki fidoyi bölsa, öz işini sidqidildan, halol bajarsa, xalq orasida hurmat topadi. Ustoz Saʼdulla bobo Xöjaniyozov ham özining kamtarona xizmatlari bilan kasbining rivojlanişiga, şu orqali jamiyat taraqqiyotiga ham salmoqli hissa qöşgan inson. Kamtarona umri davomida matbuot sohasiga, jamiyatda maʼnaviyat va maʼrifat yuksalişiga xizmati singgan ustoz jurnalist, otaxon ijodkor qutluğ 80 yoşidan oşib, yaqinlari, şogirdlari va el-yurt ardoğida ehtiromga sazovor bölib yaşab kelmoqda.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶