YoŞLARGA ERTA TURMUŞ QURIŞNING SALBIY OQIBATLARI TUŞUNTIRILDI
Amudaryo tumanidagi amunews.uz veb-sayti tahririyatining mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir körsatuvçi holatlarning oldini olişga qaratilgan “Soğlom muhit – soğlom hayot” nomli grant loyihasi doirasida yoşlar örtasida erta turmuş qurişning oldini olişga bağişlangan davra suhbati ötkazildi.
26-dekabr kuni Yangiobod mahallasidagi 87-sonli maktabda ötkazilgan uşbu tadbirda Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Çimbayçiyeva, tuman Içki işlar bölimining xotin-qizlar masalalari böyiça katta inspektori Inobat Örozmatova, tuman Tibbiyot birlaşmasi Köp tarmoqli markaziy poliklinikasining qizlar salomatligi bölimi şifokori Guliston Aqnazarova hamda mahallaning nuroniy onaxonlari qatnaşişdi. Şuningdek, loyiha ijroçilari, tumandagi OAV xodimlari, maktab hamşirasi Nazokat Sobirova, öqituvçi va öquvçi-qizlar iştirok etişdi.
Tadbirni 87-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar böyiça örinbosari Mahbuba Madaminova oçib berdi hamda tadbir maqsadi haqida sözlab, iştirokçilarni taniştirdi. Şundan söng, loyiha ijroçilari www.amunews.uz veb-saytining “Soğlom muhit – soğlom hayot” grant loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan tadbirlar haqida maʼlumotlar berişdi va uşbu tadbirlarning yoşlar dunyoqaraşi, maʼnaviyatini yuksaltirişda muhim ahamiyat kasb etayotganini aytib ötişdi.
Tuman Içki işlar bölimining xotin-qizlar masalalari böyiça katta inspektori Inobat Örozmatova voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan belgilangan qonuniy çoralar, yoşlar örtasida uçraydigan erta turmuş qurişning salbiy oqibatlari haqida batafsil söz yuritdi. Şuningdek, erta nikoh va erta tuğuruq kabi salbiy holatlarning oldini oliş maqsadida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksiga va Oila Kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritilgani, erta nikohning oldini oliş, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oşiriş hamda jamiyatda ayollarning ijtimoiy va huquqiy mavqeini mustahkamlaş, aholining reproduktiv salomatligini yaxşilaşga qaratilgan mazkur hujjatlarga asosan nikoh yoşi töğrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uçun javobgarlik belgilangani haqida maʼlumot berdi. Oila kodeksining 15-moddasiga asosan nikoh yoşi erkaklar va ayollar uçun ön sakkiz yoş etib belgilangani, bu yoşda yigit va qiz jismoniy jihatdan ham oila qurişga tayyor bölişi, biroq hayotiy, oilaviy maʼsuliyat jiddiy masala ekanligini hisobga olgan holda qizlarga 20-21 yoşdan, yigitlarga 23-24 yoşdan turmuş quriş maqbul hisoblanişini tuşuntirdi.
Tuman Tibbiyot birlaşmasi Köp tarmoqli markaziy poliklinikasining qizlar salomatligi bölimi şifokori Guliston Aqnazarova ham 15-16 yoş hali ösmirlik davri sanalib, bu vaqtda qizlar ruhan hamda jismonan töliq rivojlanmagan, şaxs sifatida töliq şakllanmaganligi tufayli organizm homiladorlik, tuğruq va soğlom farzandni dunyoga keltirişiga tölaligiça yetilmagan bölişini kuyunçaklik bilan sözladi. Erta turmuş natijasidagi erta farzand köriş yoş ona va undan tuğilajak bola salomatligiga maʼlum darajada xavf tuğdirişini taʼkidlab, ona va bola ölimi körsatkiçi ham boşqa yoşdagilarga nisbatan erta turmuş qurgan ayollarda köproq kuzatilişini eʼtirof etdi.
Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Çimbayçiyeva esa yigit-qizlarning turmuş quriş yoşi oila mustahkamligiga taʼsir körsatuvçi asosiy omillardan biri ekanligini, tumanda aholi örtasida soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş, tibbiy madaniyatni oşiriş va yoşlarning nikohga oid tuşunçalarini kengaytiriş, qarindoşlar örtasidagi va erta nikohlarning oldini oliş borasida tizimli işlar amalga oşirilayotganini aytib ötdi. Undan taşqari, erta nikoh qurgan oilalarning aksariyati hayotining ikkinçi yoki uçinçi yillaridayoq ajralib ketişini, bunday holatlar yoş oilalarda köpinça tibbiy, psixologik, ijtimoiy muammolar paydo bölişi bilan boğliqligini taʼkidladi.
Tadbir davomida mahallaning nuroniy onaxonlaridan taʼlim sohasi faxriylari Ziyoda Xalillayeva va Turdigul Qurbonboyevalar ham öz hayotiy tajribalaridan kelib çiqib, qizlarga pandu-nasihatlar qilişdi. Nikoh va oila masalasiga ota-onalar ham doimo katta ahamiyat berişlari lozimligini, ilmli va kasb-hunarli ayolgina komil insonni tarbiyalay olişini, erta, voyaga yetmasdan turmuş qurganlarning aksariyati ota-onasining qaramoğida yaşaşi yoki turmuşiga darz ketişini hayotda köp kuzatişganini aytişdi. Yigit-qizlarning erta turmuş qurişi, katta hayotga tayyor emasligi, özaro kelişa olmaslik, muomala madaniyatining şakllanmagani, rözğor işlarida uquvsizlik kabi jihatlar oqibatida ayrim oilalar buzilib ketişiga sabab bölişini qayta-qayta taʼkidlaşdi.
www.amunews.uz veb-saytining “Soğlom muhit – soğlom hayot” grant loyihasi doirasida taşkil etilgan davra suhbati davomida yoşlar şu kabi maʼruzalarni tinglab, kerakli maʼlumotlarga ega böldilar.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶