AMUDARYoDA BIR GURUH QIŞLOQ XÖJALIGI SOHASI XODIMLARI TAQDIRLANDI
Amudaryo tumanida joriy yilgi qişloq höjaligi sohasida bir qança yutuqlarga erişildi. Yil davomida ğalla, paxta, sabzavot va poliz ekinlarini yetiştiriş, boğdorçilik, çorva, baliqçilik va parrandaçilik yönalişlarini rivojlantiriş borasida samarali işlar olib borilib, yuqori natijalarga erişildi.
28-dekabr kuni “Beşgujum” töyxonasida oçiq va tökin dasturxon atrofida soha xodimlari uçun bayram tadbiri taşkil etildi. Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, Qişloq xöjaligi vazirligidan bir guruh masʼullar, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari hamda tumandagi qişloq xöjaligi sohasi mutasaddilari, xodimlari iştirok etişdi.
Bayram tadbirida sözga çiqqan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, Qişloq xöjaligi vazirligidan taşrif buyurgan bir guruh masʼullar hamda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov qişloq xöjaligi sohasida fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarning yil davomidagi mehnatini eʼtirof etib ötişdi. Mamlakatimizning qişloq xöjaligi sohasiga qöşayotgan hissasi va mehnati uçun tumandagi barça fermer höjaliklari rahbarlari, soha mutasaddilariga minnatdorçilik bildirişdi. Şuningdek, barçasini kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan qutlab, kelgusi yilda yangi yutuq va zafarlar tilaşdi.
Undan taşqari, tadbir davomida qişloq xöjaligi yilida yuqori körsatkiçlarga erişgan 37 nafar ilğor fermer va dehqonlar, tomorqaçilarga Özbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari Kengaşi tomonidan berilgan “Ilğor fermer”, “Mehnatkaş dehqon”, “Namunali tomorqaçi” nomli kökrak nişonlari topşirildi. Joriy yil davomida fidoyilik körsatgan 87 nafar qişloq xöjaligi xodimlariga tuman hokimligining taşakkurnomalari, esdalik sovğalari berildi.
Taʼkidlanganidek, tumanimiz hududida jami 102 ming 119 gektar yer maydoni bölib, şundan, 32 ming 506 gektari suğoriladigan ekin yerlar, 38 ming gektari böz yerlar, 450 gektari boğlar, 39 gektari uzumzorlar, 887 gektari tutzorlarni taşkil qiladi. Jami suğoriladigan qişloq xöjalik yerlari 32 ming 920 gektarni taşkil qiladi. Hozirgi kunda tumanimiz hududida jami 45 ming 740 gektar maydonda 608 nafar fermer va qişloq xöjalik korxonalari faoliyat körsatmoqda.
2023-yilgi dehqonçilik yilida tumandagi 361 ta fermer xöjaliklarining jami 7000 gektar yer maydoniga ğalla uruğlari ekilgan edi. Uşbu maydonlardan rejadagidan ham möl hosil yetiştirildi. Ekin maydonlarining 13 ming 900 gektariga köklamda çigit ekilgan edi. Yil boşidan beri dehqonlarning ulkan marralarni közlab qilgan fidoyi mehnatlari, ğöza parvarişi davrida agrotexnik tadbirlarning öz vaqtida sifatli ado etilgani paxta maydonlarida möl hosil töplanişini taʼminladi va 47 ming tonna paxta xom aşyosi yetiştirildi.
Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan talabini qondirişda ğallaçilikning örni alohidadir. Şular inobatga olingan holda 2024-yilgi hosil uçun 5 ming 630 gektar maydonga ğalla ekildi va töliq nihol undirib olişga erişildi. Şuningdek, xalqimizning ertaki sabzavot mahsulotlariga bölgan talabini töliq qondiriş maqsadida hosildan böşagan maydonlarning 1777 gektariga sovuqqa çidamli piyoz va sarimsoqpiyoz kabi ekinlar töqsonbosti usulida ekildi.
Qişloq xöjaligi xodimlarini taqdirlaş munosabati bilan Yangi yil bayrami arafasida ötkazilgan mazkur tadbirda tuman Madaniyat bölimi xodimlari tomonidan kuy-qöşiqlar namoyiş etilib, barçaga kötarinki ruh baxş etildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶