12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:03
Adabiyot 👁 336

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

 

Yangi Qomusim

Yangi Özbekiston! – Yangi atama,

Yurak tubidagi uyğoq umidlar.

Ilm osmonida yuksak poğona,

Qomusim madhini dillarga joylar.

 

Uyğoning, bir qarang, Beruniy bobo,

Avlodlar quvonçi siğmay olamga.

Siz bitgan qomuslar, zamonlar oşa,

Ming yillik yöl bosib, yetdi bizlarga.

 

Ezgulik yölida sançib ketilgan,

Öşa minoralar qiliçday turar.

Ona Yer köksidagi jarohatlar ham,

Bitib, unut böldi, qolmadi izlar.

 

Azob ummonida sahrolar kezib,

Havas-la boqarding, quşlarga qarab.

Ilm-fan saroyida nabirang tetik,

Quş bölib uçmoqda, qanotlar yasab.

 

Dillarga zavq berib, közni quvnatar,

Qad rostlab, böy çözgan şaharlar, kentlar.

Kelajak egasi — yigitlar, qizlar,

Buyuk çöqqilarga nigohin qadar.

 

Yangi Özbekiston! Yangi Qomusim,

Hali öqilmagan kitobin yozar.

Şu gözal hayotning xuşböy iforin,

Olamga tarating, Siz aziz yoşlar!

 

Maqsadi, ğoyasi iymon-eʼtiqod,

Borliqqa nur soçsin yangi kitobing.

Vatanim bağrida köz oçgan buloq,

Uçinçi Renessans — sening davroning!

Odil ŞOMURODOV.

 

Jonim içra jonsan, Vatan!

Qum, tuproğing — tötiyodir,

Şarq-u Ğarbing — nur-ziyodir,

Qon tomiring — qöş daryodir,

Möl bebaho konsan, Vatan,

Jonim içra jonsan, Vatan!

 

Tuğing — mard-u maydonlarda,

Husning, körking —zabonlarda,

Madhing qöşiq, dostonlarda

Sen şarafsan, şonsan, Vatan,

Jonim içra jonsan, Vatan!

 

Tinçlik, hurlik — şiorsan sen,

Döstlarga çin döst-yorsan SEN!

Mangu obod diyorsan — SEN,

Musaffo osmonsan, Vatan,

Jonim içra jonsan, Vatan!

 

Dono, pirlar faroğatda,

Qiz-yigitlar saodatda,

Rasululloh şafoatda,

Sen nuri iymonsan, Vatan,

Jonim içra jonsan, Vatan!

 

Istiqloldan — sururlaring,

Istiqbolda — ğururlaring —

Jaloliddin, Temurlaring —

Dovruği dostonsan, Vatan,

Jonim içra jonsan, Vatan!

 

Namoyondir xitobida —

Bugun, ertang, har bobida,

Davlat «Qonun Kitobi»da

Bitilgan Nizomsan, Vatan,

Jonim içra jonsan, Vatan!

Tursunboy Abdullayev.

 

Avaylaylik, aziz ona tilimizni

(1-dekabr — Qoraqalpoq tiliga

davlat tili maqomi berilgan kun)

Artib taşlab köngillardan kirimizni,

Turaylik-çi, qöllab biri-birimizni.

Tilsiz körmoq qiyin bölar kunimizni,

Avaylaylik, aziz ona tilimizni.

 

Özga til ham kerak bilgil hayot uçun,

Ona tiling kerak doim birlik uçun.

Borligini körsataylik tilning kuçin

Avaylaylik, aziz ona tilimizni.

 

Ona tilda söylang mudom sözingizni,

Angla xalqim asli özing kimligingni.

Tilimizni yöqotmang, oçing közni.

Avaylaylik, aziz ona tilimizni.

 

Har kimsaga öz tili uluğ sanalar,

Til — millatning körki, demiş donolar.

Şuning uçun unutmaylik zamondoşlar,

Avlodlarga yetkazmoq burç, tilimizni.

Angsatboy QARAJANOV, huquqşunos.

Qoraqalpoq tilidan Oygul Rajabova tarjimasi.

 

Qişloğim

Taʼrifing yozişga olarkan qalam,

Xayoldan köp sözlar ötmoqda bir-bir.

Qizilçolidan söng, qönim topganim,

Yurtlarning aʼlosi — bizning Kuy köpir.

 

Oqarkan örtada Manğit arnamiz,

Dehqonlarimizda yöqdir xavotir.

Közni quvontirib yaşnar ekinlar

Xirmoni köp qişloq bölar, Kuy köpir.

 

Fidoyi insonlar yaşnatar elni,

Şifokor, muhandis, muallim, şopir.

Traktor boşqargan qizlari ham bor,

Fayziga-fayz qöşib borar Kuy köpir

 

Deydilar: najotkor Xoljon tabibdan,

Tabobat ilmida qolmagan köp sir.

Ajdodlari undan şifosin topgan,

Avlodlarning yurti — sölim Kuy köpir.

 

Öxşaşin topmassan bunday makonning,

Qomuslardan qara, yutubdan qidir.

Eşon bobolardan bizga merosdir.

Mingturğan oğalar suygan Kuy köpir.

 

Temir yöl ham ötdi, poyezd kelmoqda,

Yurt ravnaqi aniq, tolesi vofir.

Xitoy, Özbekiston — qöşnilar bilan,

Birga yayrab, yaşnab borar Kuy köpir.

 

Bunda siylab yaşar, har kim bir-birin,

Yoşlar muruvvatli, qarilari — pir.

Alqamay bölarmi, bundayin yurtni,

Kelajagi porloq qişloq — Kuy köpir.

 

Faqat... Yöllar rasvo, boğça esa yöq,

Iltimos, bölaylik endi oğzibir.

«Openbyudjet»da biz ğolib çiqsak,

Şunda obod qişloq bölar Kuy köpir.

 

Tört tomon oboddir. Nahotki bizning,

Közlarni moy bosdi, quloqlarni kir.

Harakat qilaylik, hammamiz şunda,

Jannatmakon qişloq bölar — Kuy köpir.

 

Qizilçoli

Mubolağa, börttirişlar qöşmasdan,

Faqat aytsam borini öz holiça.

Eşitganni nomlari lol qoldirar,

Köp maşhurlar ötgan Qizilçolida.

 

Mehmonlarni rozi qilib jönatgan,

Dasturxoni va tildagi bolida.

Ham taomga, ham gurungga töydirgan,

Hotamtoylar yaşar Qizilçolida.

 

Köp xislatlar ayon bölar birgina,

Mezbon aytgan takror «olho-ol»ida.

Töy qilsalar, tökib taşlar borini,

Keng feʼllilar eli Qizilçoli-da.

 

Yurt ravnaqin burçim, degan köngli bor,

Navqiron, keksami, navniholida.

Şuning uçun yaşnab borar tobora

Azamatlar bor-da, Qizilçolida.

 

Avvallari qovun ekkan qayirda,

Bu kunlari umid faqat şolida.

Xirmonlarni olaversa, tonnalab,

Töy avjini köring, Qizilçolida.

 

Zigirikda qanot özi norma der,

Ğayrati zör Amin qassob — çolida

Qartaysa ham nafs qurğur qöydirmas,

Qöluzlikning möli Qizilçolida.

 

Yakka özi qadrin topmas raqamlar,

Qadri uning yonidagi nolida.

Aholisi bağri butun insonlar,

Aziz bölib yaşar, Qizilçolida.

Ahmad NAFASOV.

 

Şafqatsizlik

Ey naslim, siz mening jonim avlodim,

Bunçalar toşbağir bölib qolgansiz.

Quyoşga böy çözgan maysani... kördim.

Toptaysiz, ezğilab, yançib ketasiz.

 

Daraxtlar jimgina maʼyus tebranar.

Dir-dir titrab ketar, insonni körib,

Inson heç joni açimay, arralayverar.

Maqsadi — pul qiliş, ötinni sotib.

 

Şamolda hilpirab oçilgan lola.

Anov bolakayning közini oldi,

Gulni uzib olgan, beşafqat bola.

Bir hidlab kördi-yu, söngra irğitdi.

 

Oyoqlar tagida yançilgan lola.

Ayançli ahvolda: “toşbağir”, dedi,

Axir u oçilib jumla olamga,

Husnini körsatib qöymoqçi edi...

Zuhra Ahmedova.

 

Qomusim

Qomusim — mening baxtim,

Ozodligim ramzidir.

Biz yoşlarga yöl oçuvçi

Qanotimdir, faxrimdir.

 

Qonunlarni biz bilib,

Ulğayamiz döst bölib.

Ertaga biz, albatta,

Sodiq avlod bölamiz.

 

Qomusimizni bilib,

Dunyoga doston qilib.

Yangi Özbekistonda

Bilimli yoşlar bölib.

 

Qonunlarni, albatta,

Biz örganib olamiz.

Va birlaşib yagona

Özbekiston bölamiz!

Zilola RajabbOyeva,

24-maktab öquvçisi.

 

Manğitim

Yaşnagan gul diyorim,

Manğitimsan, Manğitim.

Çaman-çaman gulzorim,

Manğitimsan, Manğitim.

 

Amudan suv içgan el,

Sinovlardan ötgan el.

Boğlarida bitgan gul,

Manğitimsan, Manğitim.

 

Istiqloldan nur olgan,

Nuri har yon taralgan.

Nişon olgan, nom olgan,

Manğitimsan, Manğitim.

Amudaryo — faxrimsan,

Ravnaq topgan şahrimsan.

Maqtovlarga haqlisan,

Manğitimsan, Manğitim.

 

Çaman-çaman gulzori,

Dilsayyorning diyori.

Yaşnayotgan şahari,

Manğitimsan, Manğitim.

 

Xudoybergan JUMAMURODOV,

Boğ mahallasi.

 

 

Boylik abadiy emas

Köplar köngil qöyadi,

Jaraq-juruq pullarga.

Pulin hidlab yuradi,

Bu dunyodan ötgunça.

 

Ötkinçidir, bu hayot,

Qoladi bor boyliging.

Pullar qutqara olmas,

Dunyodan ötar çoğing.

Temurbek Rahmatullayev, 30-maktab öquvçisi.

 

Senga şeʼrlar yozsam...

Senga şeʼrlar yozsam, ğirt devonaman..

Yetti falakdan ham balandroq turib.

Har ikki dunyodan yuzimni burib,

Sening dunyoyingda yaşab qolaman.

Senga şeʼrlar yozsam, ğirt devonaman...

Layli heç tuymagan hislarni tuyib.

Söz izlab, ming kuyib, bir seni suyib

Qolgan oşiqlardan sovib qolaman!

Senga şeʼrlar yozsam, ğirt devonaman...

Sen tanho ilhomim, mening nazmimda.

Men-çi?! Kim erurman sening nazdingda,

Balki yagonaman? Yo begonaman!

Aziza Madrahimova.

 

Yöqlang, döst-u birodarlarni

Bugun eslang, qadrdonlarni,

Barça döst-u birodarlarni.

Biling, döstning eskisi bölmas,

Bölgan sizga jonajonlarni.

Yöqlang döst-u birodarlarni.

Qayda, maktabdagi sinfdoş,

Qayda örtoq, bolalikdagi.

Ğör yoşlikda bölganlar yöldoş,

Eslang barça qadrdonlarni,

Yöqlang döst-u birodarlarni.

Şod bölsangiz, xursand bölişgan,

Ğamgin paytda hamdard bölişgan.

Mahallada sirdoş bölişgan,

Eslang barça qadrdonlarni,

Yöqlang döst-u birodarlarni.

Yaxşi-yomon kunni körişgan,

Sizni yolğizlatmay yurişgan.

Oqil maslahatlar berişgan,

Eslang barça qadrdonlarni,

Yöqlang döst-u birodarlarni.

Döst açitib aytar, gohida,

Işda kam-köst bölgan çoğida.

Bölmasin deb quzğun boğida,

Eslang barça qadrdonlarni,

Yöqlang döst-u birodarlarni.

Döst bilan uy böladi obod,

Diydoridan köngil bölar şod.

Döstsiz qolgan kun, bu xurofot,

Eslang barça qadrdonlarni,

Yöqlang döst-u birodarlarni.

Yöqlab turing döstlarni doim,

Qöllar sizni şunda Xudoyim.

Işlar ham xöb bölar muloyim,

Eslang barça qadrdonlarni,

Yöqlang döst-u birodarlarni.

Bekbergan TLEUMURADOV,

Qipçoq ovuli.

 

Bobom tuzgan tuzuklar

«Tarixsiz kelajak yöq» deganlaring,

Nahot endi tarixga kirgani rost bölsa.

Biz yoşlarning yurar yölin körsatib berib,

Komil inson tuşunçang bir asos bölsa.

Doim derding: «Kelajak — siz yoşlarniki!»

Mustaqil yaşaşni örgatding bizga.

Maʼrifatni qölimizga maşʼala qilib,

Jaholatdan ayro yölni körsatding bizga.

Umr deganlari bunça beşafqat,

Keçagina har bir yoşning yonida eding.

«Bugun ham tark yetmay buyuk tarixim,

Turaman özbekning şaʼnida deding».

Şavkat bobom sözi bölib, har bir yurakda,

Qalbimizda, ongimizda kezib yurasan.

Sen boşlagan uluğ yölning zarvaraqlarin

«Yuksak maʼrifat»ing bilan bezab turasan.

Abdullajon OZODBOYeV.

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026