1-sonli maktabda “Bu mening özligim, ğurur, nomusim, Konstitutsiyam – oliy Qomusim!” şiori ostida bayram tadbiri ötkazildi
Mamlakatimiz xalqi sevib nişonlaydigan bayramlar köp. Har bir bayramning öz tarixiy ahamiyati, xalqimiz hayotida tutgan beqiyos katta örni bor. 8-dekabr – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana esa özbekistonliklar uçun mukammal qomusiy baxt, erk va adolatning haqiqiy tantanasi, eng aziz va qadrli bayram sifatida yakdillik bilan nişonlanadi. Davlat va jamoat taşkilotlarida, taʼlim-tarbiya muassasalarida sana munosabati bilan “Konstitutsiya bilimdonlari”, “Qomusimiz - baxtimiz”, “Konstitutsiyamizni örganamiz”, “Baxt-iqbol va kelajagimiz kafolati” mavzularida körik-tanlovlar, davra suhbatlari, zakovat bellaşuvlari ötkaziladi.
Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun arafasida, joriy yilning 6-dekabr sanasida Manğit şahridagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida ham maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy bayram tadbiri bölib ötdi. Did bilan bezatilgan maktab faollar zalida Konstitutsiyamizni madh etuvçi şiorlar, devoriy gazetalar, siyosiy adabiyotlar, maktab öquvçilarining Konstitutsiya haqidagi bilimlarini özida mujassam etgan maʼruzalar, inşolar, ijodiy işlar körgazmasi taşkil etildi.
Tadbir avvalida ona Vatan, istiqlol, tinçlik va döstlikni tarannum etuvçi jöşqin kuy sadolari ostida sahnaga maʼnaviy-maʼrifiy va adabiy-badiiy keça iştirokçilari kirib kelişdi. Iştirokçilar ona Vatanni madh etuvçi şeʼrlar aytişdi. Şundan söng, Özbekiston madhiyasi yangrab, barça, şu jumladan tadbirda iştirok etayotgan öqituvçilar, öquvçi-yoşlar, ularning ota-onalari ham mağrur turib Özbekiston madhiyasiga jör bölib kuyladilar.
Boşlovçilar Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 31 yilligi hamda Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan özgarişlar, mamlakatimizda röy berayotgan demokratik jarayonlar hamda yangilangan Konstitutsiyamizning xalqimizni kelajak sari ruhlantirib turguvçi tengsiz qudrati, qonun ustuvorligi, bağrikenglik, huquqiy tenglik va adolat tamoyillari haqida biri-biridan taʼsirli şeʼrlar öqidilar.
Şuningdek, öquvçi-yoşlar örtasida yangilangan Konstitutsiyamizning 155ta moddasi va undagi 434ta normaning ahamiyati, xalqimiz hayotida tutgan örni yuzasidan viktorina savollariga tez, aniq va puxta javob beriş böyiça bellaşuv ham ötkazildi. “Yangilangan Konstitutsiyamiz haqida nimalarni bilasiz?” degan savolga öquvçi-yoşlar dadil va tezkorlik bilan javob berdilar. Xususan, Konstitutsiyaning 1-moddasi 15-, 5-, va 31-moddalari haqida öquvçilar mukammal fikr yuritişib, özlarining Konstitutsiya bilimdonlari ekanliklarini amalda namoyon etdilar.
Tadbir davomida öquvçi-yoşlar xalq erki, ozodlik, baxt, tinçlik, tenglik, döstlik va millatlararo totuvlikni madh etuvçi şeʼrlar, aşulalar ijro etişdi. Jöşqin kuy-qöşiqlarga monand raqslari bilan tadbir mehmonlariga kötarinki kayfiyat ulaşdilar.
Tadbir yakunida “Bu – mening özligim, ğurur, nomusim, Konstitutsiyam – oliy Qomusim!” şiori ostida “Heç kimga bermaymiz seni, Özbekiston!” qöşiğini jör bölib kuyladilar.
Bölib ötgan bayramona tadbir barçaga zavq-şavq bağişladi.
Muhabbat Qodirova,
1-sonli maktabning tarix fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶