31-sonli maktabda qoraqalpoq tili kuni munosabati bilan tadbir ötkazildi
Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmuş tarzi, tarixidir.
1989-yilning 1-dekabr kuni qoraqalpoq tilining huquqiy asoslarini belgilaş böyiça “Davlat tili töğrisida”gi Qonun qabul qilinib, unga köra qoraqalpoq tiliga – Davlat tili maqomi berildi. Qoraqalpoq tili özining qonuniy maqomi va himoyasiga ega böldi.
Respublikamizda har yili uşbu bayram keng nişonlanib, turli uçraşuvlar, badiiy keçalar ötkazilib kelinmoqda.
Sana munosabati bilan 2-dekabr kuni Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 31-sonli maktabda “Marteben balent bolsin, ana tilim” deb nomlangan tadbir bölib ötdi.
Tadbirda maktab direktori Nilufar Davletova, uning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Dilbar Örozaliyeva, maktabning qoraqalpoq tili va adabiyoti fani öqituvçilari hamda öquvçilar iştirok etdilar.
Tadbirni maktab direktori Nilufar Davletova oçib berdi hamda yiğilgan öquvçi-yoşlarni qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan tabrikladi.
Milliy til davlatning rivoji, qolaversa, uning millat sifatida dunyo tamaddunida öz munosib örnini egallaşi uçun muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk tariximiz va ajdodlarimizning merosi ham aynan til orqali bizgaça yetib keladi.
Tadbir davomida maktabning qoraqalpoq tili va adabiyoti öqituvçisi Gözal Kamolova qoraqalpoq tilining tarixi, ahamiyati va uni yanada rivojlantiriş borasida qilinayotgan işlar hamda tilning jamiyatimiz hayotida tutgan örni haqida tuşunçalar berib ötdi.
Til har bir xalqning milliy özligining timsoli, maʼnaviyatining asosi hisoblanadi. Sönggi yillarda qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun yurtimizda yangiça mazmun va ruhda bayram qilinayotgani tilining mavqei hamda kuç-qudrati yuksalayotganini körsatmoqda.
Tadbir davomida sözga çiqqanlar öquvçilarga qoraqalpoq tilini boyitiş maqsadida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumot berdi. Şuningdek, öquvçilarga qoraqalpoq tilining sofligini saqlaş zarurligi, uni yanada boyitiş uçun har bir şaxs hissa qöşişi lozimligini aytib ötdi.
Darhaqiqat, bugungi kunda qoraqalpoq tilining örni va obrösini orttiriş böyiça köplab amaliy işlar qilinmoqda. Bir qator ilmiy va badiiy kitoblar qoraqalpoq tilida çop etilib, öquvçilar qöliga yetib bormoqda.
Aytiş kerakki, amalga oşirilayotgan bu kabi çora-tadbirlar qoraqalpoq tiliga bölgan yuksak eʼtiborning yorqin namunasidir.
Tadbir davomida namoyiş etilgan sahna körinişlari hamda yangragan kuy-qöşiqlar yiğilganlarga yanada kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Oygul Rajabova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶