QORAQALPOQ TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANINING 34 YILLIGI KENG NIŞONLANDI
Til – millat közgusi, milliy-maʼnaviy iftixori. Har qanday xalqning jahon hamjihamiyatidagi örni va nufuzi uning tili, til orqali milliy-maʼnaviy qadriyatlari neçoğlik qadr topgani bilan belgilanadi. Şu bois, har bir xalq öz tilining umri boqiyligi, zamonlar silsilasidan sof va öziga xos jarangi bilan avloddan-avlodga ötib, buyuk maʼnaviy meros, iftixor timsoli sifatida ötib, qadr topişi uçun intiladi va davlat ramzlari qatorida hamişa yuksak maqomda bölişi uçun intiladi.
Şu nuqtai nazardan olib qaraydigan bölsak, qoralpoq tili ham özining leksik boyligi, gözal jarangi bilan köplab yondoş va qardoş xalqlarni öziga maftun etib keladi. Xususan, qoraqalpoq tili aforizmlarga boyligi, sinonimik qatorlarining xilma-xilligi, antonim, paronim, omonim sözlarning öziga xos jozibasi bilan ajralib turadi va ana şu öziga xoslik tufayli qoraqalpoq şoir va yozuvçilari yaratgan badiiy asarlar namunalari xalq orasida juda tez ommalaşib ketadi.
Amudaryo tumanidagi 30-sonli umumtaʼlim maktabida qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi munosabati bilan bölib ötgan “Til – millat oynasi” mavzusidagi adabiy-musiqiy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda qoraqalpoq tilining nufuzi, qadr-qimmati xususida mufassal söz yuritildi.
Avvalo tadbir ötkaziladigan maktab sahnasi qoraqalpoq şoir va yozuvçilarining yetuk asarlari, qoraqalpoq tilining taraqqiyot bosqiçlari haqidagi qoraqalpoq olimlarining ilmiy maqolalari, şuningdek, qoraqalpoq xalqining öziga xos, betakror urf-odat va anʼanalarini aks ettiruvçi körgazmali vositalar, öquvçilar tomonidan tayyorlangan suratlar, albomlar va gullar bilan bezatildi.
Tadbirda öquvçi-yoşlar qoraqalpoq xalqining urf-odat va anʼanalari xalqidagi sahna körinişlarini namoyiş etib, töy-marosimlar va bayramlarda yigit va qizlarning topqirligi, epçilligi va hozirjavobliklarini özida mujassam etgan aytişuvlarini nihoyatda jozibadorlik bilan ijro qilib berdilar.
Şundan söng, har bir sinf öquvçilari tomonidan tayyorlangan qoraqalpoq xalq raqslari, milliy öyinlar, şeʼriy bahslar maromiga yetkazib ijro etildi. Ayniqsa, xalqona, baxşiyona tarzdagi şeʼriy bahslar, qoraqalpoqça kuy-qöşiqlar, faqat qoraqalpoqlargagina xos bölgan aytişuvlar tadbir iştirokçilariga kötarinki kayfiyat bağişlab, har bir qalbda qoraqalpoq tilining öziga xos tovlanişlariga, serjarang ohangiga çeksiz mehr-muhabbat uyğotdi.
Bölib ötgan mazkur tadbir öquvçi-yoşlar qalbida qoraqalpoq tiliga nisbatan mehr-muhabbat, bağrikenglik, millatlararo totuvlik va uşbu tilda sözlaşişdan faxrlaniş tuyğularini yanada mustahkamladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶