“IJOD ZAVQI” MAVZUSIDAGI VIDEOROLIKLAR TANLOVI ĞOLIBLARI TAQDIRLANDI
Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar — kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida yoşlarning maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularni kitobxonlikka, adabiyotga qiziqtiriş va ijod qilişga undaş, öz fikrlarini boşqalarga taʼsirçan uslublarda yetkaza oliş mahoratini şakllantiriş maqsadida “Ijod zavqi” videoroliklar tanlovi ötkazildi. Uşbu tanlov şartiga köra, unda iştirok etişni istagan yoşlar öz ijod namunalaridan öqib, estetik did bilan videotasvirga olişlari, videorolik körinişida tayyorlab, tahririyatga 5-noyabrdan 20-noyabrgaça bölgan davr mobaynida taqdim etişlari kerak edi.
Tahririyatimizning elektron manziliga tumanimiz hududidagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan öquvçilar, yoş ijodkorlar tayyorlagan biri-biridan ajoyib videoroliklar kelib tuşdi. Videoroliklarda yoş ijodkorlar özlari, qiziqişlari haqida maʼlumot beriş bilan birga ilhomlanib yozgan Vatan, ona, tabiat haqidagi şeʼrlarini ifodali öqib berişgan, har tomonlama did bilan tasvirga olişga harakat qilişgan. Tanlovga taqdim etilgan yoşlarning ijod namunalari tahririyat jamoasida taşkil qilingan hakamlar hayʼati tomonidan körib çiqildi.
Hayʼat qaroriga köra, 13-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Madina Komiljonovaga 1-örin, Amudaryo tumani Ixtisoslaştirilgan maktabining 10-sinf öquvçisi Hilola Kamolovaga 2-örin, 41-sonli maktabning 6-sinf öquvçisi Oksana Şaripovaga 3-örin berildi. Tanlov ğoliblariga tahririyat tomonidan Faxriy yorliq va sovğalar topşirildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶