EKINLARNI BIOLOGIK USULDA HIMOYa QILIŞ AFZALLIKLARIGA BAĞIŞLANGAN SEMINAR BÖLIB ÖTDI
Birlaşgan millatlar taşkiloti maʼlumotlariga köra hozirgi kunda jahon aholisining 815 million nafardan ortiği oçlik azobini tortayapti. Töyib ovqatlaniş imkoniga ega bölmagan qatlam ham mavjud.
Şunday şaroitda mamlakatimiz qişloq xöjaligida oziq-ovqat mahsulotlari yetiştirişni köpaytiriş, ekin maydonlardan unumli foydalaniş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar tufayli xalqimiz dasturxoni tökin, turmuşi obod. Bu boradagi işlarning samaradorligini yanada oşiriş maqsadida qişloq xöjaligida çuqur islohotlar amalga oşirilmoqda. Xususan, sohada bozor munosabatlarini keng joriy etiş, qayta işlaş va eksport infratuzilmasini rivojlantiriş, şu asosda fermer va dehqonlarning daromadini oşiriş yuzasidan aniq çora-tadbirlar körilayotir.
Qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni köpaytirişda ekinlarni karantindagi va boşqa iqtisodiy xavfi yuqori bölgan zararkunandalardan himoya qiliş ham muhim örin tutadi. Zararkunandalar köpayişining oldini olişda ekin maydonlarida kuzgi tadbirlarni sifatli ötkaziş, dala çetlaridagi ariq-zovurlarni sifatli tozalaşning ahamiyati katta. Qolaversa, maydonlardagi, issiqxonalardagi yetiştirilayotgan ekinlarni zararkunandalardan himoya qilişda biologik usul muhim örin tutadi.
Amudaryo tumanining Toşyop ovulida faoliyat yuritayotgan “Manğit invest plyus” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli issiqxonada ekinlarni zararkunandalardan himoya qilişda biologik usulning ahamiyati, feromon tutqiçlardan foydalaniş usullariga bağişlangan seminar ham aynan şu maqsadda ötkazildi.
Tadbirga Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi Amudaryo tumani bölimi xodimlari, tuman qişloq xöjaligi sohasi masʼullari, qişloq xöjaligida faoliyat yurituvçi tadbirkorlar iştirok etdilar.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi Amudaryo tuman bölimi xodimlari NodirbekÖrozov, Anvar Rahimov, Murot Ibragimov, Uluğbek Xudoyberganovlar ekinlarni biologik himoya qilişning afzalliklari xususida, şuningdek, bu borada Respublika Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan işlab çiqilgan “Agro ko’makchi” mobil ilovasidan foydalaniş borasida maʼlumotlar berdilar.
“Agro ko’makchi” maxsus ilovasi orqali fermerlar, tomorqa yer egalari zararli organizmlar, begona ötlar haqida batafsil maʼlumotga ega bölib, ularga qarşi kuraşiş böyiça tavsiyalar olişi mumkin. Şuningdek, ilovada sinov va röyxatdan ötgan ösimliklarni himoya qiliş vositalari va mineral öğitlar, eksport uçun oçilgan bozorlar, hududlarda faoliyat yuritayotgan biolaboratoriyalar, ösimliklar klinikalari, qadoqlovçi korxonalar xususida foydali maʼlumotlar jamlangan.
Mamlakatimiz aholisining taxminan 40 foizi qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş bilan şuğullanadi. Bunday katta qatlamni zaruriy maʼlumotlar bilan taʼminlaş, ösimliklarni zararli organizmlardan töğri himoya qiliş yuqori hosildorlik garovidir. Buning uçun “Agro ko’makchi” mobil ilovasidan foydalanişning özi yetarlidir.
Seminarda bu haqda batafsil söz yuritildi. Mutaxassislar iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berdilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶