31-sonli maktabda “Milliyligim – ğururim” deb nomlangan körgazmali tadbir bölib ötdi
Qadriyatlar – har bir millatning maʼnaviy qiyofasini namoyon etadi. Buyuk mutafakkirlar ham qadriyatlar millat maʼnaviyatining közgusi, deb bejiz eʼtirof etişmagan. Milliy qadriyatlar har bir millatning tili, urf-odatlari, tarixi, madaniyati, anʼanalarini, barça moddiy va maʼnaviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barça tomonlarini öz içiga qamrab oladi. Ularni öquvçi-yoşlarga yetkaziş bugungi kunning asosiy vazifalaridandir.
2023-yil 25-noyabr kuni Amudaryo tumanidagi 31-sonli maktabda “Milliyligim – ğururim” deb nomlangan körgazmali tadbir bölib ötdi. Unda maktabning öqituvçilari hamda 3- va 9-sinf öquvçilari iştirok etdilar.
Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Dilbar Örozaliyeva oçib berdi hamda öquvçilarni milliy qadriyatlarimiz va anʼanalarimizga hurmat ruhida tarbiyalaş, yoşlar örtasidagi milliy qadriyatlarimizga bölgan eʼtiborni yanada kuçaytiriş hamda tarğib qiliş borasida olib borilayotgan çora-tadbirlar haqida tşxtalib ötdi.
Mazkur tadbir yoşlar tarbiyasida özbek milliy qadriyatlarining tutgan örnini oşiriş, mustahkamlaş hamda buyuk ajdodlarimizdan meros bölgan bebaho, asl milliy qadriyatlarimizni tarğib qiliş maqsadida ötkazildi.
Tadbirda milliy qöl hunarmandçiligi buyumlari va özbek millatining urf-odatlari hamda anʼanalarini tarğib etuvçi körgazmalar namoyiş etildi.
Xalqimizning asrlar sinovlaridan ötib kelayotgan boy madaniy va maʼnaviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va anʼanalari, qöşiqlari, ota-bobolarimizning mustaqillik yölida körsatgan jasorati, bunyodkorlik işlari uşbu tadbirda yana bir bor tarğib qilindi. Şuningdek, milliy anʼanalarni özida mujassam etgan milliy kiyimlar namoyiş etilib, milliy taomlar tayyorlandi va qadim-qadimdan bizgaça yetib kelayotgan milliy öyinlarimiz öynaldi. Öquvçilar tomonidan özbek milliy laparlari hamda allalar kuylandi.
Tadbirda “Milliy libos”, “Milliy qöşiq” va “Milliy raqs” yönalişlarida öquvçi-qizlar tomonidan milliy qadriyatlarimiz hamda anʼanalarimiz aks etgan jamoaviy sahna körinişlar namoyiş etildi.
Tadbirda sözga çiqqanlar tomonidan qadriyatlar har bir millatning ötmişi, buguni va kelajagini oynadek körsatib turuvçi eng muhim omillardan biri ekanligi taʼkidlandi.
Maktab öqituvçisi Sanim Uzaqboyeva har bir millat faqat uning öziga xos bölgan anʼana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turişini alohida taʼkidladi. Tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bölgan qadriyat va anʼanalari bir-ikki kunda paydo bölib qolmaydi, insoniyatning neça ming yillik tarixiy tajribasida sinovdan ötib, sayqal topib boradi.
Ötkazilgan uşbu tadbir ham öquvçi-yoşlarni yurt tarixi, milliy anʼana va qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz hamda anʼanalarimiz bilan yaqindan taniştiriş, ularni keng tarğib qiliş bilan birga yoşlarda milliy iftixor tuyğusini şakllantiriş, ularning ijtimoiy-maʼnaviy bilimlarini yanada oşiriş, kelajagimiz egalarini ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaşga xizmat qiladi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶