YuRTIMIZ TINCh-OSOYIShTALIGINI MASʼULIYaT BILAN QOʻRIQLAYMIZ
Har bir inson oʻz tugʻilgan oilasini, kamolga yetgan Vatanini sevadi. Vatanining ravnaqi uchun xizmat qilishni, koʻnglidagi sevgi-muhabbatini amalda namoyon etishni xohlaydi.
Mening harbiy xizmatchi boʻlishga ahd qilishimga ham yurtim tinchlik-osoyishtaligiga hissa qoʻshishga, uni koʻz qorachigʻiday asrashga intilishim sabab boʻlgan.
Donishmandlardan biri “Vatan bir bogʻdir, sodiq farzandlar bu bogʻni oʻz yurak qonlari ila sugʻormaklari darkor”, deganlarida naqadar haq edi.
Vatanga muhabbat, ayniqsa, chegaralar daxlsizligini saqlab, oʻz oʻrnida yozning jaziramasi-yu, qishning qahratonlarida sobit turgan harbiy xizmatchilar koʻnglida oʻzgacha masʼuliyat uygʻotadi, chegaralar daxlsizligiga oʻzingni javobgar sezasan, bu – farzandlik burching ekanligini sidqidildan his qilasan.
Mana, necha yildirki, men DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda xizmat qilar ekanman, buni har soniya his qilib yashayman.
Men bolaligimdan harbiy boʻlishni orzu qilgandim. Ota-onam ham mening bu intilishlarimni qoʻllab-quvvatlashdi. Yashirmayman, bolaligimda juda shoʻx edim, uyda ham, maktabda ham koʻp toʻpolon qilardim. Hozir oʻsha damlar yodimga tushsa, shu qilgan xatolarim uchun ham yaxshi xizmat qilishim kerak, degan qarorga kelaman.
Vatan himoyasi – muqaddas burch. Bu burchni sharaf bilan uddalash ham baxt. Yurtimiz chegaralari daxlsizligini qoʻriqlayotgan safdoshlarimga tolmas kuch-quvvat tilayman.
Murodjon Habibullayev, harbiy xizmatchi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶