Amudaryo tumanida tibbiyot xodimlari kuni keng nişonlandi
Yurtimizda har yili noyabr oyining ikkinçi yakşanbasi tibbiyot xodimlari kuni deb belgilanib, bayram sifatida nişonlanişi davlatimiz va jamiyatimizning salomatligimiz posbonlariga nisbatan yuksak eʼtibor va hurmatining yaqqol namunasidir. Amudaryo tumanida ham uşbu sana har yili keng tantana qilinadi, tibbiyot fidoyilari, tajribali şifokorlar, faxriylar uçun tadbirlar taşkillaştiriladi.
Anʼanaga muvofiq 11-noyabr kuni Manğit şahridagi fayzli “Xon” töyxonasida tadbir ötkazilib, bemorlar dardiga darmon bölguvçi şarafli kasb egalari – şifokor hamda hamşiralar uçun tuman hokimligi hamda tuman Tibbiyot birlaşmasi tomonidan bayram dasturxoni yozildi.
Tantanali tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, xalq salomatligi yölida, fidoyilik bilan mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari iştirok etişdi.
Şifokorlar har davrning qahramonlari hisoblanadi. Dunyo yaralibdiki, uşbu şarafli kasb öz qadri va ahamiyatini yöqotmagan. Bugun ham tibbiyot xodimlari har qaçongidan ham köproq, boşqa kasb egalaridan-da ziyoda eʼzozga, eʼtirofga sazovordir.
Tadbir avvalida tuman hokimi Sobir Xöjametov tumanimizdagi barça tibbiyot xodimlarini 12-noyabr – tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tabriklab, ularning şarafli işlarida muvaffaqiyatlar tiladi hamda tibbiyot sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, erişilayotgan yutuqlarga ham töxtalib ötdi.
Bayram keçasida xalq salomatligi yölida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh şifokor va hamşiralar taşakkurnomalar hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Şuningdek, tibbiyot sohasida köp yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan soha vakillariga tuman hokimligi hamda Tibbiyot birlaşmasi tomonidan faxriy yorliqlar topşirildi.
Aytiş joizki, bugungi kunda tuman Tibbiyot birlaşmasida 295 nafar şifokorlar faoliyat yuritib kelmoqda. Şundan 189 nafari toifaga ega şifokorlardir. Aholi salomatligini mustahkamlaş yölida Tibbiyot birlaşmasi tarkibida 415-örinli Markaziy şifoxona, 36-örinli xöjalik hisobidagi Reabilitatsiya bölimi, 14ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari, jumladan, 1ta köp tarmoqli Markaziy poliklinika, 9ta Oilaviy poliklinika va 4ta Oilaviy şifokorlik punktlari xizmat körsatib kelmoqda.
Tuman hududidagi ovul va qişloqlar aholisiga oilaviy poliklinikalar va şifokorlik punktlari orqali tibbiy xizmat körsatiş yölga qöyilgan. Uşbu tibbiyot muassasalariga 24 ming 293 ta xonadondagi 134 ming 733 nafar aholi biriktirilgan. Muassasalarda 91 nafar umumiy amaliyot şifokorlari, 328 nafar örta tibbiyot xodimlari, şundan 212 nafar patronaj hamşiralari malakali tibbiy xizmat körsatadi.
Manğit şahri hududidagi 12 ming 669ta xonadonda yaşovçi 70 ming 111 nafar aholi esa köp tarmoqli Markaziy poliklinikada yölga qöyilgan tibbiy xizmatdan foydalanadi. Poliklinikada 102 nafar şifokor, şundan 34 nafari umumiy amaliyot şifokori hamda 183 nafar örta tibbiyot xodimi, şundan 68 nafari patronaj hamşiralari aholi salomatligini asraşda fidoyilik körsatib kelmoqda.
Bayram tadbiri davomida sözga çiqqanlar tibbiyot xodimlari timsolida öz halovatidan keçib, keça-yu kunduz xalq salomatligi yölida fidoyilik bilan xizmat qiluvçi kasb egalari gavdalanişini taʼkidlab ötdilar. Inson salomatligi jamiyatning bebaho boyligi, şifokorlar esa ana şu boylikning fidoyi posbonlari ekanligi alohida qayd etildi. Bugungi kunda tibbiyot tizimida keng kölamli islohotlar izçil amalga oşirilayotgani, tibbiyot muassasalarining yangidan-yangi binolari qad rostlab, ularning moddiy-texnik bazalari mustahkamlanayotgani minnatdorçilik bilan eʼtirof etildi.
Tuman Madaniyat bölimi tomonidan namoyiş etilgan katta musiqiy dastur tadbirga yanada fayz kiritdi va barçaga bayramona kayfiyat ulaşdi. Tibbiyot xodimlar kuniga bağişlangan bayram tadbiri şöx kuy-qöşiqlar va dilrabo raqslar bilan davom etdi.
Çindan-da sönggi yillarda yurtimizda tibbiyot sohasi juda tez rivojlanmoqda. Aholiga birlamçi tibbiy xizmat körsatuvçi qişloq vraçlik punktlari va oilaviy poliklinikalardan tortib tor doiraga ixtisoslaşgan tibbiyot maskanlarigaça barçasi davlat byudjeti mablağlari hisobidan zamonaviy tarzda jihozlanmoqda. Xususiy tibbiy muassasalar ham aholi salomatligini mustahkamlaş va kasalliklarni davolaşda ilğor hamda zamonaviy tibbiy uskunalar, asbob-anjomlardan foydalanib, yuqori körsatkiçlarga erişmoqda. Natijada aholining örtaça umr köriş körsatkiçi oşib, turli kasalliklarning oldi olinmoqda, minglab bemorlar fidoyi tibbiyot xodimlaridan şifo topmoqda. Bir söz bilan aytganda, tibbiyot xodimlari inson salomatligini asraş va mustahkamlaşdek masʼuliyatli vazifani şaraf bilan ado etib kelmoqdalar.
Fursatdan foydalanib, yurtimizda faoliyat yuritayotgan barça tibbiyot xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklab, kelgusi işlariga omad vazafarlar tilaymiz!
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶