ILMIY-AMALIY ÖQUV SEMINARIDA QORAQALPOQ TILI VA ADABIYoTI HAMDA GEOGRAFIYa FANLARI ÖQITUVÇILARI MAHORATIGA BAHO BERILDI
Mamlakatimizda umumtaʼlim fanlarini öqitişni zamon talablari darajasida rivojlantiriş, fan öqituvçilarining taʼlim-tarbiya sohasida erişayotgan yutuqlarini rağbatlantiriş maqsadida soha vazirligi tomonidan taşkillaştirilayotgan ilmiy-amaliy va öquv seminarlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ötkazilayotgan bu kabi tadbirlar orqali umumtaʼlim fanlari öqituvçilarining bilim va malakalari oşişiga ijobiy taʼsir ötkazib, iqtidorli öqituvçilar tomonidan taklif etilayotgan dars işlanmalari, uslubiy qöllanmalar sohaga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda.
Joriy yilning 31-oktyabr sanasida Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötgan “Oğzaki nutq könikmalarini muvofiqlaştiriş usullari: biliş, qöllaniş, fikrlaş” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy öquv seminarida ham iştirokçilar qoraqalpoq tilida dars ötiş, öquvçilarda uşbu fanga nisbatan bilim va könikmalarni rivojlantiriş orqali ularning qoraqalpoq tili boyligini yuksaltiriş borasidagi ilğor metodik tajribalar bilan yaqindan tanişdilar.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi Vazirligi hamda vazirlikning Amudaryo tuman bölimi hamkorligida taşkillaştirilgan mazkur ilmiy-amaliy öquv seminaridagi asosiy mavzu – “Oğzaki nutq könikmalarini muvofiqlaştiriş usullari: biliş köllaniş va fikrlaş” mavzusida Respublika taʼlim Markazi uslubçisi Zulfiya Ismoilova maʼruza qildi. U öz maʼruzasida öquvçining oğzaki nutqini zamonaviy innovatsion pedtexnologiyalarni qöllaş, xususan qoraqalpoq tilida suhbatlaşiş, qiziqarli dialoglar, qoraqalpoq xalq maqol va matallari orqali rivojlantiriş, öquvçining fikrlaş qobiliyatini sinovdan ötkaziş usulidan foydalaniş vositasida badiiy til bilan qoraqalpoq oğzaki til (şeva)ning öziga xos xususiyatlarini bir-biriga muvofiqlaştirgan holda maşğulotlar olib boriş töğrisida batafsil tuşunçalar berdi.
Şundan söng, ilmiy-amaliy öquv seminari iştirokçisi, Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 1-sonli maktabning oliy toifali qoraqalpoq tili va adabiyot fani öqituvçisi Aptabida Abdumuratova 8-A sinf öquvçilariga “Ustozlik qilgan zoriqmas” mavzusida samimiy suhbat tarzidagi oçiq dars ötkazdi. Oçiq dars jarayonida Özbekiston Qahramoni, Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq şoiri Ibroyim Yusupovning “Örtoq muallim” poemasi asosida öquvçilar bilan dildan suhbatlaşdi va xalq şoirining öz asarida söz qöllaş sanʼati, uning inson maʼnaviyatini yuksaltirişdagi katta ahamiyati yuzasidan öquvçilarning özaro fikr almaşişlari uçun şaroit yaratdi.
Ilmiy-amaliy öquv seminari davomida 40-sonli umumtaʼlim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyot fani öqituvçisi Zamira Xudoyberganova 5-sinfda qoraqalpoq tilidan “Böğin va böğin köçiriş” mavzusida oçiq dars ötkazdi. U öz darsida qoraqalpoq tili darslarida böğin köçiriş borasida öquvçilar tomonidan yöl qöyiladigan imlo xatolarga barham beriş yuzasidan qimmatli fikrlar bildirdi.
Seminar iştirokçilari ötkazilgan har ikkala oçiq darsni ham yuqori baholadilar. Şu bilan birga mazkur oçiq darslar orqali qoraqalpoq tili va adabiyot fanini öqitiş böyiça katta tajribaga ega Aptabida Abdumuratova hamda 40-sonli maktabning qoraqalpoq tili va adabiyot fani öqituvçisi Zamira Xudoyberganovalar tomonidan oçiq dars jarayonida ilgari surilgan innovatsion ğoyalar muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladilar.
Ilmiy-amaliy öquv seminari iştirokçilari ötilgan oçiq darslar yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Barça savollarga masʼullar va tajribali öqituvçilar tomonidan javoblar taqdim etildi.
Seminar yakunida Aptabida Abdumuratova va Zamira Xudoyberganova Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi Vazirligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Şu kuni Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Geografiya darslarida yangi uslublardan hamda xaritalar (atlas va kontur)dan foydalanib dars ötiş usuli va amaliy masalalar bilan işlaşiş” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari öquv seminari ötkazilib unda Qoraqalpoğiston taʼlim Markazi uslubçisi Rita Qalilayeva, mazkur Markazning uslubiy xizmat körsatiş bölimi uslubçisi Jamolatdin Ötepbergenovlar ötkazilayotgan ilmiy-amaliy öquv seminarining ahamiyati va undan kutilayotgan natijalar yuzasidan batafsil maʼlumot va tuşunçalar berdilar.
Seminar davomida maktabning geografiya fani öqituvçisi Zokir Rahimov hamda 47-sonli maktabning geografiya fani öqituvçisi Gulbanu Almambetovalar tomonidan namunali oçiq darslar ötkazildi.
Ilmiy-amaliy öquv seminari yakunida ötkazilgan har ikkala oçiq dars iştirokçilar tomonidan tahlil etilib, öqituvçilarning bilim va mahoratlariga dars ötişdagi öziga xos uslublariga yuqori baho berildi. Amudaryo tuman maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimi uslubçisi Rayhon Yakubova bölib ötgan ilmiy-amaliy öquv seminari taʼlim sifatini oşirişga ijobiy taʼsir qiluvçi omil bölganini alohida taʼkidladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶