ARNABÖYI MAHALLASIDA HUDUD OSOYIŞTALIGINI ASRAŞDA HAMKORLIKDA IŞ OLIB BORILMOQDA
Mahallada tinç-osoyişta muhit yaratiş, aholi turmuş darajasini yanada yuksaltiriş, yoşlarning öqişga, sportga bölgan qiziqişlarini oşiriş, ularni Vatanga sadoqat, millatga muhabbat ruhida tarbiyalaş, şuningdek, barça jabhalarda yetuk kadrlar bölib yetişişga daʼvat etiş bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Şunga köra yurtimizda bu boradagi islohotlar va belgilab berilgan vazifalar izçillik bilan amalga oşirilmoqda.
Tumandagi www.amunews.uz veb saytining “Soğlom muhit – soğlom hayot” grant loyihasi doirasida Arnaböyi mahallasida aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida jinoyatçilikning oldini oliş, jinoyat sodir etişga moyil, muqaddam sudlangan va jinoyat sodir qilgan şaxslar bilan işlaşiş borasida yölga qöyilgan işlar örganildi. Örganişlar davomida mahallada barça işlar fuqarolar yiğini raisi Şuhrat Sultonov, hokim yordamçisi Siroj Örozmatov, xotin-qizlar faoli Şahrizoda Ozodova, yoşlar yetakçisi Şahzod Nuraddinov hamda profilaktika inspektori Davron Karimovlar tomonidan hamkorlikda olib borilayotgani, hududda tinçlik-osoyiştalik hukmronligi, hudud aholisi bexavotir hayot keçirayotgani maʼlum böldi.
Arnaböyi mahallasida 4350 nafar aholi yaşaydi. Mahalla hududidagi Örtaqalʼa, Qarşilixöja, Polvonqul aholi punktlarida 803 ta xonadonda yaşaydigan özbek, qozoq, qoraqalpoq, rus, tatar millatlariga mansub aholi tinç-totuv hayot keçirmoqda. Aholining aksariyati dehqonçilik bilan şuğullansa, köpçiligi davlat taşkilotlarida, ayrimlari tadbirkorlik bilan şuğullanadi. Hududdagi 27-, 57-, 33-sonli maktablarda taʼlim-tarbiya işlari yaxşi yölga qöyilgan bölib, öquvçi-yoşlarning böş vaqtlari mazmunli ötişini taʼminlaş maqsadida turli tögaraklar faoliyati yölga qöyilgan.
Mahalladagi işsiz fuqarolarning kredit va subsidiyalar olişiga, tadbirkorlikni yölga qöyib, özini özi band qilişiga kömaklaşilayotgani, yoşlar taʼlim-tarbiyasi, ularning böş paytlari mazmunli ötişi doim eʼtiborda bölayotgani, töy-marosimlarni tartibli ötkazişda mahalla yoşi uluğlari bilan bamaslahat holda iş olib borilayotgani ijobiy samara körsatmoqda. Hududdagi yoş yigit-qizlarga öz hayotlarida töğri yölni topişlarida, kasb-hunar egallaşlarida, kelin-kuyovlarga mustahkam oila qörğonini yaratişda nuroniy otaxon va onaxonlarning pand-nasihatlari, ögit va maslahatlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Undan taşqari, profilaktika inspektori Davron Karimovning mahallada huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini olişda körsatayotgan jonbozligi, samarali çora-tadbirlarni amalga oşirayotgani natijasida mahalla “Yaşil” toifadagi hududlar qatoriga kiritildi.
Ötgan davr mobaynida mahalla hududida bezorilik, bosqinçilik, firibgarlik, öğirlik, talonçilik kabi jinoyatlar sodir etilişining oldi olindi. Tan jarohatini yetkaziş va avtoavariya holatlari esa kamaytirişga erişildi. Joriy yilning 9 oyi davomidagi işlar “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida “mahallabay, xonadonbay” tarzda taşkil etilib, oilalar örganildi. Örganişlar davomida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etiş mumkin bölgan hamda jabrlanuvçiga aylanib qoliş ehtimoli yuqori bölgan fuqarolar aniqlandi va mahalla beşligi tomonidan ular bilan işlaşiş böyiça tegişli çora-tadbirlar körildi.
Undan taşqari, fuqarolardan kelib tuşayotgan oğzaki, yozma va elektron şakldagi 80 dan ziyod murojaatlar örganilib, barçasi ijobiy hal qilindi. Aholi muammolarini uyma-uy yurib örganiş davomida aniqlangan muammolarni hal qiliş maqsadida tegişli idora-taşkilotlarga 25 ta taqdimnomalar kiritilgan bölsa, uşbu muammolarning 85 foizdan ortiğiga ijobiy yeçim topişga erişildi. Şuningdek, muqaddam jinoyat sodir qilib, hozirda sud qarori bilan probatsiya hisobida turgan holda “ozodlikdan çeklaş” jazosini ötayotgan hamda maʼmuriy huquqbuzarlik sodir qilib, profilaktik hisobda turgan şaxslarning ham yaşaş şaroiti va oilaviy ahvoli yaqindan örganilib, doimiy nazoratga olindi.
Şu qatorda doimiy ravişda mahalla hududida joylaşgan 27-, 33- hamda 57-sonli maktablarda haftaning har payşanba kuni “profilaktika kuni” tadbirlari ötkazilib kelinmoqda. Şuningdek, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş maqsadida tarğibot-taşviqot işlari ham amalga oşirilmoqda. Mahalla hududida joylaşgan savdo obʼektlari, köngiloçar maskanlar, oşxona, kafelarda jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligi, mol-mulki daxlsizligini taʼminlaş, jinoyat va huquqbuzarlikning oldini oliş maqsadida har kuni tungi patrullik taşkil etilib, xizmat olib borilmoqda.
Tumandagi www.amunews.uz veb saytining “Soğlom muhit – soğlom hayot” grant loyihasi iş rejasiga muvofiq ötkazilgan örganişlar davomida Arna böyi mahallasi masʼullari özaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlikda hamkorlikda faoliyat olib borişayotgani, samarali natijalarga erişilayotgani maʼlum böldi. Loyiha ijroçilari boşqa ovul va mahallalardagi ibratli işlarni namuna qilib körsatiş, ommalaştiriş maqsadida hamkor taşkilotlar iştirokida boşqa hududlarda ham şu kabi tadbirlarni taşkil etişga kelişib olişdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶