16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 14:54
Siyosat 👁 294

TARAQQIYoT ASOSI BOʻLGAN TINChLIKNI ASRAB-AVAYLASh – MASʼULIYaTLI VAZIFA

TARAQQIYoT ASOSI BOʻLGAN TINChLIKNI ASRAB-AVAYLASh – MASʼULIYaTLI VAZIFA

Tinch va osoyishta hayotning eng muhim jihatlaridan biri – bu har bir mahallani jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, aholi oʻrtasida jinoyatchilikka murosasiz munosabatni shakllantirish va jinoyatchilikni keskin kamaytirishdir. Ushbu maqsadni roʻyobga chiqarish maqsadida Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan 2023-yil davomida tuman hokimligi, sektor rahbarlari va jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Bu borada oʻtkazilib kelinayotgan “Xavfsiz hudud”, “Turmush”, “Nazorat”, “Toʻr”, “Tun”, “Davomat” va “Qoradori” kabi bir qancha tadbirlar davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga erishildi. Mazkur tadbirlar natijasida tuman hududida joriy yilning 9 oyi davomida jinoyatchilik holati oʻtgan yilga nisbatan 190tadan 184taga, yaʼni 3,16 foizga, jinoyat-qidiruv yoʻnalishidagi jinoyatlar esa 132tadan 126taga, yaʼni 4,55 foizga kamaydi. Shuningdek, jinoyat turlaridan qotillik jinoyati 100 foizga, oʻgʻirlik jinoyati 31tadan 17taga, yaʼni 45,2 foizga, bezorilik jinoyati 6tadan 2taga, yaʼni 66,7 foizga, odam oʻlimi bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalari 11tadan 5taga, yaʼni 54,5 foizga kamaydi.

Tezkor tadbirlar natijasida 9ta giyohvandlik vositasi va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq holatlar aniqlanib, jami 209 gramm opiy va geroin giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi, 13ta fosh etilmagan jinoyatlar fosh etildi, 11 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar natijasiga eʼtibor qaratsak, tumandagi profilaktika inspektorlari tomonidan joriy yilning oʻtgan 9 oyi mobaynida jami 1198 nafar shaxslar turli xildagi huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olinib, 626 nafari belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan va 1207tasi Ichki ishlar boʻlimining profilaktik hisobida qolgan. Shuningdek, tumandagi muqaddam sudlangan 39 nafar shaxslarning barchasi sud qaroriga asosan nazoratga olingan boʻlsa, shundan 13 nafari maʼmuriy nazorat qoidasini buzganligi uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 206-moddasi tartibida, 1 nafari esa Jinoyat Kodeksining 226-moddasi tartibida javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, tumanda spirtli ichimlikka ruju qoʻygan 173 nafar shaxslarning 76 nafarini sogʻlom hayotga qaytarishga koʻmaklashish maqsadida mazkur shaxslar davolanish muassasalariga yotqizildi. Shuningdek, oʻtgan 9 oy davomida profilaktika inspektorlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jami 4846ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan boʻlsa, shundan 136 nafariga maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.

Shu oʻrinda aytish joizki, keyingi yillarda ichki ishlar tizimini isloh qilishga ustuvor eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada barcha hududlarimizda xavfsiz sharoit yaratish, tinchlik va osoyishtalikka qarshi tahdidlarga toʻliq barham berish maqsadida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining Jamoat xavfsizligi kontseptsiyasi hamda 2022-2025-yillarda jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasi izchil amalga oshirilmoqda.

Yurtimizda aholining osoyishta umr kechirishi yoʻlida jamiyatda qonun ustuvorligini, jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Zero, yurt taraqqiyoti va barqaror rivojlanishimizning asosi boʻlgan tinchlikni asrab-avaylash ichki ishlar organlari xodimlarining zimmasidagi sharafli burch va masʼuliyatli vazifa sanaladi.

Biz – soha xodimlari elimizda tinchlik-osoyishtalik barqarorligi, jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlashga barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Fursatdan foydalanib, Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan ichki ishlar organlari xodimlari, barcha hamkasblarimni 25-oktyabr – Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan tabriklayman. Oʻz xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, jamoat tartibini saqlashda fidoyilik koʻrsatib kelayotgan osoyishtalik himoyachilariga eng avvalo mustahkam sogʻlik, oilalariga fayzu-baraka, sharafli ishlarida ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

Jamoladdin Yusupov, Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026