AMUDARYoDA A.HAITOV IŞTIROKIDA KUZGI EKINLARNI TÖQSONBOSTI USULIDA EKIŞ BÖYIÇA KÖRGAZMALI SEMINAR ÖTKAZILDI
Amudaryo tumaniga Özbekiston Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Aktam Haitov taşrif buyurib, tuman hududidagi fermer xöjaliklari dalalarida kuzgi ekinlarni töqsonbosti usulida ekiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdi.
19-oktyabr kuni Tölqin ovulidagi “Ilhom Matluba” fermer xöjaligi dalasida körgazmali seminar taşkil etildi. Seminarga taşrif buyurganlar uşbu xöjalikda ajratilgan 3 gektar dalada ekilgan töqsonbosti ekinlarining parvarişi bilan qiziqdi.
Seminarda Aktam Haitov töqsonbosti ekinlarni parvarişlaş böyiça maslahat va tavsiyalar berib ötdi. Şuningdek, mamlakatimiz aholisining ertangi sabzavot mahsulotlariga bölgan talabini töliq qondiriş maqsadida hosildan böşagan maydonlarga sovuqqa çidamli ekinlardan piyoz, sarimsoqpiyoz hamda noyabr-dekabr oylarida esa sabzi, oş lavlagi, kökatlar, rediska va karam kabilarni töqsonbosti usulida ekib, yetiştiriş muhim ahamiyatga egaligini taʼkidladi. Undan taşqari, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş uçun hozirdan harakat qiliş kerakligini aytib, töqsonbosti ekinlarini öz vaqtida ekiş, agrotexnik tadbirlarni amalga oşiriş yuzasidan tegişli körsatmalar berdi.
Taʼkidlaş joizki, tumanda joriy yilda 2024-yil hosili uçun piyoz va sarimsoq piyoz ekinlarini töqsonbosti usulida ekiş rejasi fermer xöjaliklari tomonidan 110 gektar, dehqon xöjaliklari tomonidan 766 gektar, tomorqa yer egalari tomonidan 876 gektar qilib belgilangan. Bugungi kunda tumanimizning barça hududlaridagi xöjaliklar dalalarida ekinlarni mazkur usulda ekiş işlari yakuniga yetib bormoqda.
Seminar iştirokçilari ovuli hududidagi fermer xöjaliklari tomonidan töqsonbosti usulida ekilgan ekinlar hamda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida dala çetlarida amalga oşirilayotgan köçat ekiş işlari bilan yaqindan tanişdilar. Iştirokçilar uşbu hududlarda yetiştirlayotgan iqlimga mos bölgan manzarali va mevali daraxtlar köçatlarini parvarişlaş böyiça tajriba örganib, öz fikrlarini bildirib ötdilar.
Şundan söng, Aktam Haitov Çoyköl ovuli hududidan ötuvçi katta Qipçoq yöli böyida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumandagi 49ta mahalla fuqarolar yiğinlari beşligi iştirokida ötkazilayotgan köçat ekiş işlarida ham qatnaşdi.
Seminar Arnaböyi mahallasi hududidagi “Kamalov Gulmirza” fermer xöjaligi dalalarida davom ettirildi. Uşbu xöjalikda dala çetlarida şpaller usulida uzum ekilgan. Şuningdek, hududdagi 5 gektar dalada 30ta fermer xöjaliklari birlaşgan holda töqsonbosti ekinlarini ekib parvariş qilişmoqda. Uşbu işlarni közdan keçirgan seminar iştirokçilari, qişloq xöjaligi xodimlari, tajribali dehqonlar töqsonbosti ekinlarini ekiş işlarini tizimli taşkil qiliş va mahsulot yetiştiriş hajmlarini oşiriş böyiça fikr almaşişdi.
Tadbir iştirokçilari Kuyuk köpir ovuli hududidagi “Örozaliyev Xöjaahmed” hamda Namuna mahallasi hududida “Muzaffar Yeşçanov” fermer xöjaliklari dalalarda jadal davom etayotgan ekinlarni töqsonbosti usulida ekiş işlari bilan ham yaqindan tanişdilar.
Tuman hududi böylab Özbekiston Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Aktam Haitov iştirokida bölib ötgan mazkur seminarlarda dehqonçilikning töqsonbosti usuli yaxşigina daromad manbai böliş bilan birga, aholining ertaki sabzavot mahsulotlariga bölgan talabini qondiriş imkonini berişi alohida taʼkidlandi. Şu sababli agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida ötkazişni taʼminlaş masalalarga jiddiy eʼtibor qaratiş lozimligi aytilib, tumanda töqsonbosti ekinlarni yetiştiriş hajmini oşiriş böyiça tavsiyalar, zarur maslahatlar berildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶