MATONAT BILAN MEHNAT QILIŞGA DAʼVAT BÖLDI
Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining birinçi taşkiliy yiğilişidagi nutqida "Deputat qaysi partiyaga mansub bölmasin, birinçi navbatda saylovçilar oldida, el-yurt oldida javob beradi. Partiyalar jamiyatning maʼlum bir qatlami manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan kuç sifatida parlamentda bir-biriga raqib yoki muxolif bölişi tabiiydir. Lekin yagona Vatanimiz bölmiş Özbekiston manfaati, yagona xalq manfaatlari haqida söz borganda, ularning barçasi bir muşt bölib birlaşişi darkorligini heç qaçon yodimizdan çiqarmasligimiz zarur.
... Faylasuflar aytganidek, bu dunyoda duşmandan emas, avvalo loqayd, beparvo va betaraf odamlardan qörqiş kerak. Mening sizlarga tilagim, daʼvatim şuki, xalq vakillari avvalo kuraşçi bölişi kerak. Mana şu muqaddas zamin uçun, Özbekistonimiz uçun, xalqimiz tinçligi, farzandlarimizning baxtli kelajagi uçun barçamiz bir yoqadan boş çiqarib, işlaşimiz, kuraşişimiz zarur”, – deya taʼkidladilar.
Prezidentimizning uşbu sözlarialbatta, deputatlar zimmasiga katta vazifa yuklaşi bilan birga, saylovçilarning işonçini oqlaşga bel boğlagan vakillarning qaysi partiyadan bölişiga qaramasdan, har bir partiyaning saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni xalqimizning farovonligi, obodonçiligi, tinçligi, mustaqilligini yanada mustahkamlaş yölida birlaştirişga çaqiradi.
Aholi manfaatlari va farovonligiga, yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvçi mukammal qonunlarni işlab çiqiş, davlat boşqaruvi organlari tomonidan qonunçilik talablarining bajarilişi ustidan nazorat örnatiş, köp sonli saylovçilarning işonçini qozoniş, xalq vakili sifatida Qonunçilik palatasiga saylangan deputatlarning kundalik faoliyatidagi eng muhim vazifa bölişi kerak.
Prezidentimiz parlament palatalarining qöşma majlisidagi maʼruzasida: "Qonunlar loyihalari, ayniqsa, aholining hayotiy muhim manfaatlari, ijtimoiy huquqlariga bevosita daxldor bölgan qonunçilik hujjatlari muhokamasiga jamoatçilikni, fuqarolar institutlari vakillarini ham keng jalb etiş lozim,” degan fikrlarni bildirib ötdi.
Albatta, qonun hujjatlari qabul qilinmasdan oldin keng jamoatçilik bilan birga muhokama etilib, fikrlar almaşilsa, bunday qonun har tomonlama yetuk, xalqning manfaatini öz içida töla aks ettirgan holatga keladi. Şuningdek, fuqarolarning davlat boşqaruvidagi örnini mustahkamlaydi.
Mana şunday jarayonlarda mehnat va hayotiy tajribaga ega yoşi uluğlarimiz bilan birga, kelajakka işonçli qadamlar bilan kirib kelayotgan yoşlarimizning ham fikrlarini inobatga oliş, ular orasida har xil interaktiv usullardagi muhokamalarni ötkaziş orqali ularning huquqiy bilim va könikmalarini yanada orttiriş uçun imkoniyat yaratiladi.
Deputatlar Prezidentimiz tomonidan parlament palatalarining qöşma majlisidagi maʼruzasida bildirilgan fikrlardan kelib çiqqan holda amaliy harakatlarni boşladi. Qonunçilik taşabbuslari, parlament nazoratini taşkil etiş, deputatlik sörovlarini ötkaziş va şu kabi boşqa vakolatlarimizdan unumli foydalangan holda saylovçilarga bergan vaʼdalarimizning ustidan çiqişga intiliş zimmamizdagi masʼuliyatli vazifadir.
Joldasboy ABDIJAMILOV,
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶