GRIPP VA ÖTKIR RESPIRATOR VIRUSLI INFEKTsIYaLARNING OLDINI OLIŞ BÖYIÇA TARĞIBOT TADBIRLARI OLIB BORILMOQDA
Gripp eng keng va tez tarqaladigan ötkir yuqumli kasallik hisoblanadi. Bu kasallik uçun mavsumiylik xos bölib, asosan, kuz va qiş oylarida köp holatda röyxatga olinadi.
Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan 2023-2024-yillar kuz-qiş mavsumi oldidan gripp kasalligiga qarşi emlanişi lozim bölgan kontingentlar aniqlanib, gripp kasalligiga qarşi 15150 doza profilaktik vaktsina olib kelindi. Vaktsinalar tuman Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli barça köp tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy poliklinikalar, oilaviy şifokorlik punktlariga tarqatildi.
Uşbu vaktsinalar bilan 3100 nafar maktab öqituvçilari, 950 nafar maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyaçilari, 1925 nafar tibbiyot xodimlari, 9175 nafar davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida tarbiyalanuvçi bolalar, jami 15150 nafar aholini gripp kasalligiga qarşi emlaş közda tutilgan. Hozirgi kunda rejada belgilangan kontingentdan 12582 nafari, yaʼni 83 foizi töliq emlandi.
Tumanimizda gripp va ötkir respirator virusli infektsiyalarga çalinişning oldini oliş maqsadida emlaş işlari davom ettirilmoqda. Çunki kasallik qanday bölişidan qatʼiy nazar, inson salomatligi va turmuş farovonligiga jiddiy putur yetkazadi. Şu bois, salomatlikka bölgan masʼuliyatni çuqur his qilgan holda, mavsumiy kasalliklardan ehtiyot bölişni tavsiya qilamiz.
M.Amankulov, şifokor-epidemiolog

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶