SEMINARDA BOTULIZM KASALLIGINING OLDINI OLIŞGA DOIR MAʼLUMOTLAR BERILDI
Botulizm ovqatdan zaharlanişning oğir turi hisoblanadi. Juda oğir keçadigan uşbu kasallikning oldini oliş böyiça aholi örtasida tuşuntiriş-tarğibot işlari muntazam ravişda ötkaziladi.
29-sentyabr kuni tumandagi 38-sonli maktabda “Kuz-qiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlar, tarqalişi mumkin bölgan kasalliklar va ularning oldini oliş” mavzusida seminar taşkil etildi. Uşbu seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi bölim boşliği Siroj Abduvohidov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi bölim boşliği Ilhom Boynazarov, tuman FVB hamda SEO va JS bölimlari masʼullari qatnaşişdi.
Seminarda ovqatdan zaharlaniş, botulizm va quturiş kasalligini keltirib çiqaruvçi sabablar, ulardan saqlaniş va oldini oliş çoralari xususida söz yuritildi.
Taʼkidlanganidek, asosan qişda aholi tomonidan konservalangan mahsulotlar isteʼmoli köpayişi, hayvonlarning migratsiya jarayoni kuçayişi va urçiş jarayoni keçişi fuqarolar salomatligi muhofazasiga jiddiy eʼtibor qaratişni taqozo etadi. Ovqatdan zaharlanişning eng oğir şakli bölgan botulizm kasalligining qözğatuvçisi tabiatda keng tarqalgan. Bu mikrob kislorodsiz muhitda, yaʼni konservalangan mahsulotlarda köpayadi. Botulizm oğir keçişi va ölim körsatkiçlari yuqoriligi sababli unga qarşi jiddiy çora köriş talab etiladi. Bu kasallikni emlab yoki antibiotiklar bilan davolab bölmaydi. Şu sababli oldini oliş çoralarini körişga alohida eʼtibor qaratilişi muhim ahamiyat kasb etadi.
Seminar davomida aholi örtasida keyingi paytlarda ovqatdan zaharlaniş holatlari haqidagi xabarlar köpaygani, tibbiyot xodimlari uy şaroitida konserva mahsulotlari tayyorlamaslik haqida köp bora ogohlantirişiga qaramasdan bunday holatlar sodir bölişi kamaymayotgani eʼtirof etildi. Botulizmning oldini oliş uçun sanitariya talablariga javob beradigan mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni isteʼmol qiliş lozimligi, har bir oila aʼzosi şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etişi, ovqat tayyorlaydigan inson mahsulotlarni isteʼmolga yaroqliligiga işonç hosil qilgandan söng işlatişi kerakligini keng aholi qatlamiga yetkaziş çoralarini köriş böyiça tavsiyalar berildi.
Maʼlumki, konserva qilinadigan ayrim sabzavot mahsulotlari, yaʼni piyoz, sarimsoqpiyoz, karam, pomidor, bodring, baqlajon, har xil kökatlar yerda ösgani uçun mikroblar bilan ifloslanadi. Işlov beriş texnologiyasi buzilganda şu mikroblar tayyor mahsulotga ötib, unda köpaya boşlaydi. Sabzavot va meva konservalari mikroblar ösişi uçun qulay şaroit hisoblanadi. Şuning uçun ham bunday ifloslangan mahsulotlarni bilmasdan isteʼmol qiliş zaharlanişga olib kelişi, ayrim hollarda kuçli zaharlanişdan ölim röy berişi ham mumkin.
Seminarda iştirok etgan soha xodimlari ana şunday vaziyatlarda zudlik bilan şifokorga murojaat qiliş kerakligini, aks holda, kasallikning oğir şakllari – yurak, qon-tomir va nafas tizimi xastaliklari yuzaga kelişi, buning natijasida bemorning hayoti xavf ostida qolişi, kasallikni uy şaroitida davolaş oğir oqibatlarga olib kelişi mumkinligini aholi örtasida imkon qadar kengroq tuşuntirib boriş lozimligini taʼkidlaşdi. Şuningdek, soğlom turmuş tarziga, soğlom ovqatlaniş qoidalariga rioya qiliş, botulizm kasalligining oldini oliş böyiça profilaktik tadbirlar haqida tuşunçalar berib ötişdi. Odamlar va hayvonlar orasida kuz-bahor oylarida uçraydigan yana bir kasallik – quturişning oldini oliş borasida ham hamkorlikda harakat qiliş, mavjud muammolarni joyida bartaraf qiliş, qolaversa, quturiş kasalligining alomatlari paydo bölganda, uşbu kasallikning oldini oliş çoralari töğrisida ham atrofliça söz yuritildi.
Seminarda iştirokçilar kuz-qiş mavsumida tarqalişi mumkin bölgan kasalliklar va ularning oldini oliş çoralari haqida batafsil maʼlumotlarga ega böldilar.
A.Utebayev, tuman FVB bölinma boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶