22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 15:42
Jamiyat 👁 177

VETERINARIYa VA ChORVAChILIK SOHASI RIVOJLANMOQDA

VETERINARIYa VA ChORVAChILIK SOHASI RIVOJLANMOQDA

Mamlakatimizda chorva mollari va parrandalar bosh sonini  oshirish, sohada veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya servis  xizmati  sifatini oshirish,  chorva mollarining  sogʻlom parvarishlanishini taʼminlash  boʻyicha ishlarni  samarali tashkil etish hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda tuman Veterinariya va chorvachilik  boʻlimida 36 nafar ishchi-xodim, shundan  7 nafar veterinariya mutaxassisi, 9ta boʻlinma mudiri faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Tumanda joriy yilning  8 oyi davomida  qoramolchilik yoʻnalishi boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda chorva mollari bosh sonini oshirishga erishildi. Hozirgi kunda  170 ming 200 bosh qoramol parvarish qilinmoqda. Shundan 400 ming 900 bosh qoramol fermer xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri keladi. Barcha toifadagi xoʻjaliklarda 109 ming 400 bosh  qoʻy va echkilar boqilmoqda.

Asalarichilik  ham sohaning daromadli yoʻnalishlaridan biri. Keyingi yillarda mamlakatimiz aholisiga  sifatli asal yetishtirib berish borasida koʻpgina yutuqlar qoʻlga kiritilayapti. Joriy yilning oʻtgan davrida barcha toifadagi xoʻjaliklarda 142 ming 500 tonna shifobaxsh asal yetishtirildi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ancha koʻpdir. Baliqchilik yoʻnalishida 1 ming 100 tonna baliq yetishtirilgan boʻlsa, shundan 182 tonnasi fermer xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri keladi.

Shuningdek,  tumanda  parrandachilikni rivojlantirish va aholi xonadonlarida parranda boqishni tashkil qilish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, hozirgi kunda barcha toifadagi xoʻjaliklarda oʻtgan yilga nisbatan parrandalar bosh soni 1 mln. 146 ming 900taga oshirildi.

Boʻlim tomonidan  amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasida 5 ming 400 tonna goʻsht va sut mahsulotlari ishlab chiqarildi. 

Tumanimizda 2023-yilning 8 oyi davomida bir qancha  epizootik tadbirlar oʻtkazildi. Jumladan, fevral oyida quturish kasalligiga, may oyida gemorragik isitma kasalligiga, avgust oyida kuydirgi kasalligiga qarshi kurashish hamda oldini olish boʻyicha koʻrgazmali seminarlar tashkil etildi. Shuningdek,  hayvonlarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ishlari yillik reja asosida davom ettirilmoqda.

Chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida qoramolchilik yoʻnalishida 4ta loyiha uchun  jami qiymati 4 mlrd. 750 mln. soʻm, qoʻy va echkichilik boʻyicha  jami qiymati 500 mln. soʻm boʻlgan 4ta loyiha, baliqchilik boʻyicha qiymati  1 mlrd. 382 mln. soʻm boʻlgan 2ta loyiha, asalarichilik yoʻnalishi boʻyicha qiymati  559 mln. soʻm boʻlgan 11ta loyihalar  amalga oshirildi.

Hozirgi kunda asalarichilikni rivojlantirish maqsadida jami 444 mln. soʻm  tashab-buskorlarning  oʻz mablagʻi hisobidan 297ta asalari oilalari olib kelinib, parvarish qilinmoqda.

Tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi mutaxassislari tomonidan qishloq xoʻjalik va uy hayvonlari orasida uchraydigan yuqumli, yuqumsiz va parazitar kasalliklarning oldini olish, aholining  chorvachilik mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha ham muayyan ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Tuman hokimligi Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026