Yoş avlod tarbiyasi işonçli qöllarda
Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan maktabgaça taʼlim taşkilotlari orasida 7-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotining öz örni bor. Boisi, bu maskanning köp yillik şonli yöli va ana şu yölni bosib ötib, hayotda öz örnini topgan bir qator “qaldirğoç”lari bor.
Barno Xudoyberganova rahbarlik qilayotgan uşbu maktabgaça taʼlim taşkiloti tuman hokimining 2010-yil 19-yanvardagi 22-sonli qarori asosida taşkil qilingan.
Mazkur muassasa binosi 2018-yilda tubdan qayta rekonstruktsiya qilindi. Maxsus loyiha asosida 70-öringa möljallab qurilgan va 2019-yil fevral oyida qayta işga tuşirilgan muassasa binosi 2 qavatdan iborat.
Taşkilot tarbiyalanuvçilarining – ösib kelayotgan bolajonlarning toza havodan nafas olişlari hamda bu yerga taşrif buyuruvçilarga estetik zavq ulaşiş maqsadida binoning tevarak-atrofida turli xil manzarali daraxtlar ekilgan. Muntazam ravişda obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari olib boriladi. Bundan taşqari, kiçkintoylarning qiş faslida issiq va şinam xonalarda tarbiya olişlari, maşğulotlarni ötaşlari uçun isitiş tizimi sifatli qilib örnatilgan.
Aytiş joizki, oldingi maktabgaça taʼlim tizimi bilan bugungi tizimni soliştiradigan bölsak, bir-biridan tubdan farq qiladi. Endilikda ota-onalar farzandini boğçaga berişlari uçun oylab navbat kutmaydi. Idorama-idora yurib sarson bölmaydi. Bu esa yurtimizda yoş avlodning taʼlim-tarbiyasiga va kelajagiga bölgan eʼtiborning yorqin namunasi ekani şubhasiz.
Bolajonlarning ikkinçi uyiga aylangan uşbu maskanning bağri keng, hozirgi kunda taşkilotda röyxat böyiça 240 nafar bola, 3 ta asosiy guruhning har birida 30 nafardan jami 90 nafar, şuningdek, 4 ta qisqa muddatli guruhda 80 nafar bola, 2 ta majburiy guruhda esa 50 nafar kelajagimiz egalari tarbiyalanmoqda.
Suvni qanday şakldagi idişga solsangiz suv öşa idişning şaklini oladi. Niholning kelajagi esa, şubhasiz, uni tarbiyalayotgan boğbonga boğliq. Bugun Amudaryo tumanidagi 7-sonli MTTda farzandi tarbiyalanayotgan ota-onalarning farzandi tarbiyasidan köngli töq, sababi ular işonçli qöllarda.
Taşkilotda hozirda jami 25 nafar xodim faoliyat yuritadi. Şulardan 13 nafari tarbiyaçi va 9 nafari yordamçi tarbiyaçilardir.
Maktabgaça taʼlim taşkiloti tumandagi eng namunali taşkilotlardan biri hisoblanadi. Zamonaviy uslubda qurilgan bino loyiha böyiça 3ta guruhga möljallangan. Undan taşqari, oşxona, tibbiy xizmat bölimi, omborxona, musiqa va sport xonalari, bolalar maydonçalari va ayvonçalar mavjud.
Boğça inson kamoloti yölida bunyod bölajak qörğonning katta hayotga qöyiladigan mustahkam poydevordir. Şu sabab u yerdagi taʼlim-tarbiyadan taşqari, yaratilgan şart-şaroitlar ham bolaning kelajagini belgilab beradi.
Taşkilot Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining maxsus qarori asosida zamonaviy mebel jihozlari, televizor bilan jihozlangan. Guruhlarda 5ta rivojlantiruvçi markazlar hamda “Maʼnaviyat” va “Sport” burçaklari taşkil qilingan. Şuningdek, 2022-2023 öquv yili davomida asosiy yil vazifalarini bajariş maqsadida maktabgaça yoşdagi bolalarga taʼlim va tarbiya beriş, soğlomlaştiriş, pedagoglarning bola tarbiyasidagi bilimlarini kengaytiriş va salohiyatlarini oşiriş maqsadida köpgina ijobiy işlar olib borilmoqda.
Masʼuliyat bor joyda işning unumi böladi. Tajriba bor joyda esa işning sifati yaxşilanadi. Agarda unga bolafeʼllik, xuşmuomalalik kabi gözal fazilatlar ergaşsa nur ustiga aʼlo nur. Kiçkintoylarga ana şunday sifatlarga ega xodimlar tarbiya berayotgan uşbu dargohdan kelajakda komil insonlar yetişib çiqişiga umid boğlagimiz keladi.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶