FERMER XÖJALIKLARI DALALARIDA PAXTA YIĞIM-TERIMI QIZĞIN DAVOM ETMOQDA
Mamlakatimizning barça hududlaridagi kabi şu kunlarda tumanimizda ham paxta yiğim-terim işlari qizğin tusga kirgan. Terimçilar erta köklamdan to şu kunga qadar bölgan davr mobaynidagi maşaqqatli mehnat evaziga yetiştirilgan möl hosilni ob-havo oçiqligidan unumli foydalangan holda qisqa muddatlarda sifatli yiğib-terib olişga harakat qilişmoqda.
Joriy yilda tumandagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi paxta-töqimaçilik klasteri bilan şartnoma tuzgan 348 ta fermer xöjaliklarida 13 ming 900 gektar maydonga çigit ekilgan edi. Zamonaviy seyalkalar yordamida yerga qadalgan çigitlar bir tekis unib çiqişiga erişildi. Yoz oylarida agrotexnik tadbirlar öz vaqtida bajarilgani natijasida dalalarda möl hosil töplandi. Rejaga köra, bu yilgi mavsumda 44 ming 650 tonnalik sarbaland paxta xirmonini bunyod etiş maqsad qilingan bölib, terim işlari qizğin davom etmoqda.
Qiliçboy ovulidagi Qahramon Saparboyev rahbarlik qilayotgan “Saparboyev Qahramon” fermer xöjaligida ham erta bahorda 50 gektar maydonga çigit qadaldi. Xöjalikning 22 nafar pudratçisi, tajribali dehqonlari hamjihatlikda fidokorona mehnat qilib, möl hosil töplaşga erişişdi. Mavsum boşidan yiğim-terim işlariga 55 nafardan ortiq terimçilar jalb qilindi. Birinçilardan bölib paxta yiğim-terimiga kirişilgan xöjalikda 100 tonna paxta topşiriş reja qilingan bölib, şu paytga qadar 65 tonna hosil yiğiştirib olindi.
Toryop mahallasidagi Qöşmurod Jumatov rahbarlik qilayotgan “Köklan Anorgul” fermer xöjaligida 74 gektar yerda möl hosil yetiştirilgan bölsa, paxta maydonlaridan birinçi terimning özidayoq 100 nafarga yaqin terimçilar yordamida 80 tonna paxta hosili yiğib olindi. Bu yil örtaça hosildorlik gektariga 20 tsentnerni taşkil qildi. Dalalardagi hosil çöğini hisobga olgan fermer xöjaligi dehqonlari hosildorlikni 25-30 tsentnerga yetkaziş uçun astoydil mehnat qilmoqdalar. Xöjalik paxtakorlari har biri kuniga 180-200 kg.gaça paxta terişmoqda.
Barça xöjaliklarda terimçilarga dala boşida bepul tuşlik qilib berilmoqda. Öz vaqtida berilayotgan issiq tuşlik terimçilarning ğayratiga ğayrat qöşmoqda. Ilğorlarning fermer xöjaligi tomonidan alohida rağbatlantirilayotgani ham terim surʼatini yanada oşirmoqda.
Paxta dalalarida terim işlari avj pallaga kirgan. Qabul maskanlaridagi xirmonlar kökka böy çözmoqda. Yanada yuksak xirmon barpo etiş maqsadida paxta terimini jadallaştirayotgan fermer xöjaliklari soni ham kundan kunga ortib bormoqda.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶