PREZIDENTIMIZ BMT MINBARIDAN TURIB MINTAQAVIY MUAMMOLAR HAQIDA ÖZBEK TILIDA NUTQ SÖZLADILAR
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş. M. Mirziyoyevning Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 78-sessiyasida sözlagan nutqini qiziqiş va hayajon bilan tingladim. Prezidentimiz öz nutqlarida hamjihatlik va amaliy hamkorlik ruhini saqlaş, umumiy manfaatlarni ziddiyatlardan ustun qöygan holda mamlakatlarni jipslaştiriş zarurligini eʼtirof etib: “Asosiy maqsadimiz mamlakatlarimiz va xalqlarimizning bugungi kuni va istiqboli uçun masʼuliyatni har tomonlama çuqur anglaş, oçiq va konstruktiv hamkorlikka tayyor barça tomonlarni global muloqotga jalb qilişdan iborat ekanligini taʼkidladilar”. Prezidentimiz global va mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalar yeçimiga qaratilgan muhim takliflarni ilgari surdilar.
Bugun davlatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan biri Jahon savdo taşkilotiga aʼzo bölişdir. Aholi turmuş darajasining yaxşilanişi hisobiga 2017-yildan beri kambağallik ikki baravar qisqardi. Prezidentimiz şu haqda söz yuritarkanlar 2030-yilgaça uni 7 foizga tuşiriş reja qilinganligini qayd qildilar.. 2024-yilda Özbekistonda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti şafeligida "Ijtimoiy himoya: barqaror taraqqiyot sari yöl" butunjahon konferentsiyasini ötkaziş taklifi ilgari surildi.
Özbekiston davlati yaxşi qöşniçilik, özaro hamkorlik, barqarorlik va rivojlaniş muhitini mustahkamlaş yölidan boradi. Davlat çegaralari, transport koridori va suvdan foydalaniş böyiça muammolar bartaraf qilindi.Mintaqa davlatlari örtasida savdo 2,5 barobar, qöşma korxonalar soni 5 barobar ösgan. Özbekiston mintaqada iqtisodiy markazga, Şarq va Ğarbni, Şimol va Janubni boğlaydigan transport-kommunikatsiya köprigiga aylanib, dunyoda unga qiziqiş tobora kuçaymoqda."Bizning nafaqat tariximiz, balki kelajagimiz, hayotiy muhim manfaatlarimiz ham umumiy va muştarakdir. Mintaqaviy hamkorlikni kengaytirişdan boşqa yölimiz yöq va bölişi ham mumkin emas. "Ayollarning bunyodkorlik salohiyatini röyobga çiqariş masalalarini muhokama qiliş va tajriba almaşiş maqsadida Özbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumi ötkaziş taklif qilindi.
Bugun hamyurtlarimiz Orol dengizi fojeasidan aziyat çekayotganligi sir emas. Bu fojea oqibatlarini bartaraf qiliş yölida körilayotgan çoralar, mintaqaviy iqlim özgarişlarining salbiy oqibatlari, suv bilan taʼminlanganlik darajasining kamayib borişi tufayli Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibining Suv resurslari böyiça maxsus vakili lavozimi taʼsis etilişi, Markaziy Osiyoda suvni tejovçi texnologiyalar platformasi yaratilişi va mintaqada qabul qilingan. “Yaşil taraqqiyot” dasturi doirasida tizimli hamkorlikning yölga qöyilişi qöllab-quvvatlandi. "Biz Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining" Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarşisida: umumiy farovonlik yölidagi hamjihatlik"rezolyutsiyasini qabul qiliş va uning asosiy mazmunini Samarqandda bölib ötadigan xalqaro iqlim forumida muhokama qilişni taklif qilamiz",-deb taʼkidladilar Prezidentimiz.
Şuningdek, dinlararo bağrikenglik va hamjihatlikni keng tarğib qiliş maqsadida Özbekistonda YuNESKO şafeligida Dinlararo muloqot va bağrikenglik xalqaro markazini taşkil etiş taklif etildi. Islom dinining ezgulik va insonparvarlik mohiyatini oçib beriş, ajdodlarimizning boy ijodiy merosini örganiş maqsadida 2024-yil Özbekistonda "Islom – tinçlik va ezgulik dini" mavzusida xalqaro konferentsiya ötkazişni taklif qildilar.
Afğoniston muammolariga eʼtibor qaratgan Prezidentimiz bu davlat bilan yaxşi qöşniçilik munosabatlari tomonlar uçun manfaatli ekanligi, bu davlatning muzlatib qöyilgan aktivlarini hududdagi ötkir ijtimoiy muammolarni bartaraf qilişning maqbul variantlarini işlab çiqişga qaratiş lozimligiga eʼtibor qaratdilar. Hurmatli Prezidentimizning şunday yuksak minbardan turib, eng dolzarb muammolarga dunyo hamjamiyatining eʼtiborini jalb qilganlari, ona tilimiz bölgan özbek tilining jahon minbaridan yangraganligi şu millat farzandi sifatida har birimizni tölqinlantirişi tabiiy.
Sanobar XÖJAMURODOVA, Qoralpoğiston xalq öqituvçisi, Jöqorği Kenges deputati, 40-sonli maktab direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶