JÖQORĞI KENGES RAISI AMANBAY ORINBAYeV AMUDARYo TUMANI FAOLLARI BILAN UÇRAŞDI
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev 11-sentyabr kuni Amudaryo tumani faollari bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda Prezidentimiz boşçiligida bugungi kunda Qoraqalpoğiston Respublikasini har tomonlama rivojlantiriş, xalqning turmuş farovonligini taʼminlaş, infrastruktura bilan boğliq muammolarga yeçim topiş yönalişida amalga oşirilayotgan işlar haqida söz bordi.
Aytiş joizki, bugungi kunda aholining yillar davomida yiğilib qolgan muammolari va taşvişlarining yeçimini topişda barça böğinlardagi rahbarlar pastga tuşib, “Xalq davlat taşkilotlariga emas, davlat taşkilotlari xalqimizga xizmat qilişi kerak!” degan tamoyil asosida amaliy işlar olib borişmoqda.
Aholining turmuş sifatini yanada yaxşilaş va hududlar infratuzilmasini rivojlantiriş borasida olib borilayotgan tizimli işlarning davomi sifatida tumanda davlat dasturi böyiça 2023-yilda 71 ijtimoiy va infrastruktura obʼektlarida 69,8 mlrd. sömlik mablağ evaziga quriliş-taʼmirlaş işlarini amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Qolaversa, investitsiya dasturi va boşqa maqsadli dasturlar doirasida ham mahallalarda birinçi navbatda amalga oşirilişi rejalaştirilgan işlar belgilab olingan bölib, infrastrukturani yanada yaxşilaş, yordamga muhtoj fuqarolarni qöllab-quvvatlaş borasida muayyan işlar amalga oşirilayotgan qayd qilindi. Şuningdek, Vazirlar Kengaşining rezerv fondi hisobidan tuproq yöllarga toş-şağal aralaşmasini yotqiziş, köp qavatli turar joylarda taʼmirlaş va obodonlaştiriş işlarini olib boriş kabi bir qator vazifalar belgilab berilgan bölib, bu borada ham amaliy işlar davom etmoqda.
Jöqorği Kenges Raisi amalga oşirilayotgan işlar bilan bir qatorda, haligaça javobini kutayotgan muammolar ham bor ekanligini taʼkidlab ötdi.
Oçiğini aytganda, xalqning kayfiyatiga töğridan-töğri taʼsir qiladigan bozor infrastrukturasi, yöl, elektr energiyasi hamda içimlik suvi taʼminoti, sifatli tibbiy xizmat körsatiş borasida bir qator muammolar uçramoqda. Bu haqda uçraşuvda batafsil söz bordi va taʼkidlangan muammolar Jöqorği Kenges Raisining şaxsiy nazoratida ekani va tez orada ijobiy özgarişlar amalga oşirilişi qayd qilindi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶