AMUDARYo TUMANIDA PAXTA TERIMI BOŞLANIŞIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR BÖLIB ÖTDI
Ölkamizga oltin kuz fasli kirib keldi. Dehqonlar erta bahorda dalalarga ekkan ekinlarining hosilini yiğiştirib oliş taraddudiga tuşdilar. Ayniqsa, femrmer xöjaliklarida asosiy ekin – paxta kösaklari oçilib, dalalarda möl hosil töplandi. Fermerlarning, dehqonlarning yil-ön ikki oy davomida qilgan mehnati samarasini körgan közlar quvnaydi. Amudaryo tumani fermerlari bu yil ham dalalarda çinakamiga ğayrat-şijoat bilan mehnat qilişib, möl hosil yetiştirişga erişdilar. Tabiat injiqliklarini, suv taqçilligini ular tajribasi, omilkorligi bilan yengib ötdilar.
10-sentyabr kuni joriy yilgi paxta yiğim-terimi mavsumining ramziy boşlanişi va şu munosabat bilan “Oq oltin karvoni” tadbiri bölib ötdi.
Tumanning Toşyop ovuli hududidagi “Bekman Allamberganov” fermer xöjaligida bölib ötgan tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi Farhod Ermanov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari, Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedova, tumandagi sektorlar rahbarlari va qişloq xöjaligi masʼullari, fuqarolar yiğinlari raislari hamda qişloq xöjaligi korxonalari, sohada faoliyat yuritayotgan xizmat körsatuvçi taşkilotlar rahbarlari iştirok etdilar.
Joriy yilning erta bahorida tumandagi masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi «Amudaryotex» xorijiy korxonasi paxta-töqimaçilik klasteri bilan şartnoma tuzgan 348ta fermer xöjaliklarining jami 13 ming 900 gektar maydoniga çigit ekilgan edi. Bugunga kelib fermer xöjaliklari dalalarida dehqonlarning maşaqqatli mehnatlari evaziga möl hosil yetiştirildi. Ular jami 44 ming 650 tonnalik sarbaland paxta xirmonini bunyod etişni maqsad qilişgan.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi Farhod Ermanov sözga çiqib, har bir xöjalik rahbari hosil taqdiriga javobgar ekanligini, paxtakorlarning erta bahordan uruğ qadab, zarur agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida hamda sifatli bajarib, maşaqqatli mehnatlari evaziga yetiştirilgan hosilini nobud qilmasdan yiğib-terib oliş bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanligini taʼkidladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari, Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedova paxta yiğim-terim işlarini namunali taşkil etiş, terimçilar uçun zarur şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratiş lozimligini aytib, bu borada masʼullarga topşiriqlar berdi.
Şu kuni joriy yilning ilk paxta hosili xirmonga topşirildi.
Yiğilişdan keyin MÇJ şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasida tadbir iştirokçilariga oş berildi.
Eʼtirof etiş joizki, joriy yilgi yetiştirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda yiğib-terib oliş böyiça tumanda 310ta terim otryadlari taşkil qilindi. Terim otryadlariga tajribali xöjalik faollari otryad rahbarlari etib tayinlandi. Otyadlarga jami 25 ming 682 nafar terimçilar jalb qilindi, har bir otryadga örtaça 82 nafar terimçilar töğri keladi. Terimçilarning 6670 nafari paxta-töqimaçilik klasteri va fermer xöjligi işçilaridir.
Hisob-kitoblarga köra har bir terimçi kuniga örtaça 50 kilogrammdan paxta tersa, bir kunda örtaça 1 ming 284 tonna paxta terilib, 34 iş kunida belgilangan reja ado etiladi. Bundan körinib turibdiki, 40-45 iş kunida terimni yakunlaşning imkoniyati mavjud. Tumanda terim işlarini uyuşqoqlik bilan taşkil qilib, terim pullarini öz vaqtida tölab boriş uçun bank xodimlari biriktirilgan.
Qabul punktlarida ham yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holda mavsumga tayyorgarlik işlari olib borildi va xöjaliklardan keltirilgan paxtalarni öz vaqtida qabul qilib olişga şay qilib qöyildi. Bundan taşqari, terimçilarni muntazam ravişda sifatli tuşlik bilan taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilib, fermer xöjaliklari tomonidan qozon-öçoqlar, toza içimlik suvi saqlaş idişlari va boşqa zarur aşyolar tayyor qilib qöyilgan.
Dehqon va fermerlarimizga mavsumni qisqa muddatlarda yakunlab, bu yil ham xirmonlari sarbaland bölişlarini tilab qolamiz.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶