UÇASTKA SAYLOV KOMISSIYaLARI AʼZOLARI UÇUN SEMINAR
2015-yil 21-fevral kuni "Çoyköl” madaniyat va aholi dam oliş markazi binosida joylaşgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi 121-saylov uçastkasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yuqori saviyada ötkaziş böyiça körgazmali öquv seminari ötkazildi.
Seminarda tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, bölimlar va kommunal soha taşkilotlari rahbarlari, siyosiy partiyalar va jamoat taşkilotlari vakillari, uçastka saylov komissiyalari raislari hamda kotiblari, fuqarolar yiğinlari raislari iştirok etdilar.
Maʼlumki, tumanda Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi 58 ta saylov uçastkalari tuzilgan va uçastka saylov komissiyalari şaxsiy tarkiblari tasdiqlangan.
Saylovga tayyorgarlik köriş bilan boğliq taşkiliy-texnik, moliyaviy masalalarni hal qiliş böyiça 21 kişidan iborat tarkibda tuman işçi guruhi tarkibi, saylovlarga tayyorgarlik köriş bilan boğliq işlarni muvofiqlaştiriş böyiça 10 kişidan iborat tuman ştabi tarkibi, saylovlarga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş bilan boğliq mavjud masalalarni hal qiliş yuzasidan tumandagi ovul va mahalla fuqarolar yiğinlariga biriktirilgan 25 kişidan iborat tezkor işçi guruh tarkibi hamda Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş böyiça çora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan va bu böyiça tegişli işlar olib borilmoqda.
Seminar davomida iştirokçilarga "Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi uçastka saylov komissiyalari işini taşkil qilişga oid metodik tavsiyalar” böyiça körgazmali slayd namoyiş qilinib, şu asosda amalga oşiriladigan işlar yuzasidan keng turda tuşunçalar berildi hamda saylovni qonun talablariga mos ravişda ötkaziş böyiça kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar belgilab olindi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶