SUVNI KAM TALAB ETADIGAN EKINLAR EKIŞGA EʼTIBOR KUÇAYMOQDA
Mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarining rivoji köp jihatdan qişloq xöjaligiga boğliq. Ötgan davr mobaynida qişloq xöjaligida bozor munosabatlarini joriy etiş, işlab çiqarişni rivojlantiriş böyiça bosqiçma-bosqiç islohotlar amalga oşirildi.
Xususan, mamlakatimizda köp tarmoqli fermer xöjaliklarini taşkil etiş va uni rivojlantirişga qaratilgan qator qonun va qarorlarning qabul qilinişi hududlarda qişloq xöjaligi sohasiga eʼtiborning kuçayişiga olib kelmoqda. Jumladan, mavjud fermer xöjaliklarining barçasi köp tarmoqli şaklida faoliyat yurita boşlagani bu faoliyat turini yuqori darajada rivojlantiriş zarurligini belgilaydi
Respublikada köp tarmoqli fermer xöjaliklarini taşkil etiş bilan birga uning faoliyati samaradorligini taʼminlaş ham muhim masalalardan biri hisoblanadi. Samaradorlik doimo dolzarb hisoblanib, işlab çiqariş faoliyatining iqtisodiy yuksalişini taʼminlaydi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti şaroitida kam resurs sarflagan holda möl hosil va daromad olişga qiziqiş yanada ortib bormoqda.
Amudaryo tumanida ham yerdan möl hosil yetiştirib, dehqonçilik madaniyatini oşirişga astoydil intilayotgan, sohada yuksak natijalarga erişib, öz faoliyati bilan barçaga namuna bölayotgan fermer xöjaliklari köplab topiladi. Toşyop ovulida faoliyat körsatayotgan “Bekman Allaberganov” köp tarmoqli fermer xöjaligi şularning biri desak, adaşmagan bölamiz.
Yer bilan tillaşa oladigan, qişloq xöjaligi sohasida ulkan tajribaga ega Ilhom Palvanovning saʼy-harakatlari bilan “Bekman Allamberganov” fermer xöjaligi nafaqat ovulda, balki, tumanda dehqonçilikdan ulkan daromad olayotgan xöjaliklardan biriga aylandi.
2003-yildan buyon faoliyat körsatayotgan köp tarmoqli xöjalikda mahsulot yetiştiriş rejalari har yili barça yönalişlar böyiça ortiği bilan ado etib kelinmoqda.
Mazkur xöjalikda hozirgi kunda 62 gektar ekin maydoni mavjud. Sönggi yillarda paxta, buğdoy ekilgan maydonlarning hosildorligi sezilarli darajada oşdi.
Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda dehqonçilik qilinadigan maydonlarda suv tanqisligi muammosi tobora yaqqol namoyon bölayotir. Şularni eʼtiborga olgan holda ekin maydonlarini suv tejovçi texnologiyalar yordamida suğoriş hamda suvni kam talab etiladigan ekinlarni ekişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
“Bekman Allaberganov” fermer xöjaligida ham bu borada yetarli saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Suvni tejaş maqsadida ekin maydonlari lazerli uskunalar bilan tekislanib, dalalarning maʼlum qismi suv tejovçi texnologiyalar yordamida suğorilmoqda. Buğdoy hosili yiğib olingan yerlarning bir gektarida esa suvni kam talab qiladigan moş mahsuloti yetiştirilmoqda.
Şuningdek, fermer xöjaligi dalalaridan birida intensiv boğ, uzumzor taşkil etilgan. Hozirgi kunda uşbu maydonlardagi moş ekini hosil töplamoqda. Intensiv boğda esa olmalarning turli navlari hosili köpligidan şoxlari egilib turibdi. Yangidan taşkil etilgan bir gektarlik uzumzor ham hosilga kira boşlagan. Tajribalardan maʼlumki, uzumzorlar ham suvni kam talab qiladi va möl daromad beradi. Suv tanqisligi şaroitida bu dehqonlarga juda qöl keladi.
Fermer xöjaligi rahbari bundan keyin ham suvdan unumli foydalanişga katta eʼtibor qaratib, suv tejovçi texnologiyalar joriy qilingan maydonlarni muntazam ravişda kengaytirib borişni niyat qilgan.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶