Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 63-sessiyasi töğrisida axborot
2023-yil 25-avgust kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdagi – 63-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengaşi raisining örinbosari Ğulomjon Yeşniyozov oçdi va olib bordi.
Sessiya kotibligiga 22-Jumurtov saylov okrugidan deputat Baxram Şermanov saylandi.
Sessiyada deputatlar, tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, bölimlar, taşkilotlar rahbarlari, fuqarolar yiğinlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiyada dastlab hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturining ijrosi, “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” tuman dasturining bajarilişi, yoşlar muammolarini hal etiş, ularning isteʼdodi va qobiliyatlarini rivojlantiriş borasidagi işlar va qonunçilik hujjatlarining öz vaqtida ijro etilişi töğrisida tuman hokimi vazifasini bajaruvçi Raşid Salayevning hisoboti tinglandi.
Hisobotda qayd etilganidek, joriy yilning birinçi yarmida asosiy ijtimoiy-iqtisodiy körsatkiçlar sezilarli darajada ösgan. Jumladan, sanoat hajmi 368,1 mlrd., xalq isteʼmol mollari hajmi 92,9 mlrd., qişloq xöjaligi hajmi 755,4 mlrd., investitsiyalar hajmi 238,7 mlrd., quriliş işlari hajmi 167,3 mlrd., çakana savdo hajmi 376,3 mlrd., xizmatlar hajmi esa 311,3 mlrd. sömni taşkil qilib, barça sohalarda ösiş qayd etilgan.
Hududiy investitsiya loyihalari dasturi böyiça 2023-yilda tumanda 200,7 mlrd. sömlik 65ta loyihalari amalga oşirilişi va 924 ta yangi iş örinlari yaratilişi belgilangan.
Sessiya işida tuman Fuqarolik işlari böyiça sudi raisi Qayrulla Atamuratov odil sudlovni amalga oşiriş borasida 2023-yil 2-yanvardan 30-iyungaça amalga oşirilgan işlar töğrisida axborot berdi.
Axborotda taʼkidlanganidek, Fuqarolik işlari böyiça tuman sudi tomonidan uşbu davr holatiga köra fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoyalanişini taʼminlaş, işlarni qonunda belgilangan muddatlarda sifatli körib çiqiş va aholi örtasida huquqiy tarğibot işlarini olib boriş böyiça qator amaliy işlar qilindi. Uşbu davrda sud tomonidan 2467ta iş körib tamomlangan.
Tuman Moliya bölimi mahalliy byudjet ijrosi va hisobi sektor boşliği Abay Sağinbayev sessiyada tuman mahalliy byudjeti mablağlarining 2023-yil 6 oyi davomida sarflanişi töğrisida hisobot berdi. Taʼkidlanganidek, 2023-yil 6 oyi davomida mahalliy byudjetning daromadlar qismi rejasi 35 milliard 429,1 million sömga belgilangan bölib, 41 milliard 219,7 million sömga, yaʼni rejaga nisbatan 116,3 foizga yoki 5 milliard 790,7 million söm ortiği bilan bajarilişiga erişilgan. Şu bilan birga, byudjet xarajatlari rejasi kiritilgan özgarişlardan keyin jami 173 milliard 71,5 million sömni taşkil qilgan. Uşbu davr mobaynida byudjet mablağlari xarajatlari hisobidan jami 154 milliard 766,1 million sömlik mablağlar sarflangan.
Sessiyada tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov aholidan kelib tuşayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, hokim yordamçilari faoliyatining natijadorligini örganiş yakunlari töğrisidagi masala yuzasidan axborot berdi. Axborotda taʼkidlanganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 2023-yil 31-iyul sanasiga qadar tuman aholisi tomonidan jami 2463ta masalalar böyiça murojaatlar kelib tuşgan. Şundan 2433tasi körib çiqilgan bölib, 1956tasi qanoatlantirilgan, 1209tasi ijobiy hal qilingan.
Sessiyada zahiradagi yer maydonlarini oçiq elektron tanlovga çiqariş böyiça tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Ilhom Palvanov hisobot berdi. Hisobotda bugungi kunda «e-auksion» elektron platformasiga qöyilgan yer maydonlariga fuqarolar tomonidan hujjatlar taqdim qilinmasdan qayta savdoga çiqarilayotgani, şuni inobatga olib, tumanning baʼzi hududlarida yer maydonlarini 2 gektargaça bölgan ölçamlarda kattalaştirib elektron savdolarga çiqariş taklif qilindi. Taklif deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Sessiyada Kengaş vakolatiga kiruvçi boşqa masalalar ham muhokama qilindi. Kun tartibidagi barça masalalar atrofliça körib çiqilib, tuman Kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi.
Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶