INTILUVÇAN TADBIRKOR
Mamlakatimizda bugungi kunda ayollar tadbirkorligini rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor va imtiyozlar Amudaryo tumanidagi «Tamara Textile» masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Tamara Yusupova kabi aniq maqsadi tomon dadil intilayotgan faol ayollarga yanada kuç-ğayrat bağişlaydi.
Asl tadbirkor kişilar doimo öz işbilarmonligi bilan farovonlikka erişgan. Faqat özlarinigina emas, balki el-yurt taraqqiyotiga va farovonligiga hissa qöşayotgan insonlar safi kengayib borayotgani yanada quvonarli.
Şiddat bilan rivojlanib borayotgan zamon odamlardan davr bilan hamnafas bölişni, tengma-teng qadam taşlaş uçun doim izlanişni, öqib-örganişni talab qilmoqda. Biz hikoya qilmoqçi bölgan tadbirkor ayol – Amudaryo tumanining Qiliçboy ovulida tuğilib-ösgan, ayni kunda tikuvçilik sohasida katta biznesiga ega Tamara Yusupovadir. U 2009-yilda tikuvçilik böyiça tadbirkorlik faoliyatini boşlagan. Şijoatli, ilğor, qadamidan öt çaqnaydigan ayollarni körsam, Tömaris avlodi ekanligimizdan ğururlanaman. Tamara Yusupova bilan tanişganim sayin yuqoridagi fikr xayolimga keladi.
Davlatmiz rahbarining ayollar tadbirkorligi va işbilarmonligini qöllab-quvvatlaş maqsadida joriy etayotgan imkoniyatlaridan ilhomlanib, tumanimizda tikuvçilik tsexi oçgan Tamara Yusupovaning amalga oşirayotgan işlari bilan tanişiş jarayonida ayolning işbilarmon bölişi jamiyatning rivoji uçun qançalik muhim rol öynaşiga yana bir karra amin böldik.
Mamlakatimizda olib borilayotgan özgarişlardan ilhomlanib yurt ravnaqi uçun öz hissasini qöşiş istagida tadbirkor dastlab 3 mln. söm, keyinçalik 40 mln. Sömlik bank kreditlari evaziga faoliyatini boşladi.
Tadbirkor ayol kredit evaziga olingan mablağga turli tikuv maşinalari, dazmol stollari, tikuv tsexi uçun zarur böladigan asbob-uskunalar sotib olib, iş faoliyatini muntazam ravişda kengaytirib bordi.
Işga astoydil bel boğlagan qahramonimiz işsiz yoşlarning bandligini taʼminlab, köplab şogirdlar tayyorladi. Bugungi kunda esa buyurtmalar asosida ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlarini sifatli va hamyonbop narxlarda tayyorlab, xaridorlarga yetkazib bermoqda.
Mazkur korxona tomonidan 2019-2021-yillarda jami 671,8 million sömlik, jumladan, 2019-yilda 134,8 million, 2020-yilda 217 million, 2021-yilda 320 million sömlik kiyim-keçak mahsuloti işlab çiqarildi. Uning işni töğri taşkil etişi natijasida korxona tomonidan keyingi uç yilda 874,8 million söm daromad olinib, 203 million söm sof foyda olişga erişildi. 2019-2021-yillar mobaynida korxonada işlab çiqariş tsexlarini işga tuşiriş, kengaytiriş evaziga 25 ta yangi iş örni yaratildi.
U respublika miqyosida ötkaziladigan turli tadbir va körik-tanlovlarda faol qatnaşib keladi. Jumladan, 2009-yilda Toşkent şaxrida ötkazilgan «Qöli guldir özbek ayolin» nomli körgazmasida, 2012-yilda «Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan!» tadbirida mamlakatimiz ravnaqiga qöşgan hissasi uçun Özbekiston xotin-qizlar qömitasi tomonidan «Taşakkurnoma» bilan taqdirlandi.
2021-yilning noyabr oyida esa «Eng yaxşi iş beruvçi tadbirkor ayol» körik tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida birinçi örinni qölga kiritdi.
Tamara Yusupova özining yangiliklarga intilişi va iş tajribasi bilan har yili ötkazilişi anʼanaga aylangan “Taşabbus” körik-tanlovida faol iştirok etib, bir neça marta ğoliblar safidan joy oldi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yilning 17-avgustdagi farmoyişiga binoan, milliy iqtisodiyotimizni barqaror yuksaltiriş, yurtimizda işbilarmonlik muhitini yanada yaxşilaş, tadbirkorlik rivojini yangi bosqiçga kötariş, mamlakatimizning işlab çiqariş va eksport salohiyatini oşiriş borasidagi katta xizmatlari, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etiş, iş örinlari yaratiş, aholi farovonligini taʼminlaşga qöşgan munosib hissasi, şuningdek, biznesda erişayotgan amaliy natijalari hamda ijtimoiy hayotdagi faol işiroki uçun Tamara Yusupova “Faol tadbirkor” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Tadbirkor Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşi deputati sifatida ham faol iş olib bormoqda.
Tamara Yusupovaning faoliyatini birgina maqolaga siğdiriş juda qiyin. Uningdek taşabbuskor, tadbirkor ayollar safi kengayib, mamlakatimiz iqtisodiyoti va xalqimiz farovonligi bundanda yuksalaverişiga tilakdoşmiz!
Sevara Ismoilova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶