16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:42
Sport 👁 293

BOYOVUL MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR IShTIROKIDA SPORT-SOGʻLOMLAShTIRISh TADBIRI OʻTKAZILDI

BOYOVUL MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR IShTIROKIDA SPORT-SOGʻLOMLAShTIRISh TADBIRI OʻTKAZILDI

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, shuningdek, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishga eʼtibor tobora kuchaymoqda. Barcha joylarda aholining, ayniqsa, xotin-qizlarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Amudaryo tumanida ham sport inshootlari va majmualari, oʻyingohlar bunyod etilib, foydalanishga topshirilmoqda. Ovul va mahallalarda esa xotin-qizlar ishtirokida turli tadbirlar, musobaqalar va bellashuvlar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Mangʻit shahrining Boyovul mahallasida joylashgan sport maydonchasida mahalla xotin-qizlar faoli Husnida Abdurahmonova tashabbusi bilan mahalla xotin-qizlari ishtirokida sport-sogʻlomlashtirish tadbiri oʻtkazildi. Unda mahalla ayol-qizlari ertalabki ommaviy badantarbiya mashqlari hamda sportning basketbol, voleybol turlari boʻyicha mashgʻulotlar amalga oshirildi. Tadbirda mahallaning koʻchaboshchi ayollari, faol xotin-qizlar qatnashdilar.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan.

Mohiyatan, sport salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Shu bois, barcha hududlarda boʻlgani kabi tumanimizda ham sport bilan shugʻullanish ommaviy tus olmoqda. Bugungi kunda sogʻlom turmush tarziga amal qilayotgan yurtdoshlarimiz soni kun sayin koʻpayib borayotgani ham fikrimiz dalili.

Sport-sogʻlomlashtirish mashgʻulotlari xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish, hayotdagi roli va faolligini qoʻllab-quvvatlash, shu bilan birga xotin-qizlarni har tomonlama sogʻlom va jismonan baquvvat boʻlishlarini taʼminlashga xizmat qiladi.

Sport tadbirlarini oʻtkazishdan asosiy maqsad – “Sogʻlom ayol — sogʻlom jamiyat” gʻoyasini ilgari surish, ayollarni sogʻlom hayot kechirishga oʻrgatish, onalar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlarni sport uchun vaqt ajratishga jalb qilishdan iborat. Shuningdek, tadbirda ishtirok etishni istagan barcha xotin-qizlar uchun sport maydonchalari, sport anjomlaridan foydalangan holda salomatliklarini tiklashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Ishtirokchilar mashqlar davomida oʻyingoh maydoni boʻylab yugurib, turli xil badantarbiya mashqlarini bajarishdi. Soʻngra ikki guruhga ajralib, sportning voleybol, basketbol turlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar.

Xotin-qizlar salomatligi uchun qaygʻurish har qanday davrda ham dolzarb mavzu boʻlib kelgan. Negaki, sogʻlom avlodning dunyoga kelishi va kamolga yetishida ayollarimiz, onalarimizning oʻrnini hech narsaga tenglashtirib boʻlmaydi. Shuning uchun ular oʻrtasida sport va jismoniy madaniyatni targʻib etish,sogʻlom turmush tarzining barqaror boʻlishiga erishish bugungi kunning asosiy vazifalaridandir.

Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, mehnat jamoalarida, ovul va mahallalarda oʻtkazilayotgan ommaviy sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarining oʻrni ulkan.

Boyovul mahallasida oʻtkazilgan sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarida ham mahallada istiqomat qiluvchi turli yoshdagi ayol-qizlar ishtirok etib, sport turlari boʻyicha oʻz iqtidorlarini sinovdan oʻtkazdilar va mashgʻulotlardan keyin jismonan tetiklikni his qildilar.

Sevara Ismoilova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026