17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 15:22
Jamiyat 👁 223

MAHALLA YoShLARI TARBIYaSIGA JONKUYaR ONAXON

MAHALLA YoShLARI TARBIYaSIGA JONKUYaR ONAXON

Piru-badavlat keksalar nafaqat oilalar, balki mamlakat, yurt fayzidir. Ularning boy hayotiy tajribalari, oltinga teng oʻgitlari, pandu-nasihatlari farzandlar, yoshlar tarbiyasida, ularning hayotda oʻz oʻrinlarini topishida muhim oʻrin tutadi.

Shu bois Amudaryo televideniyesi tahririyati tomonidan amalga oshirilayotgan “Jaholatga qarshi maʼrifat” nomli davlat granti loyihasi doirasida tahririyat, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda “Keksalar – xonadonimiz fayzi va farishtasi” shiori ostida tadbirlar tashkil etilmoqda. Keksalarni eʼzozlash, ularning pand-nasihatlarini yoshlarga yetkazish orqali jamiyatda oʻzaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va maʼnaviy qadriyatlar muhitini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hududlarda aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida namuna, oʻrnak qilib koʻrsatilmoqda.

Tumanning Boʻzsolma mahallasida yashovchi onaxon Salomat Madaminova ham jamiyat hayotida faol ishtirok etib, yoshlarga toʻgʻri yoʻl koʻrsatib kelayotgan nuroniylardan biri. U 1963-yilda Amudaryo tumanida tavallud topgan. Toshkent davlat universitetining matematika fakultetini 1986-yilda tugatib, ish faoliyatini 30-sonli maktabda matematika fani oʻqituvchisi boʻlib ishlashdan boshlagan. Nafaqaga chiqqunga qadar 20- va 70-sonli maktablarda yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga munosib hissa qoʻshgan. Taʼlim faxriysi sohadagi fidoyiligi, faoliyati davomidagi sidqidildan qilgan mehnatlari, intiluvchanligi, taʼlim rivojiga qoʻshgan munosib hissasi uchun “Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni va qator faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.

Fidoyi onaxon hozir ham hududdagi yoshlar bilan birga, ularning yaqin maslakdoshi. Har biriga kerakli maslahatlar berishdan, umr soʻqmoqlaridan oʻz yoʻllarini topib ketishlariga koʻmak berishdan aslo charchamaydi. Fuqarolar yigʻini masʼullari ham aholi oʻrtasidagi oilaviy muammolar, mojarolarni hal qilishda boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan onaxonning maslahatlari, tavsiyalaridan unumli foydalanishadi. Murojaat bilan kelgan mahalladoshlarni birga tinglashadi, suhbatlashishadi. Har bir masala boʻyicha yechim topishga, murojaatni hal qilishga, oilalardagi, eldagi tinchlik, osoyishtalikni saqlashga harakat qilishadi.

Salomat opa Madaminovaga “Bir nuroniy oʻn yoshga maʼsul” loyihasi asosida 10 nafar mahalla yigit-qizlari biriktirilgan. Opa ularga ham qoʻlidan kelgancha yordam koʻrsatib kelmoqda. Fuqarolar yigʻinidagi yoshlar yetakchisi Farrux Madrahimov va xotin-qizlar faoli Nargiza Yusupova bilan birgalikda tushuntirish ishlari olib borishadi, hayoti bilan yaqindan tanishib, yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatishadi. Mahalladagi oliy oʻquv yurtiga kirish istagi boʻlgan yoshlardan Chinor Arazmurodova, Shodiya Sobirova, Sabohat Abdullayeva, Xurshida Erkaboyevalarga Xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomalar olishiga koʻmaklashishdi. Ehtiyojmand boʻlgan Zuhra Jumaboyevaga bir martalik moddiy yordam berildi va hozirgi kunda uni doimiy ish bilan taʼminlash masalasi hal qilinmoqda.

Undan tashqari, ogʻir kasal boʻlgan Sherxon Samandarovga tibbiy koʻrik va jarrohlik operatsiyasi uchun homiylardan 15 mln. soʻm pul mablagʻi oʻtkazib berildi. Qoʻlidan tikish-bichish keladigan Oʻrozgul Safarboyevaga subsidiya asosida tikuv mashinasini olib berishga harakat qilmoqda. Probatsiya nazoratida turgan Sardorbek Oʻrozboyevga subsidiya asosida payvandlash uskunalari olib berildi va ish bilan bandligi taminlanib, probatsiya nazoratidan chiqarildi. Laylo Jumanovaga esa oʻz tomorqasida dehqonchilik bilan shugʻullanishi uchun subsidiya asosida suv nasosi olishiga koʻmaklashildi.

Mahalla yoshlarining tarbiyasiga masʼul boʻlgan, har birini oʻz farzandidek koʻrib, taqdiri uchun jonkuyarlik koʻrsatib kelayotgan onaxon Salomat Madaminovaning oilasi ham namunali. Bir umr oʻqituvchilik qilgan umr yoʻldoshi Tohir aka Rahimboyev bilan birga 2 oʻgʻil, 2 qizni komil insonlar qilib tarbiyalashdi, kasbu-korli qilib, el-yurt xizmatiga qoʻshishdi. Hozirgi kunda ular kelinlari, 16 nafar nevaralar qurshovida saodatli umr kechirishmoqda.

Boʻz solma mahallasida yoshlarni tarbiyalashda Salomat Madaminova kabi katta avlod vakillarining bilim va tajribalaridan samarali foydalanilib kelinmoqda. Nuroniy, koʻpni koʻrgan otaxon-onaxonlar halol mehnat va mustahkam iroda bilan jamiyatimizning haqiqiy fidoyilariga aylanganini yoshlarga, ayniqsa, maxsus hisobdan chiqarilgan va notinch oilalarning farzandlari, uyushmagan yoshlarga ibrat namunasi sifatida koʻrsatishga harakat qilinmoqda. Bu esa oʻz navbatida, jamiyatimizda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash va qadrlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026