AMUDARYoDA STOL TENNIS BÖYIÇA QORAQALPOĞISTON ÇEMPIONATI ÖTKAZILDI
Amudaryo tumanida sportning stol tennis turi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi çempionati bölib ötdi.
2-4-avgust kunlari davomida tumandagi Ixtisoslaştirilgan maktabning yozgi sport maydonçasida 15 yoşgaça bölgan ösmirlar örtasida ötkazilgan uşbu çempionat musobaqalarida Respublikamizning barça tumanlaridan kelgan sportçi-yoşlar iştirok etişdi.
Çempionatning dastlabki kunida bölib ötgan oçiliş marosimida sportçi-yoşlar bilan birga Amudaryo tumani Sport maktabi direktori Çorşam Tajimurodov, sport murabbiylari, tumanlardagi Sport maktablarining stol tennis böyiça trenerlari ham qatnaşişdi. Oçiliş marosimiga bağişlangan mazkur tadbirda Sport maktab direktori Çorşam Tajimurodov sözga çiqdi va çempionat musobaqasini oçib berdi.
U öz sözida mazkur çempionatdan közlangan asosiy maqsad, iqtidorli yoş tennisçilarni saralaş, ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlaş ekanligini aytib, mamlakatimizda yoşlar örtasida Olimpiya sport turlarini yanada ommalaştiriş, jumladan, stol tennisi böyiça mahoratli sportçilar kamol topişlari uçun bir qator imkoniyatlar yaratilayotgani haqida töxtalib ötdi. Çempionat musobaqalarida iştirok etiş uçun kelgan yoş tennisçilar orasidan kelgusida Osiyo va Olimpiya öyinlarida mamlakatimiz şarafini munosib himoya qiladigan mohir sportçilar yetişib çiqişiga umid bildirib, barçasiga omad tiladi.
Tantanali oçiliş marosimidan söng, iştirokçilar qizğin bahslarga kirişişdi. Uşbu musobaqalarda 15 ta tumandan taşrif buyurgan 75 nafar öğil bolalar va 56 nafar qiz bolalar iştirok etişdi. Tennisçilar yakkalik, juftlik va jamoaviy tarzdagi bahslarda özaro raqobatlaşdilar. Öyin davomida yoş sportçilar çaqqonlik, abjirliklarini körsatib, trenerlardan örgangan stol tennis sirlarini mohirona qöllab, ğolib bölişga harakat qildilar. Yoş sportçilarning bu intilişlari besamar ketmadi va çempionat ğolibligini qölga kiritişga erişişdi.
Yakkalik bahslarida öğil bolalar örtasida 1-,2-,3-örinlarni Olimpiya va Paralimpiya sport turlari markazi jamoasi qölga kiritdi. Juftlik bahslarida esa Olimpiya va Paralimpiya sport turlari markazi 1-örin sohibi böldi. Şuningdek, 2-örin Çimboy tumani, 3-örin Amudaryo tumani yoş sportçilariga nasib qildi. Jamoalar örtasidagi bahslarda 1-örinni Qonliköl tumani, 2-örinni Çimboy tumani, 3-örinni Amudaryo tumani va Ellikqalʼa tumani tennisçilari qölga kiritişdi.
Qizlar örtasidagi yakkalik bahslarida 1-,2-,3-örinlarni Olimpiya va Paralimpiya sport turlari markazi tennisçilari, juftlik bahslarida 1-örinni nukuslik tennisçilar, 2- va 3-örinlarni amudaryolik tennisçilar, 3-örinni Taxiatoşlik tennisçilar egallaşdi. Jamoaviy bahslarda esa 1-örinni Qonliköl tumani, 2-örinni Taxta köpir tumani, 3-örinni Taxiatoş tumani, 3-örinni Nukus tumani sportçi yoşlari qölga kiritişga muvaffaq bölişdi.
Çempionat yakunida barça yönalişlar böyiça ötgan bahslarda ğolib bölgan sportçilarga taşkilotçilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovğalari, çempionat kubogi tantanali tarzda topşirildi. Musobaqalarda 1-örin ğolibi bölgan yoş tennisçilarga sport jamlanmasidan iborat sumkalar sovğa qilindi.
Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullaniş uçun yurtimizda qulay imkoniyatlar yaratilmoqda. Uşbu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoşlarimiz esa özlari uçun sevimli bölgan sport turlari bilan şuğullanib, yuksak marralar sari olğa bormoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶