10.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
10.09.2026, 20:08
Jamiyat 👁 348

HAMIShA ODAMLAR ORASIDA

HAMIShA ODAMLAR ORASIDA

Mahalla – qadriyatlar beshigi. Uning har qarich yeri, har bitta koʻcha va xonadoni obodligi ana shu aziz qadriyatlar – anʼana va udumlar, betakror urf-odatlar, bundan ham muhimi, mahalladoshlarning oʻzaro mehr-oqibatlari, qadrdonlik tuygʻulari ustuvorligidan. Shu bois, mahalla ahli biri-biriga befarq emas, quvonchini ham qaygʻusini ham birgalikda baham koʻrishadi.

Mangʻit shahrining Olmazor mahallasida yashovchi 3228 nafar aholining kundalik turmush tarziga nazar solsangiz, biri-birini koʻz qiymas qadrdonlik, oʻzaro ahillik, totuvlik taftini his etasiz. Oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman va boshqa millat vakillarining biri-biriga el, qon-qarindosh, ahillikda yashayotganlarining oʻzi eʼtiborga munosib. 563ta xonadon tarkibidagi 911ta oilalarni obod, osoyishta va  soʻlim goʻshalarga aylantirib, mahalla fayziga-fayz qoʻshayotgan 1627 nafar ayol-qizlar nafaqat oʻz oilalarining, balki mahallaning, el-yurtning  faxriga aylanishgan. Ulugʻ hazrat imom Gʻazzoliy eʼtirof etganlariday: “ahli ayolining hurmatini joyiga qoʻyadirgʻon xalqning oilasi ham, yurti ham tinch va osoyishta boʻlur”. Vaholanki, Olmazor mahallasi ahli ham ana shunday tinch va osoyishtalikka musharrafdirlarki, buni biz birgina mahalla ayol-qizlariga koʻrsatilayotgan eʼtibor va ragʻbat misolida yaqqol koʻrdik.

Mahalla xotin-qizlar faoli Oʻrozgul Yoqubova ushbu lavozimda oʻz faoliyatini boshlaganiga endi bir yildan oshdi. U ilk ish faoliyatiga kirishgan kunni juda yaxshi eslaydi. Ishni aholining tarkibini, xonadonlarning geografik joylashuv oʻrni, ayol-qizlarning ijtimoiy ahvolini oʻrganishdan boshlagan Oʻrozgulning yon daftarida shu kunning oʻzidayoq “muammolar” degan sahifa paydo boʻldi.

Ayol-qizlar hayotiga oid muammoli holatlar 5 ta toifa asosida oʻrganilib, har bir toifa boʻyicha xatlov oʻtkazildi va ehtiyojmand ayollar roʻyxati shakllantirildi. Unga koʻra, 2023-yilda “Ayollar daftari”ning 4-bosqichi xatlov jarayoni yakunlari boʻyicha mahallada 83 nafar ehtiyojmand ayol-qizlar borligi aniqlandi. Oʻrozgul Yoqubova uyma-uy kirib borib, har bir ehtiyojmand ayol-qizning turmush sharoiti bilan yaqindan tanishdi.

Ayol-qizlarning qiziqish va imkoniyatlarini puxta oʻrgangan Oʻrozgul Yoqubova “Ayollar daftari”ning 1-toifasiga mansub 6 nafar ishsiz ayol-qizlarning shaxsiy qiziqishlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib, tadbirkorlik markazlarida tikuvchilik yoʻnalishi boʻyicha davlat tomonidan bepul kasb-hunar oʻrganishlari uchun sharoit yaratib, ularning oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida ish bilan taʼminlanishlariga yaqindan yordam berdi. Shuningdek, 2 nafar ayol doimiy ish oʻrinlariga joylashtirilib, 2 nafar ayol-qiz aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan mavsumiy ishlarga jalb qilindi.

“Ayollar daftari”ning 2-toifasidagi Gavhar Gulmanovaga hokim yordamchisi bilan hamkorlikda 33 mln. soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻi ajratilishiga koʻmaklashildi va natijada Gavhar Gulmanova qisqa fursat ichida oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Saodat Yoqubovaga esa oʻz xonadonidan mos xona ajratilib, “Miss Pishiriqlari” MChJ faoliyatini yoʻlga qoʻyishida hokim yordamchisi bilan hamkorlikda amaliy yordam koʻrsatilib, uning tadbirkorlik faoliyati uchun 33 mln. soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻi olishida koʻmaklashildi.

Mahalla xotin-qizlar faoli deyarli har kuni butun ish vaqtini xotin-qizlar orasida, ularning hayotiga doir muammolar yechimini topish yoʻlidagi saʼy-harakatlar bilan oʻtkazadi. Mahallada boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand Dilorom Toʻrayeva ismli onaxon istiqomat qiladilar. Farzandlari, roʻzgʻorning ogʻir tashvishidan ortmagan onaxonning birdan-bir orzusi – muqaddas Kaʼba ziyoratida boʻlish edi. 3-toifa “Ayollar daftari” roʻyxatidagi onaxonga Oʻrozgul Yoqubovaning yelib-yugurishi, qolaversa, Prezidentimizning tashabbuslari bilan joriy yil ramazon oyida davlatimiz tomonidan umra safariga bepul borib kelish imkoniyati yaratildi. 12 nafar ayol-qizlarga esa BHMning toʻrt baravari miqdorida “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan bir martalik moddiy yordam koʻrsatildi. Daftarning 4-toifasiga kiritilgan 16 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan ayol-qizlar, shuningdek, nogironligi bor farzandlari boʻlgan ayol-qizlarga zarur tibbiy yordamlar koʻrsatilib, ularni sogʻlomlashtirish choralari koʻrildi.

“Har insonning oʻz uy-qoʻrgʻoni boʻlsin”, deb bejiz aytishmagan. Oʻz uyida saranjom-sarishta, xotirjam yashashga ne yetsin! “Ayollar daftari”ning 5-toifasi roʻyxatiga kiritilgan uy-joyga ehtiyojmand 2 ta yosh oila uchun subsidiya ajratilishiga va uy-joy bilan taʼminlanishiga koʻmaklashish ham Oʻrozgul Yoqubovaning doimiy nazoratida.

Shuningdek, qaramogʻida nogiron farzandi boʻlgan ikki nafar ayol-qizning ham oʻz hayotini xotirjam, osoyishta oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida ular mono markaz tomonidan tadbirkorlik yoʻnalishi boʻyicha bepul oʻqitilib, sertifikatlar berildi va oʻz uylarida tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun sharoitlar yaratildi. Ulardan biri Shahloxon Yesanova oʻz xonadonida tikuvchilik tsexi ochib, mahallaning yosh qizlariga chevarlik sirlarini oʻrgatmoqda. Zevarjon Sobirova esa 15 mln. soʻmlik imtiyozli kredit olib, xonadon chorvachiligini yoʻlga qoʻydi va oilasiga daromad keltirmoqda.

Mahallada 15 nafar ibratli oila bekalarini birlashtirgan “Oqila ayollar” harakati faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Harakat aʼzolarining 19 nafar koʻcha boshchi ayollar bilan hamkorlikdagi faoliyati havas va eʼtirofga munosib. Chunki aynan ana shu “Oqila ayollar” jamoatchilik tuzilmasi va 19 nafar koʻcha boshchi ayollarning hamkorlikdagi saʼy-harakatlari tufayli oʻtgan ikki yil davomida oilaviy ajrashishlarga barham berildi. Nizoli, notinch oilalarda mahalla xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, “Oqila ayollar” jamoatchilik tuzilmasi va koʻcha boshchi ayollarning oʻzaro hamkorlikdagi faoliyati va targʻibot-tashviqot tadbirlari tufayli sogʻlom maʼnaviy muhit qaror topishiga erishildi. Natijada bironta ham Olmazor mahallalik ayol-qizlar profilaktik hisobga kiritilmadi.

Haftaning har payshanba kunida oʻtkaziladigan “Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?” “Odam savdosi – asr muammosi”, “Biz – zoʻravonlikka qarshimiz” kabi huquqiy-maʼrifiy tadbirlar, xotin-qizlarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zoʻrlik ishlatish ehtimoli mavjud oilalarda olib borilayotgan profilaktik tushuntirish ishlari, oshkora va samimiy muloqotlar tufayli mahalla xotin-qizlarining ijtimoiy faolligi oshib bormoqda. Bu borada xotin-qizlar faoli Oʻrozgul Yoqubovaning mahalla hududidagi taʼlim-tarbiya muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan ishlari tufayli hayotiy boy tajribaga ega nuroniy onaxonlardan iborat “Bibixonim maktabi” faoliyati ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, yilning har choragida 82-sonli maktabning yuqori sinf oʻquvchi-yoshlari ishtirokida yosh qizlarni turmushga, oilaviy hayotga tayyorlashga bagʻishlangan “Erta turmushning salbiy oqibatlari”, “Oilada qiz bolaning oʻrni”, “Qiz bola – boʻlgʻusi onadir” mavzularida, shuningdek, oilalarda kitobxonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan “Men sevgan badiiy qahramon”, “Kitob – hayot charogʻboni, umr ziynati” kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻsib kelayotgan yosh qizlar – boʻlgʻusi onalar va oilalarning goʻzal va sarishta bekalarini tarbiyalashda muhim  ahamiyat kasb etmoqda.

Oʻrozgul Yoqubova uchun esa el-yurt manfaati yoʻlida xizmat qilish, mahalla xotin-qizlarini hamisha tinch, osoyishta va xotirjam koʻrishdan ham ulugʻroq baxt yoʻq.             

Robiya YOʻLDOShEVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026