“My.gov.uz” tizimi afzalliklari
Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Internet tarmoğida Özbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, şu jumladan, «bir darça» tamoyilida faoliyat körsatadi.
Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlarini körsatiş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentyabrdagi "Özbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari körsatiş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi 728-sonli qarorida keltirilgan Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali töğrisida nizomiga muvofiq röyxatdan ötiş va avtorizatsiya qiliş jarayonlaridan ötgan foydalanuvçilar uçun amalga oşiriladi.
Yagona portal maqsad va vazifalari:
Yagona portal davlat organlari tomonidan körsatiladigan, şu jumladan pulli asosda körsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanişning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona portalning asosiy vazifalari:
·foydalanuvçilarga davlat organlariga töğridan-töğri murojaat qiliş uçun imkoniyat beriş;
·foydalanuvçilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boşqa loyihalar bilan integratsiyalaş;
·foydalanuvçilarning davlat organlari bilan özaro hamkorligi samaradorligini oşiriş;
·davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvçilar uçun byurokratik tösiqlarni qisqartiriş va ularni bartaraf etiş;
·«Elektron hukumat» tizimini yanada rivojlantiriş va davlat boşqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etişda kömaklaşiş.
Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalaniş asosida interaktiv davlat xizmatlari olişda foydalanuvçilarning şart-şaroitlarini rivojlantiriş va imkoniyatlarini kengaytiriş uçun möljallangan.
Yagona portal foydalanuvçilarga davlat organlari tomonidan körsatiladigan bir tomonlama, ikki tomonlama va tranzaktsion şakldagi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatini beradi.
Interaktiv davlat xizmatlari Yiğma reyestri 2013-2020-yillarda Özbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş kompleks dasturini amalga oşirişni muvofiqlaştiriş böyiça Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yiğma reyestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilişi kerak.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali 424 ta davlat xizmatlari joriy qilindi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik şaxslar davlat xizmatlaridan foydalanişsa davlat xizmati körsatilişi uçun yiğim summasining 90 foizi undiriladi.
Şuningdek, fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari orqali körsatilmaydigan davlat xizmatlaridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali foydalanişlari va özlariga zarur bölgan tizimga kiritilgan maʼlumotnomalarni ham olişlari mumkin.
Umida Saparbayeva, Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi bölim boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶