“SALOMATLIK SARI 5000 QADAM” OMMAVIY SPORT MAŞQLARI ÖTKAZILDI
Jismoniy faollik insonga nafaqat salomatlik baxş etadi, balki kayfiyatini yaxşilaydi, kun böyi işda va öqişda tetiklik bilan öz faoliyatini yuritiş imkonini beradi. Şu bois, butun mamlakatimiz böylab, aholi örtasida haftaning maʼlum bir kunida “Salomatlik kunlari”ni ötkaziş, uşbu tadbirga barça yoşdagi fuqarolarni keng qamrab oliş maqsadida “Soğlom hayot sari 5000 qadam” piyoda yuriş ommaviy sport maşqlari taşkil etilmoqda. Şunisi eʼtiborliki, mazkur tadbir doirasida ertalabki badantarbiya maşqlari ham bajarilayotgani iştirokçilarda qiziqiş uyğotib, ularga kötarinki kayfiyat bağişlamoqda.
Joriy yilning 17-iyul sanasida Amudaryo tumanining Manğit şahri hududidagi mahallalar aholisi iştirokida ham “Soğlom hayot sari 5000 qadam” piyoda yuriş ommaviy sport maşqlari taşkil etildi.
Aholining ixtiyoriy ravişda, jipsligi asosida ötkazilgan mazkur tadbirda nafaqat Manğit şahri, balki şahar atrofidagi ovul va mahallalarda yaşovçi aholi vakillari va yoşlar ham iştirok etişdi.
Ommaviy maşqlarda tumanning Amir Temur nomli, Arna böyi, Döstlik, Beruniy nomli, Oybek nomli, Bosuv, Yangiobod ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida faoliyat olib boruvçi yoşlar yetakçilari boşçiligidagi mazkur ovul va mahallalar yoşlari faollik körsatdilar.
Tadbirda turli yoş toifasidagi ayol-qizlarning iştirokiga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, ularning birdaniga öta faollik bilan tez harakatlanmasliklari, piyoda yurişda asta-sekinlik bilan harakat qiliş, yengil qadam taşlaş zarurligi tuşuntirildi. Şundan söng, Böston, Gulzor, Olmazor mahallalarining köça boşçi ayollari, barça yoş toifasidagi xotin-qizlar öz mahallalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari boşçiligida “Soğlom hayot sari 5000 qadam” tadbirida qatnaşdilar.
Amudaryo tumani Oila va xotin-qizlar bölimi masʼul mutaxassislari, yoşlar işlari agentligi tuman bölimi, Amudaryo tuman sport maktabi işçi xodimlari hamda Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasi mutaxassis-xodimlari şafʼeligida maroqli ötgan piyoda yuriş sport maşqlarida iştirokçilar markaziy öyingohdan tuman tarixiy-ölkaşunoslik muzeyigaça piyodalar yölakçasidan yurib bordilar.
Tadbir davomida muzey oldidagi şinam, bahavo maydonçada sport maktabi mutaxassislari tomonidan badantarbiya maşqlari ötkazildi.
“Salomatlik sari 5000 qadam” piyoda yuriş sport maşqlarida jami 168 nafar kişi iştirok etişdi va tadbir yakunida ularning barçasi piyoda yuriş orqali özlarini tetik va bardam his qilayotganliklarini aytişib, piyoda yurişni har kuni, har kim ixtiyoriy ravişda amalga oşirişi zarurligini taʼkidladilar.
Ayniqsa, ertalabki piyoda yuriş va badantarbiya maşqlari insonning har tomonlama faollaşuviga, turli xil kasalliklarga çaliniş xavfini kamaytirişga, şuningdek, keksa yoşdagi kişilarning tayanç, böğim harakatlaridagi muammolarni imkon qadar kamaytirişiga olib kelişi haqida tuman Tibbiyot birlaşmasi xodimlari tomonidan berilgan zarur tavsiyalardan mamnun böldilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶