Fermer xöjaliklarida ğalladan böşagan yer maydonlariga takroriy ekinlar ekilmoqda
Maʼlumki, ğalladan böşagan maydonlarga sabzavot, poliz, kartoşka ekinlarni ekib, takroriy ekin sifatida yetiştiriş aholining kuz-qiş mavsumlari hamda kelasi yilning may oyigaça bölgan muddatlarda qişloq xöjaligi mahsulotlariga bölgan talabini qondiriş, mahsulotni eksportga çiqariş, qiş mavsumiga saqlaş hamda bozorlarda narxlarning barqarorligini taʼminlaş imkoniyatini beradi. Qolaversa, fermer xöjaliklarida va tomorqa yerlardan oqilona foydalaniş orqali 2-3 marotaba hosil oliş va kattagina daromad oliş mumkin.
Amudaryo tumanida yerdan unumli foydalanib, har yili möl hosil oliş orqali öz oilasining va hamqişloqlarining dasturxonlari tökinligiga, qolaversa, bozorlarimizda narx-navoning barqaror bölişiga hissa qöşayotgan mirişkor dehqonlar, tajribali tomorqaçilar va işbilarmon fermerlar juda köp. Ularning fidoyi mehnatlarining samarasi sifatida bugun qişloq xöjaligi mahsulotlari yilning tört faslida ham savdo rastalari va dökonlarda maqbul narxlarda sotilmoqda.
Amudaryo tumanidagi “Allaberganov Izzatjon” fermer xöjaligi raisi Umidjon Allaberganov 2015-yilda yaxşi niyatlar bilan fermer xöjaligini taşkil etdi. Xöjalikning umumiy ekişlik yer maydoni 60 gektar bölib, 25 nafar pudratçi va 10 nafar işçi faoliyat yuritadi. Tajribali fermer har yili ğalladan böşagan yer maydonlarini ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalarga va işsiz yoşlarga ularning xohişiga qarab ajratib beradi.
Şunday yoşlardan biri fermerdan yer olib, öz mehnatsevarligi bilan tengdoşlariga örnak bölayotgan Diyorbek Aşirovdir.
Fermer xöjaligida ayni kunlarda asosan sabzi, oş lavlagi, gulkaram, piyoz, turp, şolğom, bodring, sarimsoqpiyoz, kökatlar, sabzavot hamda kartoşkalar ekilmoqda. Ijtimoiy himoya daftarlarida turuvçi aholiga fermer tomonidan yer maydonlari ajratib berilgani ularning daromad manbaiga ega bölişiga, qolaversa bozor rastalarining arzon va sifatli qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan taʼminlanişiga katta hissa bölib qöşilmoqda.
2002-yilda öz faoliyatini yölga qöygan tajribali fermerlardan biri –“Beşboyev Qurbonğali” fermer xöjaligi rahbari Qurbonğali Beşboyev ham fermer xöjaligidagi 73 gektar ekişlik yer maydonining 47 gektariga paxta, 14 gektariga ğalla ekkan edi.
Endilikda fermer ğalladan böşagan yer maydonlarini “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”da turuvçi işsiz fuqarolarning 50 nafariga şudgorlatib, ekin ekişga tayyor holatda ajratib berdi. Bandligi taʼminlangan aholi özlariga körsatilgan bu kabi eʼtibor va daromad topişlari uçun yaratilgan şaroitdan mamnun bölib, dalalarda javlon urib mehnat qilişmoqda.
Şu örinda aytiş kerakki, bugungi kunda poliz ekinlaridan qovun, tarvuz, tariq, moş, loviya, sabzavotlardan qalampir va boşqa kabi ekinlarini ekib yetiştiriş avvalo takroriy ekin hilma-xilligini, uşbu ekinlarni işlab çiqariş hajmini oşirişga zamin bölmoqda. Qolaversa, aholining bandligi taʼminlanişida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶