16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 17:43
Siyosat 👁 353

EKOLOGIK PARTIYaDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODNING IShONChLI VAKILI AMUDARYoLIK SAYLOVChILAR BILAN UChRAShDI

EKOLOGIK PARTIYaDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODNING IShONChLI VAKILI AMUDARYoLIK SAYLOVChILAR BILAN UChRAShDI

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qaroriga koʻra yurtimizda faoliyat yuritayotgan Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston leberal-demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan koʻrsatilgan nomzodlar roʻyxatga olinib, qariyb bir oy vaqtdan beri nomzodlarning saylovoldi tashviqoti davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, ularning ishonchli vakillari hududlarda saylovchilar bilan uchrashib, saylovoldi dasturlari bilan tanishtirmoqda.

3-iyul kuni Amudaryo tumanidagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdishukur Xamzayevning ishonchli vakili – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Laylo Seitovaning amudaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Turgunbay Xojanazarov, Ekologik partiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi ijroiya qoʻmitasi raisi Oysanam Begimova, partiyaning tuman Kengashi raisi Saʼdulla Sodiqov, partiya aʼzolari, faollar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

Uchrashuvda nomzodning ishonchli vakili Laylo Seitova saylovchilarni Abdushukur Hamzayevning tarjimai holi va 9 ta banddan iborat saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi. Ayniqsa dasturda Orolboʻyida ekologik muhitni yaxshilash, chiqindilarni saralash, tashish va qayta ishlash, atmosferaning zararli gazlar va chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish muammolariga ulkan eʼtibor qaratilgani, bu borada tezkor choralar koʻrish lozimligi belgilangani qayd etib oʻtildi.

Ishonchli vakil qayd etishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga ekologik partiyadan nomzod Abdushukur Xamzayevning saylovoldi dasturida mamlakatda iqtisodiyotni isloh qilishga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda. Jumladan, pestitsidlardan foydalanishdan voz kechishga yoʻnaltirilgan “Yashil Oʻzbekiston – 2030” dasturini, tarmoqlar va hududlarning “Yashil iqtisodiyotga oʻtish indeksi”ni ishlab chiqish, “Yashil viza” dasturini joriy etish, yuk tashishni yirik mashinalardan temir yoʻllarga oʻzgartirishga qaratilgan choralarni amalga oshirish koʻzlanmoqda.

Shuningdek, shaharlar bosh rejalarini tuzishda kamida 30 foiz yashil maydonlar yaratish, shaharsozlik faoliyatida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, normativ hujjatlarni qabul qilishda atrof-muhitga taʼsirini baholash tizimini joriy etish kabi muhim tashabbuslar ilgari surilayotgani alohida taʼkidlandi.

Uchrashuvda Laylo Saitova xalqimizning kelajagi uchun zarur buningdek rejalarning amalga oshishi, ekologik vaziyatning yaxshilanishiga hissa qoʻshish uchun 9-iyul kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Ekologik partiya nomzodi Abdishukur Xamzayevga ovoz berishga chaqirdi.

Uchrashuvda Ekologik partiya tuman Kengashi raisi Saʼdulla Sodiqov, partiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi ijroiya qoʻmitasi raisi Oysanam Begimovalar ham barchani saylovda faol qatnashib, Abdushukur Xamzayevning nomzodini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdilar.

Uchrashuvda saylovchilar ham nomzodning saylovoldi dasturiga oʻz munosabatlarini bildirdilar.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026