14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 12:00
Siyosat 👁 612

TUMAN HOKIMI BOSUV MAHALLASI YoShLARI BILAN UChRAShDI

TUMAN HOKIMI BOSUV MAHALLASI YoShLARI BILAN UChRAShDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq mamlakatimiz ovul, mahalla, shaharchalarida yoshlar yetakchilari faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi tufayli yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, mahalla hududida, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yoʻlga qoʻyish imkoni yaratildi.

Yoshlar yetakchilari zimmasiga hudud yoshlari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni “Yoshlar daftari”, “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ishlash, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq oʻyinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, “Besh muhim tashabbus” loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish vazifalari yuklandi. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini ragʻbatlantirish hamda hayotda oʻz oʻrinlarini topishiga koʻmaklashish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual jihatdan kamol topishini taʼminlash ham shular jumlasiga kiradi.

Yoshlar yetakchilarining bu boradagi saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish, yoshlar masalalari bilan shugʻullanish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi tuman, shaharlar hokimlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Amudaryo tumanida ham qaror ijrosini taʼminlash borasida izchil saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Joriy yilning 15-iyunida Bosuv mahallasida oʻtkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi ham shu maqsadga qaratildi.

Uchrashuv hududdagi 26-sonli maktabning fayzli hovlisida tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, Yoshlar ishlari Agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismoilov, Bosuv mahalla fuqarolar yigʻini raisi Erkin Eshmurodov, xotin-qizlar faoli Dilfuza Abdullayeva, hokim yordamchisi Akbarjon Xoʻjamurodov, yoshlar yetakchisi Nigora Bozorboyevalar ishtirok etdilar. Shuningdek, 50 nafardan ortiq mahalla yoshlari, ushbu taʼlim muassasasini bitirib, parvozga shaylanayotgan palaponlar, maktab oʻqituvchilari qatnashdilar.

Uchrashuvni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va yigʻilganlarni Yoshlar oyligi, 30-iyun – Yoshlar kuni bilan qizgʻin qutladi. Yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar haqida batafsil gapirdi. Shuningdek taʼlim-tarbiya ishlarini namunali tashkil etib, iqtidorli, ilmga intiluvchi yoshlarni kamolga yetkazayotgan maktab oʻqituvchilar jamoasiga minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, joriy oʻquv yilida maktabni bitirayotgan Nurshoda Saʼdullayeva, Shohida Nurullayevalarni bilim darajasini belgilash uchun test sinovlaridan oʻtib, milliy, xalqaro sertifikatlarni olishga erishganliklari bilan qutlab, ularga va barcha bitiruvchilarga oq yoʻl tiladi.

Shundan soʻng Sultonboy Yoʻldashev mahalla yoshlari bilan yuzma-yuz muloqotga kirishdi. Mahalla yoshlaridan Gʻulomjon Karimov haydovchilik kursida oʻqish badalini toʻlashda, Risgul Bidasheva subsidiya asosida tikuv mashinasi olishda, joriy yilda oliygohni tugatgan Yulduz Karimova ishga joylashishda, Qoraqalpoq Davlat Universiteti 3-bosqich talabasi Muhayyo Mirzayeva oliygoh shartnoma pulini toʻlashda yordam soʻrab murojaat qildilar.

Uchrashuvda yoshlarning murojaatlarini hal etish yuzasidan masʼullarga topshiriq berildi.

Yuzma-yuz samimiy muloqot tarzida oʻtgan uchrashuv Bosuv mahallasi yoshlari hayotida ijobiy oʻzgarishlar yasaydi, albatta.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019