Amudaryo tumanida ğalla örim-yiğimiga kirişildi
9-iyun kuni Amudaryo tumanidagi “Yusuf xöja” fermer xöjaligida joriy yilgi ğalla örim-yiğimi boşlanişi munosabati bilan körgazmali seminar ötkazildi. Seminarda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, sektorlar rahbarlari, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasining Qoraqalpoğiston Respublikasi Boşqarmasi boşliği Maxset Şanxiyev, qişloq xöjaligi böyiça tumanga biriktirlgan vakil Ikrom Yöldaşev, qişloq xöjaligi bölimi masʼullari, fermer hamda mexanizatorlar qatnaşdilar.
Seminar avvalida yoşi uluğ otaxonlar ğalla maydonlarida yetiştirilgan buğdoy hosili bu yil har yildagidanda möl bölişini, yurtimizda tökin-soçinlik hukm surib, dasturxonlarimizda noz-u neʼmatlar bisyor bölişini tilab duo qildilar va dehqonlarga ğalla örim-yiğimi mavsumidagi maşaqqatli, şu bilan birga şarafli işlarida kuç-quvvat tiladilar.
Seminar iştirokçilariga 12-iyun kunidan 1-iyulga qadar davom etadigan ğalla örim-yiğimi işlarini sifatli tarzda amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi böyiça batafsil maʼlumotlar berildi.
Taʼkidlanganidek, 2023-yilgi ğalla hosili uçun tumandagi 361 ta fermer xöjaliklarining jami 7000 gektar yer maydoniga ğalla uruğlari ekilgan edi. “Qipçoq ğalla klasteri” masʼuliyati çeklangan jamiyati 5861 gektar, “Amu Rich Harvest” masʼuliyati çeklangan jamiyati 1139 gektar ekin maydonlarida yetiştirilgan ğalla hosilini xarid qiliş böyiça fermer xöjaliklari bilan şartnoma imzolaşgan. Tuman böyiça joriy yilgi mavsumda ğalla klasterlarining qabul maskanlariga qabul qilinadigan jami don miqdori 16 ming 460 tonnani taşkil etadi. Yetiştirilgan hosilning 1450 tonnasi uruğlik don uçun, 8000 tonnasi esa isteʼmol uçundir. Undan taşqari, joriy yilgi hosildan 7010 tonna don mahsuloti birja savdolari uçun vaqtinça saqlaşga yönaltiriladi.
Joriy yilgi ğalla örim-yiğim mavsumini uyuşqoqlik bilan ötkaziş, ğallani örişga tayyorlaşdan tortib, uni qabul maskanlariga eltişgaça bölgan jarayondagi işlarni tizimli ravişda taşkil qiliş maqsadida ştab taşkil qilinib, 24 ta örim otryadlari tuzilgan va ularga 24 ta kombaynlar biriktirilgan.
Kombaynlar bilan bir qatorda mavsumda don taşişga möljallangan hamda xizmat körsatadigan texnikalar ham jalb qilinib, ularning ham mavsum davomida töliq işçi holatida bölişini taʼminlaş çoralari körildi. Kombaynlarga biriktirilgan 48 nafar operatorlar uçun esa barça zaruriy şart-şaroitlar yaratib berilgan.
Undan taşqari, ğalla örim-yiğimini betalofat va xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda ötkaziş maqsadida tuman Içki işlar bölimi, Favqulodda vaziyatlar bölimi, Milliy gvardiya tuman bölimining jami 52 nafar xodimlari jalb qilingan.
Seminar yakunida ğalla maydonlarida örim-yiğim oldidan yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya etiş, ğallaning isrof bölib örilişiga yöl qöymaslik, örilgan ğalla maydonlaridagi somonlarni yoqmaslik borasida fermer xöjaliklarining mutasaddi xodimlariga, ğallakor va mexanizatorlarga tuşuntirişlar berib ötildi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶