21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:28
Siyosat 👁 387

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakili saylovchilar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakili saylovchilar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston xalqi muhim siyosiy-ijtimoiy voqea arafasida turibdi. Shu yilning 9-iyul kuni oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi xalqimizning kelajagi, farovonligi, davlatimizning taraqqiyoti bilan bogʻliq muhim siyosiy jarayondir.

Saylovoldi targʻiboti kampaniyasi doirasida Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Ulugʻbek Inoyatovning ishonchli vakili Xalilla Yeshimbetov amudaryolik saylovchilar bilan uchrashdi.

Boʻlib oʻtgan muloqotda saylovchilar, talaba-yoshlar, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari, mahalliy kengash deputatlari, partiya faollari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublika Kengashi raisi, prexidentlikka nomzodning ishonchli vakili Xalilla Yeshimbetov saylovchilarga nomzodning tarjimai holi haqida batafsil maʼlumot berdi.

Saylovchilar huzurida chiqish qilgan ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor yoʻnalishlarga toʻxtalib oʻtdi.

Jumladan, dasturda kuchli ijtimoiy siyosat, arzon uy-joy va sifatli kommunal xizmatlar, kafolatli va sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, yoshlar uchun taʼlim kafolatlarini mustahkamlash, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti, tovar va xizmatlarning ijtimoiy maqbulligi, ijtimoiy tenglikka asoslangan demokratiya, sud-huquq islohotlari, konstruktiv tashqi siyosatga oid 9 ta ustuvor yoʻnalish boʻyicha aniq va manzilli taklif hamda tashabbuslar ilgari surilgan.

Bundan tashqari, Xalilla Yeshimbetov Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsadi – ijtimoiy davlat kontseptsiyasi ekani, shu boisdan ham yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan ijtimoiy davlat maqomidan kelib chiqib, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini samarali amalga oshirish mexanizmlarini mustahkamlash hamda demokratik ijtimoiy davlatni barpo etishga alohida eʼtibor qaratilgani xususida toʻxtalib oʻtdi.

Ishonchli vakil oʻz maʼruzasida Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboldagi imkoniyatlari haqida toʻxtaldi.

Xususan, nomzod dasturidagi aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni doimiy ish bilan taʼminlash, nogironligi boʻlgan va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun barqaror ish oʻrinlari yaratish, infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi, elektr, tabiiy gaz taʼminoti bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tashabbuslarga eʼtibor qaratdi.

Ochiq, samimiy muloqot ruhida oʻtgan uchrashuvda saylovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan prezidentlikka nomzodning ishonchli vakiliga murojaat qildilar.

Uchrashuvda soʻzga chiqqan faollar Xalq demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzod Ulugʻbek Inoyatovning saylovoldi dasturini qoʻllab-quvvatlashlarini, barcha amudaryolik saylovchilarni saylovda ushbu nomzodga ovoz berishga daʼvat qildilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026