EL SEVGAN MAʼNAVIYaT FIDOYISI
Ijodkorlik, isteʼdod Alloh tomonidan beriladigan neʼmat. Bunday qobiliyatga ega insonlar hayotga teranroq nazar soladi. Körgan-keçirganlarini, öz qaraşlarini yaratgan asarlarida ifodalaydi, özgalarni yomonlikdan yiroq bölişga, ezguliklar qilişga çorlaydi. Köngil mulkidan çiqqan ijod mahsullarini elga ulaşib zavq oladi. Muxlislari, qolaversa, el olqişidan kuç, ruh olib yanada ilhomlanadi.
Köp yillar taʼlim sohasida fidoyilik bilan mehnat qilgan, yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga munosib hissa qöşgan amudaryolik faxriy öqituvçi Tursunboy Abdullayev ham öz qalamiga, uslubiga, muxlislariga ega bölgan sermahsul ijodkor. U özi tuğilib-ösgan elda kelin salomçi, söz sanʼatkori sifatida nom qozongan. Elning quvonçli kunlarida, töylarida özi yaratgan kelin salomlari bilan nafaqat tumanda balki, qöşni tumanlar, Xorazm viloyati, hatto qöşni Turkmanistonda ham tanilgan. Ayni paytda ham dolzarb muammolar, ğoyalarni özida mujassamlagan hikoya va hangomalari, şeʼrlar, muxammaslari bilan tuman gazetasida iştirok etib kelayotgan ijodkorning köplab şogirdlari, muxlislari bor.
Tursunboy Abdullayev 1951-yilda Xitoy qişloğida tuğilgan. Qişloqdagi 2-sonli maktabga 5 yoşdan oşganida 1956-yilda qabul qilinib, 1966-yilda aʼlo baholar bilan bitirdi. U bolaligidan badiiy adabiyotga, köproq kitob öqişga qiziqdi. Hayotdagi jumboqlarga, sirlarga, yeçim topa olmagan savollariga kitoblardan javob izladi. Ayniqsa, özbek mumtoz adiblarning ğazallari, dostonlarini öqib maʼnosini çaqişga urinar, maktabdagi adabiyot fani öqituvçilari bilan darsdan taşqari paytlarda ham suhbatlaşib, köproq tuşunib olişga harakat qilardi.
Şu qiziqişlari tufayli u Toşkent Davlat Universitetining filologiya fakultetiga sirtqi bölimiga öqişga kirdi. Öşa paytdagi oilaviy şaroitiga köra 1966-69-yillarda kolxozda tabelçi bölib işladi. Erta tongdan dalada tinim bilmay işlaganiga qaramasdan keçalari özi sevgan badiiy asarlarni mutolaa qilar, özida ham ijod qilişga iştiyoq ortar edi. Mutolaaga şu darajada berilgan ediki, özbek adabiyoti bilan birga qoraqalpoq, qardoş qozoq, qirğiz, rus xalqlari adiblarining asarlarini ham katta qiziqiş bilan öqirdi.
Tursunboy Abdullayev öqişni tugatganidan söng, 1970-yilda 19-sonli maktabda pedagoglik faoliyatini boşladi. Keyinçalik 2-sonli maktabda ham ona tili va adabiyot fanidan dars berib, köplab şogirdlar orttirdi. Iqtidorli yoşlarni kaşf qilib, ijod olamiga yetakladi. Oliy toifali, ona tili va adabiyot fani öqituvçisi böliş darajasiga yetgan ustoz fidoyiligi, öz işiga masʼuliyatliligi bilan rahbariyat nazariga tuşdi va 2003-yilda şu maktabda direktor lavozimiga tayinlandi. Iş faoliyati davomida maktab körsatkiçlarini yuqori örinlarga kötarişga erişdi, öqituvçilarning öz ustlarida işlaşlariga imkoniyat yaratib, malakalarini oşirişga eʼtibor qaratdi. Natijada darslardagi samaradorlik ortdi, öquvçilar ham köplab yutuqlarga erişib, taʼlim maskanining nufuzi, obrösi kötarildi. Yetakçi rahbar, fidoyi ustoz 2007-yilda nafaqaga çiqdi. Ayni paytda Tursunboy Abdullayevning 600 nafardan ortiq şogirdlari xalq xöjaligining turli tarmoqlarida mehnat qilib, jamiyatga, elga naf keltirişmoqda. Ayniqsa, ijodkor şogirdlari Respublikamizning deyarli barça viloyatlarida, qöşni Turkmaniston, Qozoğiston Respublikalarida faoliyat körsatib, öz ijod namunalari bilan elni bahramand qilib kelmoqda.
Tuman ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy hayotida ham faol iştirok etib kelayotgan faxriy ustoz ayni paytda ham “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi aʼzosi sifatida odob-axloq, madaniy-maʼrifiy mavzulardagi tadbirlarda qatnaşib, yoş avlod tarbiyasiga, maʼnaviyatini yuksaltirişga öz hissasini qöşmoqda. U fidoyiliklari uçun davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, “Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi”, “Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” va ikkinçi darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlariga ega böldi. Tumanimiz va Qoraqalpoğiston Respublikasidagi nufuzli taşkilotlarning “Faxriy yorliq”lari hamda “Taşakkurnoma”lari bilan taqdirlandi. Kitoblari, davriy matbuotda çop etilgan hikoyalari keng ommaga manzur bölgan ijodkor yaqinda Özbekiston Yozuvçilari uyuşmasi aʼzoligiga ham qabul qilindi.
U ijodiy faoliyatini 1965-yilda 14-15 yoşlaridan tuman gazetasiga maqola va şeʼrlarini beriş bilan boşlagan bölsa, hozirga qadar şu gazetaning faol muxbiri sifatida turli mavzudagi maqolalari, şeʼrlari, hikoyalari, mustaqil tadqiqotlari bilan qatnaşib, gazetxonlarning eʼtibori va hurmatiga sazovor bölib kelmoqda. “Taraqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalarida yoruğlikka yuz tutgan hikoyalari, “Xitoy qişloq hangomalari” turkum mutoyibalari esa nihoyatda xalqçilligi bilan elga manzur böldi. U 1975-yili xalqimizning milliy qadriyatlaridan bölgan kelin salomlarining mutlaqo yangi şakldagi mukammal şeʼriy variantni yaratdi. Elning yaxşi kunlarida özi ijro qilib, takomillaştirib bordi. Uşbu kelin salomlar qariyib 50-yildan beri xalqimiz dilidan joy olgan, tilidan tuşmaydi.
Tursunboy Abdullayevning şogirdi, şoir Ahmad Nafas 2013-yilda ustoz haqidagi “Salomçi – mening unvonim” kitobini kitobxonlarga taqdim etdi. 2021-yilda ijodkorning özi barça yaratgan nasihatomuz, samimiy kelin salomlarini mujassamladi va “Ming bir salom va yangi salomlar” deb nomlab, kitob holida çop ettirdi. 2022-yilda kitobsevarlarga taqdim etgan “Itmisan, börimisan, Lobo?!” nomli qissasi ham keng qamrovliligi, samimiyligi va tarbiyaviy ahamiyati bilan muxlislar qalbini zabt etdi.
Uning barça asarlari kitobxonlarning sevimli kitoblari qatoridan joy olgan desak, aslo mubolağa bölmaydi. Çunki uning har bir ijod mahsuli hayotiy. Ularda insoniylik, mehr-oqibat, qadimiy va milliy urf-odat, anʼanalar, şu bilan birga hayotda duç kelinadigan salbiy illatlar, ularga qarşi kuraşuvçanlik kabilar aks etgan. Ustozning dorbozlik sanʼati va amudaryolik dorboz Töraboy Eşçanov faoliyatiga doir yangi “Dorbozlik – jonbozlik” essesi ham naşrdan çiqiş arafasida. Hali-hamon ijod qilişda davom etayotgan zabardast qalamkaş özining umri davomida öqigan kitoblarini yiğib, öz uyida katta kutubxona ham taşkil qilgan. Uşbu kutubxonada 3 mingdan ziyod turli adiblarning badiiy asarlari mavjud. Ustozning oila aʼzolaridan taşqari, uni tez-tez yöqlab turadigan şogirdlari, ovul yoşlari uçun bu kutubxona sevimli maskanga aylangan.
Faxriy ustoz nafaqada bölişiga qaramay, 2-sonli maktabda ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçi vazifasida işlab, yana yoşlarni kitobxonlikka, ijodga jalb etiş yölida munosib hissa qöşmoqda. Tumanimizdagi bayram va boşqa tadbirlarda ham şeʼrlari, çiqişlari bilan faol qatnaşadi. Boşqa maktablarda ham tez-tez bölib, ijodkor öquvçilar bilan ijodiy uçraşuvlar ötkazadi. Şu qatori taʼlim-tarbiya işlari bilan yaqindan tanişib, yoşlarning pedagogik mahoratlarini oşirişda öz tajriba va bilimlari bilan örtoqlaşadi, kerakli maslahatlar berib boradi.
Tursunboy Abdullayev umr yöldoşi Enajon Abdullayeva bilan 50-yildan ziyod vaqtdan beri totuvlikda hayot keçirib kelmoqda. Ular 2 öğil, 5 qizni voyaga yetkazişdi. Hozir har biri turli kasb va hunarlarni egallab, elga, jamiyatga naf keltirişmoqda. Ayni paytda 20 dan ortiq nevara, 4 çevaraning bobo-buvilari bölgan Tursunboy aka va Enajon opa ularni ham yurt koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyalaşmoqda.
Ijod dengizi doim toşqin böladi, hamişa tölqinlanib, mavj urib turadi. Çunki u ijodkorning yuragidan, qalbidan toşib çiqadi va ummonga aylanadi. El sevgan salomçi, ezguliklar kuyçisi Tursunboy Abdullayev kabi ziyo ulaşuvçi ijodkorlar bor ekan, Amu elidagi adabiy muhit yanada gullab, tafakkur, maʼnaviyat yuksalaveradi va uluğ Vatanimiz kelajagiga munosib yoşlar ulğayaveradi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶