16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:17
Fan va taʼlim 👁 332

1-SONLI KASB-HUNAR MAKTABIDA “KASBLAR FESTIVALI” OʻTKAZILDI

1-SONLI KASB-HUNAR MAKTABIDA “KASBLAR FESTIVALI” OʻTKAZILDI

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar bilan yangicha ishlash tizimi yaratilganligi, bunda ularning ijodiy, sport sohasidagi qobiliyatini rivojlantirish barobarida bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor berilayotganligi oʻzining ijobiy samaralarini berayapti.

Ayni kunlarda tumanimizdagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-11-sinflari bitiruvchilari qoʻllariga shahodatnomalarini olib, olam-olam orzular bilan oʻz kelajagi sari dadil qadam qoʻyish arafasida turishibdi. Ularning ayrimlari taʼlim olishni davom ettirish istagida boʻlishsa, ayrimlari kasb-hunar egallashni niyat qilishgan.

Yaqinda Qipchoq shaharchasi hududidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida tashkil etilgan “Kasblar festivali” tadbiri bitiruvchi sinflar oʻquvchilarining kasb-hunarlar haqida toʻliq maʼlumot olishlarida, maʼlum bir kasbni qatʼiy tanlashida muhim vosita boʻldi.

“Kasblar festivali”da hudud maktablarining 9-sinflari bitiruvchilar,i ularning ota-onalari, maktablar psixologlari, tumandagi boʻsh ish oʻrni mavjud korxonalar masʼullari ishtirok etdilar.

Tadbirda bitiruvchi oʻquvchilar maktab hovlisida ushbu maskanda yoshlarga oʻrgatilayotgan kasb-hunarlar haqida maʼlumotlar beruvchi koʻrgazma bilan batafsil tanishdilar. Kasblar ustalari, pedagoglar oʻquvchilarga kasb tanlash – inson hayotida muhim ahamiyatga egaligi, inson aynan kasbiy faoliyati tufayli hayotda oʻz oʻrinni topishi, sharafga ega boʻlishi haqida maʼruzalar qildilar.

Kasb tanlash... bu juda oddiy tuyulsa-da, aslida insonning oʻz iqtidori, qiziqishiga yarasha kasb tanlashi uning hayoti mazmunini belgilaydi. Kasbning yaxshi yomoni boʻlmaganidek, osoni ham boʻlmaydi. Har kim oʻzi egallagan kasbida halol va ixlos bilan ishlashi muhim.

Bayramona bezatilgan kasb-hunar maktabi hovlisida ushbu muassasada faoliyat olib borayotgan turli yoʻnalishlar, toʻgaraklar, qisqa muddatli kurslar, ishlab chiqarish tsexlari haqida axborot-maʼlumotlar joylashtirilganligi oʻquvchilar eʼtiborini tortdi. Shuningdek, barcha oʻquv-amaliyot xonalari, oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish yorqin taassurot qoldirdi.

Mazkur kasb-hunar maktabida ayni kunda 12 ta guruhda 303 nafar yoshlar kasb-hunar oʻrganishmoqda.

Ularning 166 nafari bitiruvchilardir. 2023-2024 oʻquv yilida muassasaga yana 9 ta yoʻnalishga 330 nafar maktablarning 9-sinflari bitiruvchilari oʻqishga qabul qilinadi. Tikuvchilik, issiqxona va parnik xoʻjaligi laboranti, avtomabillar dvigatellarini tashxislash va taʼmirlash, elektrik, asalarichi, traktorchi-mashinst, yigiruvchi, raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi, baliqchilik yoʻnalishlarida taʼlim olishni istaydigan, olisdan kelib oʻqiydigan oʻquvchilar uchun 100-oʻrinli yotoqxona mavjud.

“Kasblar festivali” ishtirokchilari boʻlgan 9-sinflar bitiruvchilariga tadbirda bu haqda batafsil maʼlumotlar berildi, oʻquv-amaliyotxonalari bilan tanishtirildi.

Tadbir oʻquvchilarning oʻz keladagi uchun kasb tanlashida muhim qarorlarga kelishiga zamin boʻldi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026