17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 17:54
Jamiyat 👁 293

JAMIYaTDA AYoL-QIZLAR ROLI VA NUFUZI OShADI

JAMIYaTDA AYoL-QIZLAR ROLI VA NUFUZI OShADI

Uzoq yillardan buyon erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglik masalalari jamiyatda muhokamalarga sabab boʻlib keladi. Bu borada koʻplab huquqiy-normativ hujjatlar ishlab chiqilishiga qaramasdan, ayollarga nisbatan zoʻravonlik, kuch ishlatish holatlari uchrab turibdi. Oʻzbekistondagi doimiy aholi sonining 2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra 18,2 mln.i ayollar, 18 mln.i erkaklarni tashkil qilmoqda. Ayollar soni erkaklarga nisbatan koʻp boʻlishiga qaramasdan bandlik jihatdan erkaklar ustun. Masalan 2021-yil holatiga koʻra Qoraqalpogʻistonda band ayollar ulushi 42,9 foizni, erkaklar ulushi esa 57,1 foizni tashkil qilgan.

2019-yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilingan. Qonunning 3-moddasida gender siyosati amalga oshirilishini taʼminlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar — jinslarning notengligini bartaraf etish, xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy yoki asos boʻladigan tengligini taʼminlash boʻyicha aniq maqsadlarga erishish uchun davlat organlari tomonidan koʻriladigan huquqiy, tashkiliy hamda institutsiyaviy xususiyatga ega chora-tadbirlar ekanligi va gender hamda gender statistikasi haqida tushuncha berilgan. Unga koʻra, gender — bu xotin-qizlar va erkaklar oʻrtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, taʼlim hamda ilm-fan sohalarida namoyon boʻladigan ijtimoiy jihat, gender statistikasi esa davlat statistikasining jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning holati toʻgʻrisida har bir jins boʻyicha alohida koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, har xil jinsdagi shaxslarning ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalaridagi tegishli holatini aks ettiradigan, gender muammolarini va jamiyatdagi munosabatlarni yoritadigan qismidir.

Qonunning 4-moddasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlashning asosiy printsiplari sifatida qonuniylik, demokratizm, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, jins boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilab qoʻyilganligiga qaramasdan bir qator zoʻravonlik harakatlari hali ham uchrab turibdi. 2022-yil holatiga koʻra Qoraqalpogʻistonda 7, Oʻzbekistonda esa 183 nafar ayollar yaqin sherik hisoblanmagan shaxslar tomonidan jinsiy zoʻrlanishga duchor boʻlgan. Mana shunday ayollarga nisbatan kuch ishlatish, jinsiy zoʻravonlikning oldini olish maqsadida yaqinda Senatda bolalar va ayollar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan Qonun loyihasining maʼqullanishi ham bejiz emas. Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga kiritilgan ushbu oʻzgartirishlar orqali tajovuzkorlarni javobgarlikka tortish orqali ayollarni oiladagi zoʻravonlikdan himoya qilish mumkin. Bu qonun loyihasiga koʻra, endi jinsiy zoʻravonlikda ayblanganlar muddatidan ilgari shartli ozod qilinmaydi, jazosi yengiliga almashtirilmaydi, jinsiy zoʻravonlikka uchragan shaxslarning yosh chegarasi bekor qilinadi, jinoyatchining muayyan joylarga borishi taqiqlanadi, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zoʻravonlikni sodir etgan shaxslarning bolalarga taʼlim-tarbiya berishi, bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shugʻullanishi taʼqiqlanadi. Bundan tashqari ularga nisbatan maʼlum miqdordagi jarimalar va qamoq jazolari ham belgilangan.

Albatta, Qonunda belgilanayotgan bunday choralar kedgusida oʻz samarasini beradi va ayollarning jamiyatimizdagi oʻrni va roli oshadi.

S.Sultanov, tuman Adliya boʻlimi YuXKM bosh yuriskonsulti

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026