MAʼMURIY JARIMALARNI TÖLAŞDA AHOLIGA QÖŞIMÇA QULAYLIKLAR YaRATILDI
Joriy yil 18-aprelda “Maʼmuriy jarimalarni tölaşda aholiga qöşimça qulayliklar yaratilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş kiritiş töğrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Uşbu Qonunga köra Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 332-1-moddasi matni qayta tahrir qilindi.
Yangi tahrirdagi matnda huquqbuzar öziga jarima soliş töğrisidagi qaror topşirilgan kundan boşlab, ön beş kun içida jarima miqdorining ellik foizini yoki öttiz kun içida jarima miqdorining yetmiş foizini ixtiyoriy ravişda tölagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini tölaşdan ozod qilinişi körsatilgan.
Mazkur soddalaştirilgan tartib sud qarorlari bilan tayinlanadigan jarimalarga ham nisbatan qöllaniladigan böldi. Lekin bu tartib ayrim holatlarga tatbiq etilmaydi. Yaʼni, transport vositalarini mast holda boşqarganlik, kemalarni mast holda boşqarganlik, transport vositalari haydovçilarining va yöl-harakati boşqa iştirokçilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlaş uçun tekşiruvdan ötişdan böyin tovlaganlik kabi holatlarda qöllanilmaydi.
Şuningdek, mast holdagi haydovçilarning yoki transport vositalarini boşqariş huquqi bölmagan şaxslarning transport vositalarini boşkarişiga yöl qöyilgani, jarima soliş töğrisidagi qaror ustidan şikoyat qilinganida yoki protest bildirilganda, bir yil davomida aynan şunday huquqbuzarlik uçun maʼmuriy jazo qöllanilganidan söng takror sodir etilganida ham tatbiq etilmaydi.
Jarima yukining bu tarzda kamaytirilişi natijasida pul mablağlari iqtisod qilinadi, inson huquq va manfaatlari taʼminlanadi. Eng asosiysi, soddalaştirilgan uşbu tartibda maʼmuriy jarimalarni qöllaş orqali aholiga qöşimça qulayliklar yaratiladi.
A.Safarov, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶