“KASBLAR FESTIVALI” TADBIRIDA YoŞLAR 2-SONLI KASB-HUNAR MAKTABI ŞAROITLARI BILAN TANIŞIŞDI
Amudaryo tumanidagi yoşlarga malakali kasb-hunar örgatilib kelinayotgan 2-sonli kasb-hunar maktabida “Kasblar festivali” tadbiri taşkil etildi.
24-may kuni kasb-hunar maktabi binosi oldida taşkil etilgan uşbu tadbirda tumandagi barça umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvçilari, maktab psixologlari, ota-onalar iştirok etişdi.
Tadbirni maktab direktori Muzaffar Qurbonboyev oçib berdi va yurtimizda yoşlarga kasb-hunar örgatiş yöllarini yanada takomillaştiriş va ularning moddiy va maʼnaviy asoslarini vujudga keltiriş sohalarida katta işlar amalga oşirilayotgani töğrisida sözladi. Kasb-hunar maktablarini tamomlagan yoşlarning mutaxassisligi böyiça oliy öquv yurtlarida öqişni davom ettirişlari, iş bilan taʼminlanişi jamiyatimizda doimiy diqqati markazida turgan masalalardan biri sifatida alohida eʼtibor qaratilayotganini ham taʼkidlab ötdi. Şuningdek, kasb-hunar maktabida taşkil qilingan yönalişlar töğrisida maʼlumotlar berdi va tadbir iştirokçilarini tanişib çiqiş uçun taklif etdi.
Tadbir iştirokçilari çiroyli bezatilgan taʼlim muassasasi hovlisiga joylaştirilgan kasb-hunar maktabida faoliyat olib borayotgan turli tögaraklar, işlab çiqariş tsexlari töğrisidagi axborot-maʼlumot körgazmalari bilan tanişişdi. Şuningdek, körgazmali tarzda jihozlangan barça öquv va amaliyot xonalari, kasb-hunar maktabidagi öquv jarayoni, öquvçilar uçun yaratilgan şart-şaroitlarni körib çiqişdi. Kasb-hunar maktabining öqituvçilari, amaliyot ustalari bitiruvçi-yoşlarni öquv dargohidagi imkoniyatlar bilan yaqindan taniştirişdi.
Hozirgi kunda 2-son kasb-hunar maktabida 17 guruhda 419 nafar öquvçiga taʼlim berilmoqda. Joriy öquv yilida uşbu dargohni 8 ta guruhdagi 201 nafar öquvçi bitirib, taʼlimni oliygohlarda davom ettirişni niyat qilişgan.
Kelgusi 2023-2024 öquv yili uçun 12 ta yönalişga 360 nafar öquvçi qabul qilinadi. Ayni paytda 2-sonli kasb-hunar maktabiga umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvçilarining hujjatlarni qabul qiliş jarayonlari boşlanmoqda. Uşbu maktabda joriy yilda kunduzgi taʼlim şakli böyiça avtomobil dvigatellarini taşxislaş va taʼmirlaş, avtomobil şassisiga texnik xizmat körsatiş va taʼmirlaş, kompyuter grafikasi va dizayn operatori, elektromontyor, elektrgazpayvandlaş işlari, tikuvçi, quriliş işlari işçisi kabi yönalişlarga öquvçilar hujjatlarini topşirişmoqda. Şuningdek, oqava suv va suv taʼminoti tizimlaridan foydalaniş va montaj qiliş ustasi, maişiy texnika jihozlarini taʼmirlaş, boğbon, issiqxona va parnik xöjaligi laboranti, oşpaz kabi yönalişlarda ham öquvçilarga kasb örgatiş yölga qöyilgan.
Tadbir davomida öquvçi-yoşlarga kasb-hunarli inson heç narsaga muhtoj bölmasligi, halol rizq topiş uçun har kim, albatta biror kasbni, hunarni bilişi kerakligi tuşuntirildi. Hozirgi davrda yer yuzida kasb va hunarlarning turlari köpligi, barçasi odamlar uçun xizmat qilişi töğrisida aytildi. Şuningdek, yoşlarga hozirgi davrda hunar va kasblardan bir neçtasini örganib, el-yurt oldida öz kasbining ustasi bölsa, rizqi doim butun bölişi taʼkidlab ötildi.
Mazkur taʼlim muassasasidagi şart-şaroit, taʼlim-tarbiya jarayoni bilan töliq tanişgan yoşlar tikuvçilik, elektromontyor, avtomobil dvigatellarini taşxislaş va taʼmirlaş yönalişlariga köproq qiziqiş bildirişdi. Şuningdek, qizlar köproq oşpazlik, tikuvçilik, kompyuter grafikasi va dizayn operatori kabi yönalişlarida öqişga qiziqişlari borligini aytib, hujjatlarini şu yönalişlarga topşirişga kelişişdi.
Kasb-hunar maktabi ijodkor öquvçilari ijro etgan kuy-qöşiqlar, raqslar tadbirga bayramona ruh bağişladi. Bir söz bilan aytganda, bu tadbir haqiqiy yoşlik, orzular bayramiga aylanib ketdi.
Yurtimizda sanoat, qişloq xöjaligi, xizmat körsatiş, quriliş kabi köplab sohalar rivojlanib, yangi-yangi korxonalar oçilmoqda. Kasb-hunar maktablarida özlari tanlagan yönalişlarda öqib, ilm olgan yoşlar bu keng imkoniyatlardan foydalanib, ham oilasiga, ham jamiyatga naf keltirişadi.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶