56-sonli maktabda “Yoş kitobxonlar” tanlovi bölib ötdi
Qadimdan kitob mutolaasi şaxsni tarbiyalaşda uning individual xususiyatlarini oçib berişda muhim va ajralmas rol öynagan, şuningdek uning şakllanişida muhim omil bölib xizmat qilgan. Şu nuqtai nazardan, zamonaviy dunyoda kitob mutolaasi birinçi navbatda uzluksiz taʼlim tizimida, şu jumladan, har kimning kundalik faoliyatida alohida örin tutişi lozim. Mamlakatimizda bu masalaga jiddiy eʼtibor berilib davlat siyosati darajasiga olib çiqildi.
Amudaryo tumanida ham yoş avlodni yuksak manaviyatli yoşlar etib tarbiyalaş, kitobga bölgan mehr-muhabbatini oşiriş borasida keng kölamli saʼy-harakatlar olib borilmoqda.
Ayniqsa, umumtaʼlim maktab öquvçilari örtasida muntazam ravişda ötkazilib kelinadigan “Yoş kitobxonlar” tanlovi alohida ahamiyatga ega.
24-may kuni Durunki mahallasi hududida joylaşgan 56-sonli maktabda “Yoş kitobxonlar” tanlovi bölib ötdi. Tanlovda 6-, 7-, 8-sinf öquvçilari faol iştirok etişdi.
Tanlov 3 ta şart asosida olib borildi. Birinçi şartda öquvçilar biletlar ostiga yaşiringan badiiy asar haqida maʼlumot berib, öz şaxsiy fikrlarini ifoda etişdi. Ikkinçi şartda qatnaşçilar suratdagi şoir yoki yozuvçinining kim ekanligini topib, uning hayoti ijodi haqida batafsil maʼlumot berişdi. Uçinçi şartda esa biletda keltirilgan şoirning şeʼrini ifodali tarzda öqib, özlarining şaxsiy fikrlarini bayon etişdi.
Hakamlar hayʼati aʼzolari – Allambergan Jumaniyozov, Madina Rajabova, Fotima Eşimbetova, Nafosat Tilovbayevalar barça iştirokçilarning çiqişlarini diqqat bilan kuzatib odilona baholab borişdi.
Tanlov yakunida ğolib bölgan iştirokçilar Durunki mahallasining yoşlar yetakçisi Xurrambek Qalandarov homiyligida tayyorlangan pul mukofotlari bilan taqdirlanişdi.
Yakuniy natijalarga köra, 1-örinni 84 ball bilan 6-“B” sinf öquvçisi Feruza Karimova, 2-örnni 73 ball bilan 7 -“A” sinf öquvçisi Rayhona Töraboyeva, 3-örinni 62 ball bilan 7-“B” sinf öquvçisi Çaros Tangirbergenovalar egalladi.
Birinçi örin sohibasiga 300 ming söm, ikkinçi örin sohibasiga 200 ming söm, uçinçi örin sohibasiga 100 ming söm pul mukofotlari tantanali tarzda topşirildi. Şuningdek, tanlov ğoliblari qadimiy va navqiron Xiva şahriga sayohatga olib boriladigan böldi.
Öquvçilar özlariga körsatilgan bu kabi eʼtibordan mamnun bölib, yanada olğa intilişga, bundanda köp badiiy kitoblar öqişga harakat qilişlarini aytib ötişdi.
Uşbu tadbirni taşkil etişda şu maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi Allambergan Jumaniyozovning xizmatlari katta böldi. Ijodiy madaniy masalalar böyiça tarğibotçining öquvçilar bilan dars maşğulotlaridan böş paytda kitobxonlik tögaraklarini taşkil etib, ular bilan doimiy ravişda şuğullanişlari tufayli bölib ötgan tanlov ular uçun aslo qiyinçilik tuğdirmadi.
Öquvçilar öqigan badiy asarlarini ravon tilda ifoda etib berişdi. Umumtaʼlim maktablarida ötkazilib kelinayotgan kitobxonlik tadbirlari öquvçilarning dunyoqaraşi kengayişida va şaxsiy fikri rivojlanişda muhim ahamiyatga ega bölmoqda.
F.Eşimbetova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶